Toshkent shahar Olmazor tumani 133-maktab fizika fani o`qituvchisi Kazakbayeva Sharofatning “Tabiatda va texnikada ishqalanishlar” mavzusidagi 1 soatlik dars ishlanmasi
Tasdiqlayman
133-maktab direktori
_________ X.B.Raxmatullayeva
Sana: Sinfi: Mavzu:Tabiatda va texnikada ishqalanish
Ta`limiy: O`quvchilarga ishqalanish kuchi hamda sirpanish va dumalanish ishqalanish haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish.
Ta`rbiyaviy: O`quvchilarni hayot havfsizligi bilan bo`g`liq bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarini shakillantirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali o`quvchilardagi hayotiy ko`nikmalar asosida bilimlarni to`ldirish va rivojlantirish,tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars shakli: Individual.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
a) salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash
b) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, “Beruniy” va “Nyuton” nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash
Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar
O’tilgan mavzuni so’rash(10-minut)
1)Sirpanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
Javobi:Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujidga keladi,bunday ishqalanishga sirpanish ishqalanish deyiladi.
2)Dumalanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
Javobi:bir jism ikkinchisiga sirpanmasdan dumalasa dumalanish ishqalanish deb aytiladi
Yangi mavzuning bayoni
Ishqalanishning ahamiyati
Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo'lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo'lganda uni oshirishga, zararli bo'lganda esa kamaytirishga harakat qilinadi.
Ishqalanish bo'lmaganda nima bo'lishini tasawur qilib ko'raylik. Ishqalanish boimaganda odamlar ham, hayvonlar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoqlarimiz bilan yerdan itarilamiz. Ishqalanish kam bo'lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo'lmaganda edi, buyumlar qo'limizdan sirpanib tushib ketardi.
Avtomobilga tormoz berilganda ishqalanish kuchi uni to'xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g'ildiraklar aylanaverardi. avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo'rttirib ishlanadi.
Avtomobilga tormoz berilganda ishqalanish kuchi uni to'xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g'ildiraklar aylanaverardi. avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqalanishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo'rttirib ishlanadi.
Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol-stul va shkaflarni tutib turadi, taxtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, bogiangan arqonning yechilib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
O'simlik va hayvonlarda turli xil oiganlari ishqalanish tufayli tutib qolish vazifasini bajaradi. Masalan, o'simliklarning chirmoviqlan, filning xartumi, o'rmalab chiqadigan hayvonl?rnmg dumi g'adir-budur sirtga ega bo'ladi
Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil boiadigan ishqalanishlar ko'p hollarda zararli bo'ladi. Bunday hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar qo'llaniladi
Masalan. mashina va stanoklarda isnqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziyai va yeyiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi sirtlar silhqlanadi, ularning oralari moylanadi.Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, velosiped va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshipniklar kiydiriladi. Podshipnikning valga bevosita tegib turadigan qismi — vkladishi po'lat, cho'yan yoki bronzadan yasaladi. Vkladishning ichki sirtiga qo'rg'oshin yoki qalayning turli qotishrmlan qoptanadi va moylanadi. Val aylanganda u vkladish ustida sirpanadi. Bunday podshipniklarsirpanish podshipniklari deyiladi.
Masalan. mashina va stanoklarda isnqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziyai va yeyiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi sirtlar silhqlanadi, ularning oralari moylanadi.Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, velosiped va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshipniklar kiydiriladi. Podshipnikning valga bevosita tegib turadigan qismi — vkladishi po'lat, cho'yan yoki bronzadan yasaladi. Vkladishning ichki sirtiga qo'rg'oshin yoki qalayning turli qotishrmlan qoptanadi va moylanadi. Val aylanganda u vkladish ustida sirpanadi. Bunday podshipniklar sirpanish podshipniklari deyiladi.
Sirpanish podshipnigi val va vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamayurishga vizmat qiiadi.
Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ancha kam bo'lganligi texuikada qo'l keladi.Sharikli va rolikli podshipniklarning qo'llanilishi dumalash ishqalanish kuchining kamhgiga asoslangan. Bunday podshipniklaida aylanayotgan val podshipnikning qo'zg'almas vkladishida sirpanmasdan, balki po'lat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi (83-rasm).
Darsni mustahkamlash 10-minut
1)Sirpanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
2)Dumalanish ishqalanish deb nimaga aytiladi?
3)Ishqalanishning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?