Uskuna va dasturiy ta’minotning ishonchliligi talablari
Barcha hisoblash tizimlarining ishonchliligi alohida komponentlarini joyida almashtirish va protsessorlarning dubllashtirilishi, quvvat manbalari, disklar va tarmoq ulanishlari bilan birga apparat platformasini tanlash bilan ta’minlanishi kerak.
Texnik vositalar jihozlar diagnostikasi va dasturiy ta’minotning ish tutilishi, apparatni ortiqcha ishlashi, faol uskunalarning joyida almashinuvchi qismlari bilan ta’minlanishi kerak.Tizimning apparat va dasturiy ta’minot tizimida xatolik roʻy bergan holatda qayta tiklanishi lozim.
Zahira nusxalar boʻlganda tizimning alohida komponentlarini tiklash vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak, boshqa holatlar esa zarur jihozlarni buyurtma qilish va yetkazib berish bilan belgilanadi. Qayta tiklash muddati muammoga tashxis qoʻyish, jihozni almashtirish yoki ta’mirlash, apparat va dasturiy ta’minotni sozlash, ma’lumotlarni qayta tiklash va apparat ish faoliyatini tekshirish uchun ketadigan vaqtni oʻz ichiga oladi.
Xavfsizlik talablari
“Czone” dasturiy ta’minotini texnik vositalarga oʻrnatish, ishga tushirish, foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash uchun xavfsizlik talablari past kuchlanishli elektr uskunalari bilan ishlaydigan umumiy xavfsizlik standartlariga javob berishi lozim.
“Czone” tizimining kuchlanish ostida boʻlgan barcha tashqi qurilmalari ehtimoliy tegib ketishdan himoyalangan boʻlishi lozim. Texnik vositalarning oʻzi esa GOST 12.1.030-81 Kasbiy xavfsizlik standartlari tizimi va elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
Axborotni ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar:
Axborotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimning barcha tarkibiy qismlari va ishlash bosqichlarida zaruriy himoya choralari koʻrilishi lozim.
Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda axborotlar xavfsizligini ta’minlashning quyidagi ustivor jihatlari hisobga olinishi lozim:
- tizimdan legal ravishda foydalanuvchilar uchun real vaqt rejimida kerakli axborotlarni olish imkoniyatining mavjud boʻlishi;
- axborotlarning yaxlitligi, ishonchliligi, aktualligi, zararli tashqi ta’sirlardan himoyalanganligi va noqonuniy yoʻl bilan kirib, oʻzgartirib qoʻyishdan himoyalanganligi;
- axborotlarning noqonuniy yoʻl bilan kirib, koʻchirib oluvchilar ta’siridan himoyalanganligi.
Foydalanuvchi kalitlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- katta va kichik harflardan iborat boʻlishi (misol uchun, a-z, A-Z);
-harflardan tashqari raqamlar va punktuatsiya simvollaridan iborat boʻlishi (masalan, 0-9. !@#$%`^&*();
- 8 tadan kam boʻlmagan simvoldan iborat boʻlishi.
Tizimga kirish urinishlari soni cheklangan boʻlishi, undan oshib ketgan taqdirda tizim ma’lum kichik muddatga bloklanishi lozim.
Tizim ma’lumotari va tarmoq qurilmalari joylashtirilgan binoning noqonuniy tashqi ta’sirlardan himoyalanishi, veb-saytda axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi va buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |