“T A S D I Q L A Y M A N”
Sayxunobod tumani
maktabgacha
ta’lim bo‘limi mudiri
2021 yil_____________ Sh.Buriyeva
SAYXUNOBOD TUMANI MAKTABGACHA TA’LIM BO‘LIMI
XODIMLARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN YIG‘ILISH
BAYONNOMASI № ____
2021 yil ____________
|
Sayxunobod tuman bo‘limi
|
Raislik etuvchi :
|
Sayxunobod tumani MTB mudiri
Sh . Buriyeva
|
Qatnashdilar :
|
MTB hodimlari, sho‘ba metodistlari
|
Kun tartibida
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 22-oktabrdagi "Normativ huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekpertizadan o'tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5263-son qarorining mazmun mohiyati va ahamiyatini keng targ’ ib qilish hamda tushuntirish.
( A.Asrorov , A.Sherkaziyev, B.Saitqulov )
Yig‘ilishni Sayxunobod tumani MTB mudiri Sh.Buriyeva ochib berib, ushbu tashkil qilingan targ‘ibot tadbiri mazmun-mohiyati va ahamiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarini bildirib, mazkur yig‘ilish ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan keyin, tuman Davlat xaridlari va shartnomalari bo‘yicha mutaxassis A.Asrorov so‘zga chiqib, yuqoridagi qonunlar to‘g‘risida tushuntirish va ko‘rsatmalar orqali bo‘lim xodimlari o‘rtasida targ‘ibot qilib,korrupsiyaviy xuquqbuzarliklarning xususiyatlaridan biri, ularni sodir qilgan shaxslar asosan mansabdor shaxslar ekanligi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushuntirib o’tdi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan funksiya va vazifalar hamda murojaatlami ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolat doirangiz to‘g‘risida jamoatchilik o‘rtasida, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida, shuningdek, aholi o‘rtasida manzilli targ‘ibot ishlarini olib borishingiz talab etilishini aytib o‘tdilar.
So‘ngra so‘zga DXSH mutaxasisi A.Sherkaziyev chiqib, ushbu qonunlar ustuvorligi va davlat talablariga mos ravishda faoliyat olib borishligimizni ta’kidlab o‘tdilar.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yig‘ilish
QAROR QILADI:
Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari o‘rtasida targ'ibot yig‘ilishida tavsiyalar va tushunchalar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga targ‘ibot materiallari va ma’ruzalari yetkazilsin.
Tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan xodimlar va ota-onalar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilsin.
Mazkur yig‘ilish qarorining ijrosini nazorat qilish Davlat xaridlari va shartnomalari bo‘yicha mutaxassis A.Asrorov, hududiy biriktirilgan kuratorlar hamda tuman maktabgacha ta’lim tahkilotlari direktorlari zimmasiga yuklatilsin.
Bayonnomaga ilova 1 varoqda
Bayonnomani rasmiylashtiruvchi: B.Saitqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |