"tasdiqlayman " Maktab direktori K. Qosimova



Download 33,45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.03.2022
Hajmi33,45 Kb.
#519587
Bog'liq
Dinora amaliyot hisoboti



"TASDIQLAYMAN " 
Maktab direktori __________K. Qosimova 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
TARIX FAKULTETI 4-BOSQICH 401-GURUH 
TALABASI ESHMATOVA DINORANING PEDAGOGIK 
AMALIYOT DAVOMIDA YOZGAN 
HISOBOTI 


Amaliyotchi talabaning amaliyot davomida o'z oldiga qo'yadigan vazifalari:
1. Maktabdagi o'quv jarayonining tuzilishi va mazmuni bilan tanishish; 
2. Maktab o'qituvchilarining pedagogik mahoratini o'rganish; 
3. O'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarning pedagogik shakllarini tashkil etish; 
4. Oliy o'quv yurtida olgan bilimlarni amaliyot davomida qo'llash; 
5. Dars mashg'ulotlari davomida o'quvchining psixologik va salomatlik darajasini 
ham hisobga olish; 


Men Eshmatova Dinora Maxmadali qizi Termiz Davlat Universiteti tarix 
fakulteti 4-kurs 401-guruh talabasi 2021-yil 6-sentabrdan 6-noyabrga qadar 
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 35-umumiy o'rta ta'lim maktabida 
pedagogik amaliyotda bo'ldim. Bu vaqt davomida maktab jamoasi bilan tanishdim. 
Maktabdagi o'quv jarayonlarini o'rgandim. Menga biriktirilgan tarix fani 
o'qituvchisi Usmonova Malohat ustoz meni ish hujjatlari bilan tanishtirdi. Men 
maktabda o'tkazilgan bir qator tadbirlarda ishtirok etdim. Maktabda sinf rahbarlari 
ishini, turli fan to'garaklarining olib borilishini, o'quvchilarning darsdan tashqari 
ishlarini va dars jarayonlarini kuzatib bordim. "Yoshlar ittifoqi" faollari va 
yetakchilari faoliyati bilan tanishdim. O'zim amaliyotchi talaba sifatida 7-sinf 
o'quvchilariga O'zbekiston tarixi va Jahon tarixi darslarini o'tdim. Ikki soatlik 
ochiq dars o'tdim. Turli ko'rgazmali qurollar tayyorladim. Boshqa tarix fani 
o'qituvchilarining dars mashg'ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. 
Maktab jamoasi turli xil idoraviy mukofotlarga sazovor bo'lgan. O'quvchilar 
orasida kurash bilan shug'ullanib, turli musobaqalarda ishtirok etuvchilar bor. 
Bundan tashqari turli fan olimpiadalarida ishtirok etib g'olib bo'lgan o'quvchilar 
mavjud. 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi ikki mingga yaqin o'quvchi, 100 ga yaqin 
o'qituvchidan iborat katta jamoadan iborat bo'lib, ikki smenada dars tashkil etilgan. 
Har bir sinf ma'lum bir mavzu va dasturga muvofiq bo'lgan barcha jihozlarga ega. 
Informatika xonalari kompyuterlar bilan ta'minlangan, ochiq darslar uchun maxsus 
proyektorli xonalar mavjud. Maktab faoliyatining markazida har chorak uchun 
tuzilgan va maktab rahbariyati doirasidagi ishlarning butun mohiyatini o'z ichiga 
olgan reja mavjud. 
Belgilangan maqomga muvofiq ta'lim muassasasi quyidagi o'quv dasturini 
amalga oshiradi:


-Boshlang'ich ta'lim dasturi - 4 yil; 
-Umumiy ta'lim dasturi - 5 yil; 
-O'rta (to'liq umumiy ta'lim dasturi) - 2 yil. 
Maktab bitiruvchilariga davlat standart hujjati - asosiy umumiy ma'lumot 
to'g'risidagi guvohnoma, o'rta (to'liq) umumiy ma'lumot to'g'risidagi guvohnoma 
berish huquqiga ega. 
Men bu maktabda amaliyot o'tash jarayonida pedagogik texnologiyalardan 
foydalandim. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatdim, uy vazifalarining 
bajarilishini qat'iy nazorat qildim. Turli fan o'qituvchilarining dars mashg'ulotlariga 
kirib, dars tahlillarini yozib bordim. 
Maktab ma'muriyati va jamoasi bilan tanishish menda katta ijobiy taassurot 
qoldirdi. Men o'quv amaliyotini olib borishda qo'yiladigan talablarni bosqichma-
bosqich bajarib bordim. Darsdan tashqari maktab kutubxonasidagi kitoblar bilan 
tanishdim. Turli darsliklar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qildim. Turli gazeta va 
jurnallar bilan taishdim 
Men har bir dars mashg'ulotiga puxta tayyorgarlik ko'rdim. Bilmaganlarimni 
amaliyot rahbarim Usmonova Malohat ustozdan so'rab bildim. Tarix va huquq fani 
o'qituvchilarining tajribalarini o'rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat 
qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. 
Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi 
asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va 
o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni 
o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. 


Mening kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo'lib yetishishimda ushbu amaliyot 
davomida orttirgan tajribalarim muhim rol o'ynaydi. O'quvchilar bilan muloqot 
ularning bilim saviyalarining ortishiga, intiluvchan va tashabbuskorlik qobiliyatlari 
oshishiga yordam beradi. Men kelajakdagi pedagogik faoliyatim davomida 
o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni o'z mulohazasiga 
tayangan holda hal etishni o'rgatishga harakat qilaman. 
Amaliyotchi talaba: D. Eshmatova 
Amaliyot rahbari: M. Usmonova 

Download 33,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish