№
|
BELGILANGAN VAZIFALAR
|
MUDDAT
|
MAS’UL
|
KUTILAYOTGAN NATIJA
|
MAKTAB PEDAGOGIK KENGASHI MAJLISI MUHOKAMASIGA KIRITILADIGAN MASALALAR
|
1.1
|
Maktabda yangi o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi hamda vatanparvarlik yo‘nalishidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida.
|
2022-yil avgust
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Maktabda o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari holatining tanqidiy tahlili, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan sohaning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari muhokama etiladi.
|
1.2
|
2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to`g`risida” gi 246-sonli buyrug`i to`g`risida.
|
2022-yil avgust
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to`g`risida”gi 246-sonli buyrug`i to`g`risida targ`ibot ishlari olib boriladi. Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalar har bir ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilinadigan ustavda aks ettiriladi va maktab binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend shaklida joylashtiriladi.
|
1.3
|
2022-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 271-sonli qarori to`g`risida.
|
2022-yil
sentyabr
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari
|
2022-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 271-sonli qarori ijrosi 2025-yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borilishi to`g`risida tushuntirish ishlari olib boriladi.
|
1.4
|
2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi PF-60-sonli farmon to`g`risida.
|
2022-yil
oktyabr
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi PF-60-sonli farmoning mazmun mohiyati bilan jamoani tanishtirish.
|
1.5
|
Maktabda voyaga yetmaganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, ular o‘rtasida nazoratsizik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularni g‘oyaviy va ommaviy madaniyat tahdidlari ta’siriga tushishdan saqlash borasida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni”da amalga oshirilgan ishlar tahlili (ichki ishlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida).
|
2022-yil noyabr
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida
|
Voyaga yetmaganlarni huquq va manfaatlari himoya qilinadi, ular o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish borasidagi hamkorlik tadbirlari yanada jonlanadi.
|
1.6
|
Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida (5-11 sinflar misolida).
|
2023-yil yanvar
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yosh avlod ongi va qalbini turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, alohida ijtimoiy psixologik va tarbiyaviy ko‘makka muhtoj bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish choralari belgilanadi.
|
1.7
|
Maktabning xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati, xususan qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini zamonaviy talablarga mos tashkil etish holati to‘g‘risida.
|
2023-yil
mart
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Maktabda xotin-qizlarning mavqeini, tibbiy va huquqiy savodxonligini oshirish, xususan, qizlarning qiziqishlari, qobiliyat va iqtidorini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinadi va yanada yaxshilash tadbirlari belgilanadi.
|
1.8
|
Maktab huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashining ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati tahlili va istiqboldagi vazifalari to‘g‘risida.
|
2023-yil
may
|
MMIBDO‘
sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari
|
Jamoat kengashi faoliyati barcha ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilgan aniq ishlar misolida tahlil qilinadi, muammo va kamchiliklar aniqlanadi va bartaraf etish choralari belgilanadi.
|
|