«tasdiqlayma n». Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A. Ravshanov


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni



Download 281,19 Kb.
bet4/16
Sana10.03.2020
Hajmi281,19 Kb.
#42008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5 sinf tarix


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Qadimgi uy – joylar qurishda nimalardan foydalanilgan? Hozirgi kunda qanday materiallardan foydalanilmoqda?

2.O’zbek xalqining an’anaviy liboslari haqida so’zlab bering.

3.Urf – odatlar deganda nimalarni tushunasiz?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Yevropa va Amerikada dastlabki sivilizatsiyalar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Yevropa va Amerikadagi dastlabki sivilizatsiyalar haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Qadimgi uy – joylar qurishda nimalardan foydalanilgan? Hozirgi kunda qanday materiallardan foydalanilmoqda?

2.O’zbek xalqining an’anaviy liboslari haqida so’zlab bering.

3.Urf – odatlar deganda nimalarni tushunasiz?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning taraqqiyotda erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Shuning uchun ham “sivilizatsiya” so’zi o’rnida ko’pincha “taraqqiyot” so’zi ham qo’llaniladi. Binobarin, bu ikki so’z bir xil ma’noni anglatadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik, yozuvning paydo bo’lishi, ilm – fan, adabiyot, san’atning taraqqiyoti va boshqalar sivilizatsiya yoki madaniyat taraqqiyotining belgilaridir. Osiyo va Afrika ilk sivilizatsiya markazlari bo’lgan edi.

Bugungi Gretsiya davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3 – 2-ming yilliklarda yashagan kritliklar Yevropada ilk madaniyat o’chog’ini yaratganligi bilan tarixda munosib iz qoldirganlar. Xo’sh bu madaniyat o’chog’i nimalarda o’z aksini topgan?

Kritda arxeolog olimlar miloddan avvalgi 3 – 2-ming yilliklarga oid shaharlar qoldig’ini topganlar. Shaharda bunyod etilgan saroyning devorlari suvalgan. Suvoq namligidayoq unga o’yib rasmlar solingan. Saroyning quyi qavatida ko’plab ustaxonalar, qurolxonalar, qimmatbaho buyumlar va oziq – ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborlar joylashgan.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Yevropadagi dastlabki madaniyat o’chog’i – Krit madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Krit va Mikena madaniyat o’choqlarini taqqoslang.

3.Inklar madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Nazorat ishi – 2.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

1.Yozuvning paydo bo’lishi.

2.Qadimiy diniy e’tiqodlar.

3.O’zbek xalqining milliy qadriyatlari.

1)Davlatlar paydo bo’lgach, ularning tarixini yozib borish muhim masalaga aylangan. Hukmdorlarning farmonlari, joriy etilgan qonunlar yoki davlatlar o’rtasida tuziladigan turli shartnomalar yozib qo’yilmasa tomonlar ularni har xil talqin etishlari mumkin edi. Qolaversa, ularning barchasini kelajak avlodlar uchun saqlab qo’yish ham kerak edi. Bu omillar yozuvning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan.

Buning aks sadosi o’laroq Yer yuzida bundan besh – olti ming yil avval dastlabki yozuvlar paydo bo’lgan. Ularni Osiyo va afrika xalqlari yaratganlar.

Yozuv odamlar qo’lga kiritgan hayotiy tajribalarni, yaratgan bilimlarni saqlaydigan va ularni kelgusi avlodlarga yetkazadigan qudratli vositadir.

Odamlar o’tmishda yaratgan tarix, barcha hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib kelgan.

Yozuv bugungi shaklidagi ko’rinishga ega bo’lgunicha uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.

Olimlar dastlabki yozuvlarni uzoq vaqtgacha o’qiy olmaganlar. Chunki bu yozuvlar bugungi yozuvlardan keskin farq qilgan. Ular aslida harf bo’lmasdan, biror ma’noni anglatuvchi qandaydir belgilardan iborat bo’lgan. Ikkinchidan, ular bugungi kunda hech kim gaplashmaydigan tillarda yozilgan edi.



2)Qadimgi odamlar quyoshga va yulduzlarga qarab mo’ljal olganlar. Yil fasllarining almashib turishini bilganlar. Yuzlab o’simliklarning foydali va zararli xususiyatlarini ajratganlar. O’zlaridagi jarohat hamda ayrim kasalliklarni davolashni o’rganib olganlar.

Shuningdek, barmoq, qarich va qadam bilan sanashni ham bilganlar. Biroq ular tabiatning ko’pgina hodisalari (chaqmoq chaqish, momaqaldiroq, dovul, kasallik va o’lim kabilar) oldida chorasiz bo’lib qolaverganlar. Chunki u davrlarda tabiat hodisalarining sabablarini tushuntirib beradigan ilm – fanning o’zi bo’lmagan. Bu esa qadimiy diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Ularda diniy e’tiqod dastlab diniy tasavvurlar shaklida namoyon bo’lgan. Shu tariqa odamlarda dunyoni boshqarib turuvchi sirli kuchlarga ishonch paydo bo’lgan. Odamlar bu kuchlarni ruhlar deb ataganlar.

Qadimiy diniy e’tiqodlarning asosini totemlik (totemizm), animiylik (animizm), fetishlik (fetishizm), shuningdek, sehrgarlik tashkil etgan.

3)Qadimiy va go’zal diyorimiz xalqlari o’ziga xos madaniyat ham yaratganlar. Bu madaniyat ichida me’morchilik madaniyati alohida ajralib turgan.

Ayniqsa, Farg’ona, Buxoro, Xiva va Shahrisabz me’morchilik uslublari mashhur bo’lib kelgan. Yer qimirlashi ko’p bo’ladigan Farg’ona vodiysida uylar qo’sh sinch qilib qurilgan bo’lsa, yer qimirlashi kamroq bo’ladigan hududlarda yakka sinchdan yoki oddiy paxsadan imorat qurish odat bo’lgan.

Begona kishilarning nazari tushmasligi uchun barcha uy va xo’jalik binolarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Badavlat katta oilalarda hovli ikki qismga bo’lingan. Bola – chaqalar va ayollar uchun ichkari hovli, erkaklar uchun tashqari hovli bo’lgan. Uy – joylar oila a’zolarining soniga qarab bir necha xona, dahliz va ayvondan iborat bo’lgan. Xo’jalik xonalari, oshxona va molxona hovlida qurilgan. Mehmonxona odatda boloxonada, ya’ni ikkinchi qavatda joylashgan.

Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Qadimgi shaharlarning paydo bo’lishi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qadimgi shaharlarning paydo bo’lishi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Yevropadagi dastlabki madaniyat o’chog’i – Krit madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Krit va Mikena madaniyat o’choqlarini taqqoslang.

3.Inklar madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Shaharlarning paydo bo’lishi. Shahar deyilganda yirik manzilgoh tushuniladi. Shaharlarning paydo bo’lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Demak, shaharlarning paydo bo‘lishi dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdo-sotiq ajralib chiqqan davrga to‘g‘ri keladi. Dunyoda shaharlar dastlab miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda Sharqda - Mesopotamiya, Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda paydo bo‘lgan.

Hunarmand va savdogarlar to‘planib yashayotgan manzillar tobora gavjumlashib borgan. Asta-sekinlik bilan bu gavjum man­zilgohlar shaharlarga aylangan. Shaharlarda katta-katta bozorlar soni tobora ortib borgan. Vaqtlar o‘tishi bilan shaharlar ilm-fan markaziga ham aylanganlar. Poytaxt shaharlar eng taraqqiy etgan shaharlar bo‘lgan.



Memfis shahri. Eng qadimgi shaharlardan biri qadimgi Misr davlatining poytaxti Memfis shahri edi. Shahar Misrni yagona davlatga birlashtirgan podsho Menes tomonidan qurilgan. Shahar yirik madaniy va hunarmandchilik markazi ham edi. Misr davlati podsholari keyinchalik bu shahar yaqinida o‘zlarining qudratini namoyish etadigan piramidalar shaklidagi ulkan maqbaralar qurdira bosh­laganlar. Vafot etgan podsholar shu maqbaralarga dafn etilgan. Maqbaralar yaqinida butun bir qoyadan sfinks bunyod etilgan. Uning balandligi 20 metrdan ortgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Shaharlarning paydo bo'lishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Memfis, Bobil va Nineviya shaharlarini bir-biri bilan taqqoslang.

3.Afina va Sparta shaharlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Dunyoning qadimgi davlatlari.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga dunyoning qadimgi davlatlari haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Shaharlarning paydo bo'lishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Memfis, Bobil va Nineviya shaharlarini bir-biri bilan taqqoslang.

3.Afina va Sparta shaharlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Davlat - ma’lum bir hududda uyushgan odamlarni (kishilik jamiyatini) qonun kuchi bilan boshqaradigan tashkilotdir. Qonun esa davlat tomonidan belgilab qo‘yiladigan va hammaning bo‘ysunishi shart bo‘lgan tartib-qoidalardir. Davlat dastlab miloddan avvalgi 4-ming yillik boshlarida Afrika qit’asidagi Misr hududida tashkil topgan. Ular kichik-kichik shahar-davlatlar bo‘lib «nomlar», davlat boshliqlari esa «nomarxlar» deb atalgan. Keyinchalik bu davlatlar о‘rnida ikkita katta davlat tashkil etilgan.

Davrlar o‘tishi bilan bu ikki davlat yagona davlatga birlashtirilgan. Memfis shahri davlat poytaxti etib belgilangan. Davlatning hukmdori (boshlig’i) fir’avn deb atalgan.

Davlatning ichki hayoti o‘zaro urushlarsiz kechmagan. Uzoq davom etgan bu urushlar Misrni zaiflashtirgan. Oqibatda, Misrni dastlab Eron davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr, undan keyin esa Rim davlati bosib olgan.

Osiyo qit’asining Misrdan uncha uzoq bo'lmagan qismida Frot va Dajla daryolari mavjud.

Shu ikki daryo o’ralig’i qadimda Mesopotamiya deb atalgan. Mesopotamiya yerlari nihoyatda unumdor bo‘lgan. Odamlar bu joylarni o‘z manzilgohlariga aylantirganlar.

Mesopotamiyada miloddan avvalgi 2-ming yillikda Bobil davlati tashkil topgan. Podsho Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylangan. U Mesopotamiyaning barcha qismini Bobilga bo‘ysundirgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Davlat nima ekanligini izohlab bering.

2.Mulohaza yuriting: Nima uchun odamlar uyushmasi (kishilik jamiyati)ni qonunsiz boshqarib bo'lmaydi?

3.Davlatning paydo bo'lishiga sabab bo‘lgan omillarni qayd eting.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Davlat nima ekanligini izohlab bering.

2.Mulohaza yuriting: Nima uchun odamlar uyushmasi (kishilik jamiyati)ni qonunsiz boshqarib bo'lmaydi?

3.Davlatning paydo bo'lishiga sabab bo‘lgan omillarni qayd eting.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Yetti mo‘jiza haqida. Qadimgi misrliklar O‘rta dengiz atrofidagi mamlakatlarda bunyod etilgan va o‘z salobati, go‘zalligi bilan o‘sha zamon odamlarini hayratga solgan inshootlardan yettitasini «Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi» deb ataganlar. Ular haqida yozma ma’lumotlar ham qoldirganlar.

Misr ehromlari. Qadimgi Misrda vafot etgan fir’avn jasadi uchun avval maxsus «uy» — tobut yasalgan. Bunday «uy» (tobut) sarkofag deb atalgan. Fir’avnning mumiyolangan jasadi unga solingan. Keyin bu sarkofag doimiy turarjoyga— toshdan qurilgan maqbaraga qo‘yilgan. Ana shunday maqbaralar ehromlar deb atalgan. Misr fir’avnlari hayotligi paytlaridayoq o‘zlariga katta toshlardan piramida shaklida ehromlar qurdirib qo‘yganlar. Dastlabki ehromni me’mor Imxotep loyihalashtirgan.

Kitoblarda yozilishicha, ehromlarning eng ulkanini fir’avn Xeops qurdirgan. Uning balandligi 146,5 metr, poydevorining to‘rt tomoni esa 233 metr bo‘lgan. Xeops ehromini qurish uchun 2 million 300 mingta tosh sarflangan. Eng kichik toshning og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan. Ehrom toshlariga shunday ishlov berilganki, birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ular judayam zich yopishib turgan.



Semiramida osma bog‘lari. Miloddan avvalgi VII asrda yashab o‘tgan Yangi Bobil davlati hukmdori - malika Shomuramat (grekeha talaf- fuzda Semiramida) Bobil shahrida tarixga «Semiramida osma bog‘lari» nomi bilan kirgan bog ‘ bunyod ettirgan. Bog‘ to‘rtqavatli saroy shaklida barpo etilgan. «Osma bog‘» supaga o‘xshash qilib qurilgan.

Download 281,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish