fizikaviy stressorlar – suv etishmasligi yoki ortiqchaligi, yorug‘lik va haroratning o‘zgarishi, radioaktiv nurlar va mexanik ta’sirlar.
fotoaktiv reaksiya – bu og‘izchalarning ochilishi va yopilishi mezofill va og‘izchani qamrab turuvchi hujayralarda yuz beradigan bioximiyaviy o‘zgarishlarga bog‘liq. yorug‘likda shakar kraxmalga aylanadi. natijada bu hujayralarning osmotik bosimi ortadi. bunda qamrovchi hujayralar suvni shimib olib bo‘kadi va og‘izcha ochiladi. qorong‘ilikda esa yuqoridagi holatning teskarisi sodir bo‘ladi va og‘izchalar yopiladi.
sitorriz – bunda sitoplazma plazmolizdagidek hujayra po‘stidan ajralmaydi va hujayra g‘ijimlangan shaklni egallaydi.
evkserofit (haqiqiy kserofit) – bunga sedana va shuvoq misol bo‘ladi. bu o‘simliklarda hujayra sitoplazmasining qayishqoqlik va yopishqoqlik xususiyati kuchli. barg shapalog‘i zich tuklanganligidan transpiratsiya jarayoni sust o‘tadi. ildizlari yuza (50-80 sm) joylashgan bo‘lsa ham juda yaxshi rivojlanadi.
elastiklik – bu protoplazmaning muhim xususiyatlaridan biridir. elastiklik deb: zararlanmagan tirik protoplazmaning shakli o‘zgartirilganda avvalgi holatiga qaytish xususiyatiga aytiladi.
o‘simliklarning suv rejimi – barcha quruqlikda yashovchi o‘simliklarning tanasida boradigan to‘xtovsiz suv almashinuv jarayoni. u uch bosqichdan iborat: 1) suvning ildiz tomonidan shimilishi, 2) o‘simliklar tanasi bo‘ylab suvning harakati va taqsimlanishi, 3) barglar orqali bug‘lanishi – transpiratsiya.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
___________v.b.R.G’.Jumayev
“____” ______________2021 y
O’SIMLIKLAR SUV REJIMI
(tanlova fan: 8-semestr)
FANINING ISHCHI O`QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 140000-Tabiiy fanlar
Ta`lim yo`nalishlari: 5140100 - Biologiya (IV kurs)
:
Umumiy o’quv soati – 124 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza- 24 soat
Amaliy - 40 soat
Mustaqil ta’lim-60 soat
Buxoro -2021
O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 -yil “__” _______dagi “__” - sonli buyrug‘ining __-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o’quv - uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2018 - yil “_ ” __________ dagi “__” – sonli bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Mirzo Buxoro Davlat Universiteti o’quv - uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (20__ - yil “_” ______dagi _ - sonli majlis bayonnoma).
Fan dasturi Buxoro davlat universiteti kengashining 2021 yil “___ ” _____ dagi ____ sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |