BOSH MUXANDISNING VAZIFALARI
Yong‘in o‘chirish rahbari bilan doimiy aloqada bo‘ladi, yong‘in o‘chirish shtabiga jalb etilgan maskan mutaxassislari harakatlarini umumiy rahbarligini tashkil etadi. Birlashma xizmatini va yong‘in o‘chirish bo‘linmalari bilan o‘zaro aloqasini tashkil etadi. Zaruriy yordamchi texnikalarni, shuningdek yong‘in o‘chirish va konstruksiyalarni qismlarga ajratishda yong‘in o‘chirish bo‘linmalariga yordam ko‘rsatish maqsadida lom yoki boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlaydi. Yoqilg‘i-moy mahsulotlari va ko‘pik hosil qiluvchilar moddalarni keltirishni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |