“Tasdiqlayman”
1-son kasb-hunar maktabi
direktori: ____________
A.S.Sadinov
Paxtachi tumani 1-son kasb-hunar maktabida Zahhiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunga bag‘ishlab "Vatan Sog`inchi" mavzusida o‘tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
2022 yil 9 fevral Chorgusha mahallasi
Tadbir tashkilotchilari: Guruh rahbarlari
4-20 guruh rahbari: B. Allayorov
5-20 guruh rahbari R. Safarova
6-20 guruh rahbari: Sh.Yusupova
7-20 guruh rahbari D. Shukurova
8-20 guruh rahbari B Kenjayev
3-21 guruh rahbari Sh. Ro‘ziyev
4-21 guruh rahbari Sh. Davlatova
5-21 guruh rahbari Gʻ. Hakimov
6-21 guruh rahbari Z. Elmuradova
7-21 guruh rahbari B. Bobonazarov
8-21 guruh rahbari Sh. Abureva
Tadbirga qatnashdilar: 40 nafar
YOBIBDO‘- Y. Muhammadiyev, Yoshlar Yetakchisi Sh.Qarshiboyev guruh rahbarlari va o‘quvchilar.
Tadbirni tarbiya fani o‘qituvchisi Shukurova Dilafro‘z kirish so‘zi bilan ochib berdi shoir va davlat asoschisi haqida malumotZahiriddin Muhammad Bobur 1483- yilning 14- fevralida Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ildi. Otasi Umarshayx mirzo temuriylardan bo’lib, Farg’ona viloyatida hokimlik qilar edi.
Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar tomonidan tarbiyalandi. Yosh Bobur tez orada xat- savodini chiqarib, ilm- fan, adabiyot va tarix bilan shug’ullana boshlaydi. U ko’p vaqt harbiy mashq va ov bilan mashg’ul bo’ladi. Umarshayx mirzo kabutar ishqibozi bo’lgani uchun ham o’zi barpo qilgan Axsi qo’rg’onida jar yoqasiga kabutarxonalar qurdirgan edi. Tasodifan u kabutarxonalari bilan birga jarga qulab ketib, halok bo’ladi.
Umarshayx mirzodan uch o’g’il va besh qiz qoladi. O’g’illarining eng kattasi 12 yoshga qadam qo’ygan Bobur taxt vorisi edi. Shuning uchun taxtga Bobur chiqdi. U bek atkalari Mazidbek va Boboquli Bobo Alibeklar, tadbirkor onasi Qutlug’ Nigorxonim rahbarligi va ko’magida davlatni boshqaradi.Bostirib kelayotgan dushman hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni chekinishga majbur qiladi. Bu yosh Boburning birinchi va katta g’alabasi edi.
Kasb-hunar maktabi tarix fani o‘qituvchisi Elmuradova Zilola - Ko’p yillik og’ir va dahshatli janglar, tug’ilib o’sgan el-yurtdan yiroqlashish va yaqin do’stlarining Afg’oniston va Movarounnahrga qaytib ketishi, shubhasiz, Boburni qattiq ezadi. Bobur vatanini qo’msaydi, yor-do’stlarini sog’inadi. Kunlarning birida unga Farg’onadan qovun keltirganlarida, u qovunni so’yib turib, achchiq-achchiq yig’laydi. Buning ustidan sihati ham yomonlashadi. U “Boburnoma”dagi ruboiylaridan birida bu haqda shunday deydi:
Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,
Ko’zdin o’chadur uyqu chu axsham bo’ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borg’on sayi bu ortadur, ul kam bo’ladur.
Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi. Keyinchalik chevarasi Shohijahon uning xokini Qobulga (shaharning chetiga) ko’chirib, maqbara qurdirdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir lashkarboshigina bo’lib qolmay, balki, shu bilan birga, buyuk shoir, adib, tarixchi olimdir.
Buyuk bobokolonimiz shoir va davlat arbobi haqida qisqacha tayyorlangan vedio lavha ishtirokchilarga ko‘rsatildi. Shoirmiz haqida chet davlatlarida quy ko‘rsatilayotgan vedio lavxa xam quyib ko‘rsatildi.
O‘quvchilar Quldoshev Rustam, Toshmurodova Sevinch, Normuminova Malika, Baxriddinov Og‘abek, Xushboqov Davr, Abriyeva Durdonalar tomonidan shoirning ijodidan olingan she’rlarni hamda uning hayoti va ijodi xaqida gapirib berishdi.
Bayonlashtirdi: Sh. Yusupova
Do'stlaringiz bilan baham: |