«tasdiqlayma n». Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A. Ravshanov



Download 281,19 Kb.
bet7/16
Sana10.03.2020
Hajmi281,19 Kb.
#42008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
5 sinf tarix


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Amerikalik R.Fulton va angliyalik J.Stefensonning ixtirolari haqida so ‘zlab bering.

2.Qanday omillar Angliyada dastlabki temiryo'llar qurilishiga sabab bo‘lgan?

3.Asosiy transport vositalaridan biri samolyotning yaratilishi tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Telegraf turli xabarlarni uzoq masofalarga yozuvli tez uzatishga mo'ljallangan qurilmadir. Bunday qurilmani birinchi bo'lib 1832-yilda rus olimi P.Shilling ixtiro qilgan. Qurilma xabarlarni nuqta va tirelar (chiziq) ko'rinishida uzatgan.

1837-yilda amerikalik olim S.Morze ham shunday qurilma va unda foydalaniladigan maxsus alifbo yaratgan. Bu alifbo tarixga Morze alifbosi nomi bilan kirgan. Bu alifboda harflar o'rniga nuqta va tire (ehiziq)lar ishlatiladi. Masalan, nuqta va bitta tire «А» harfini; tire va uch nuqta «В» harfini; nuqta, tire va yana ikki nuqta «V» harfini anglatgan. Bu alifbo dunyo xalqlari uchun ko'p yillar xizmat qildi. Hozirgi kunda esa undan hamon dengiz halokati ro'y berganligi haqidagi xabarni berish chog'ida foydalanilmoqda.

Siz dengiz halokati ro‘y berganligini anglatuvchi belgi «SOS» ekanligini balki bilarsiz. Dengizlarda halokatga uchragan kemalar «SOS» xabarini yuborish uchun Morze alifbosidagi «Uchta nuqta, uchta tire va yana uchta nuqta» belgisini - (signalini) yuboradilar.

Bu belgilarni qabul qilib olgan boshqa kema yoki qirg‘oq qutqaruv guruhi tezda yordamga yetib kelish choralarini ko‘radi. Xalqaro qoida talablari ana shunday.

Morze qurilmasida nuqta va tirelar telegraf kalitlari yordamida uzatiladi. Xabar beruvchi kalitni bosganida qurilmadagi batereya qurilma tarmog‘iga tok beradi.

Elektr toki suyuq bo‘yoq ichiga botirib qo'yilgan g'ildirakchani (harf bosuvchini) harakatga keltiradi. G‘ildirakcha esa tasmaga o‘xshab tayyorlangan qog'ozga harflar belgisini tushiradi.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Telegrafning ixtiro qilinishi kishilar uchun qanday ahamiyatga ega bo'ldi?

2.«SOS» xabarini yuborish uchun Morze alifbosidan teriladigan belgilarni qayd eting.

3.Telefonning yaratilishi va uning kishilar hayotida tutgan о‘rni haqida so ‘zlab bering.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Takrorlash.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’tilgan mavzular haqida umumiy ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Telegrafning ixtiro qilinishi kishilar uchun qanday ahamiyatga ega bo'ldi?

2.«SOS» xabarini yuborish uchun Morze alifbosidan teriladigan belgilarni qayd eting.

3.Telefonning yaratilishi va uning kishilar hayotida tutgan о‘rni haqida so ‘zlab bering.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

1.Nechanchi yilda “Uchar moki” ixtiro qilingan?

A)1733-yilda. B)1734-yilda. S)1735-yilda. D)1736-yilda.

2.”Uchar moki” kim tomonidan ixtiro qilingan?

A)J.Xargrivs. B)Edison. S)Jon Key. D)J.Uatt.



3.Bug’ bilan yuradigan parovoz nechanchi asrda ixtiro qilingan?

A)XVI asrda. B)XVII asrda. S)XVIII asrda. D)XIX asrda.



4.Bug’ bilan yuradigan parovoz ixtirochisi kim edi?

A)Edison. B)J.Key. S)Jorj Stefenson. D)Fulton.



5.R.Fulton ixtiro qilgan paroxod soatiga necha kilometr tezlikda suzgan?

A)8 km. tezlikda. B)9 km. tezlikda. S)10km. tezlikda. D)11 km. tezlikda.

6.Birinchi avtomobil nechanchi yilda ixtiro qilingan?

A)1884-yilda. B)1885-yilda. S)1886-yilda. D)1887-yilda.



7.Buyuk Ipak yo’li nechanchi asrda vujudga kelgan?

A)Miloddan avvalgi I asrda. B)Miloddan avvalgi II asrda. S)Miloddan avvalgi III asrda. D)Miloddan avvalgi IV asrda.



8.Buyuk Ipak yo’li nechanchi asrgacha mavjud bo’lgan?

A)XII asrgacha. B)XIII asrgacha. S)XVI asrgacha. D)XV asrgacha.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Amerikalik R.Fulton va angliyalik J.Stefensonning ixtirolari haqida so ‘zlab bering.

2.Qanday omillar Angliyada dastlabki temiryo'llar qurilishiga sabab bo‘lgan?

3.Nega qadimgi davrlarda ham savdo yo'llari ochilgan?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Nazorat ishi – 4.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

1.Dengiz yo’llarining kashf etilishi.

2.Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo’lishi.

3.Transport vositalarining ixtiro etilishi.

1)Milodning XV asri oxiri va XVI asr boshlarida Yevropa qit’asi davlatlarida yangi dengiz savdo yo‘llariga ehtiyoj yanada kuchaygan. Bunga nimalar sabab bo‘lgan edi?

Birinchidan, XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sa boshlagan. Bu esa turli xomashyolarga bo‘lgan talabni oshirib yuborgan. Biroq Yevropa qit’asining o‘zida xomashyo kam edi. Shu tufayli uning miqdori talabni qondira olmagan.

Bundan tashqari, Yevropada savdo-sotiqning rivojlanishi pulga bo‘lgan talabni ham oshirib yuborgan. Ko‘p miqdorda pul zarb etish uchun esa ko‘plab oltin va kumush kerak edi. Yevropada esa bunday nodir metallar kam edi. Shu tufayli yevropaliklar ularni boshqa qit’a mamlakatlaridan olib kelishni o‘ylay boshlaganlar. Ularning ongini o‘zga o‘lkalar xalqlarining oltin-kumushlarini va boshqa boyliklarini egallash fikri chulg‘ab olgan.

Biroq yevropaliklar Buyuk Ipak yo‘lidan va O‘rta dengiz orqali o‘tadigan dengiz savdo yo‘lidan foydalana olmas edilar. Chunki bu yo‘llar yevropaliklarning o‘sha davrdagi asosiy raqibiga aylangan Turkiya davlati qo‘liga o‘tib ketgan edi. Binobarin, bu yo‘llar yevropaliklar uchun xatarli bo‘lib qolgan. Bunday mushkul vaziyatdan qutulish uchun yangi dengiz savdo yo‘llarini ochish zarur edi.



2)Ishlab chiqarish texnikasi deyilganda inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini juda ko‘p marotaba oshirishga imkon beradigan mehnat qurollari tushuniladi.

Texnikaning avvalgi mehnat qurollaridan asosiy farqi — ishlab ehiqarishda inson qo‘l mehnatini nihoyatda kamaytirishida yoki unga umuman o‘rin qoldirmasligidadir. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Motiga, omoch, plug, charxpalak, urchuq, charx, to‘quvchilik dastgohlari, shamol tegirmoni va boshqalar odam qo‘l mehnatini eng ko‘p darajada yengillashtirishga imkon beradigan texnikani yaratish yo‘lidagi urinishlar edi.

Sanoat xo‘jalikning texnika yordamida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo‘llanishi XVIII asrga kelib dastlab Angliyada yuz berdi. Bunga qanday omillar sabab bo‘lgan?

3)Vaqtlar o'tishi bilan konstruktor va ixtirochilar bug‘ mashinasidan boshqa sohalarda ham foydalanishga harakat qilganlar. Nihoyat, 1806-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton bug' bilan harakatlanadigan birinchi paroxodni yasashga muvaffaq bo'lgan. Uzunligi 40,5 metr, eni 5,5 metrga yaqin bo'lgan bu paroxodni «Klermon» deb atagan.

Paroxod sinovdan o'tkaziladigan kuni juda ko'p odam yig'ilgan. Ular tomoshaga kelishgan edi. Shu vaqtgacha foydalanilib kelingan yelkanli kemalar shamol bo'lsagina suzar edi. R.Fulton yaratgan kema esa shamolga qarshi ham suza olganligini ko'rgan tomoshabinlar hayratga tushganlar. Sinov paytida paroxod soatiga 8 km tezlik bilan suza olgan. Shu tariqa dengiz kemasozligi asta-sekin shamolga qaramlikdan xalos bo'la borgan. Paroxodlar borgan sari takomillashtirilib borilgan.

1819-yilda birinchi marta paroxod Atlantika okeanidan suzib o'tib 26 kunda Amerikaga yetib borgan. Xristofor Kolumb esa bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi.

Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Maktab – ilm o’chog’i.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga maktab – ilm o’chog’i ekanligi haqida umumiy ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Telegrafning ixtiro qilinishi kishilar uchun qanday ahamiyatga ega bo'ldi?

2.«SOS» xabarini yuborish uchun Morze alifbosidan teriladigan belgilarni qayd eting.

3.Telefonning yaratilishi va uning kishilar hayotida tutgan о‘rni haqida so ‘zlab bering.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Odamlar maktablarda xat-savod o‘rganadilar. Turli fanlarga oid ilmlarni egallaydilar. Maktabda barcha fanlardan a’lo bahoga o‘qigan o’quvchilarning hayotda qanday muvaffaqiyatlarga erishayotganligiga o‘zingiz guvohsiz. «Umid nihollari» sport musobaqalarida, «Kelajak ovozi», «Zulfiyaxonim qizlari» tanlovlarida yoki fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib chiqayotgan yurtdoshlaringizni bir ko‘z oldingizga keltiring-a. Ularning barchasi maktablarda a’lo baholarga o‘qishgan.

O‘tmishda jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobolarimiz ham maktablarda a’lo baholarga o‘qiganlar. Binobarin, Sizning kelajakda qan­day kishi bo‘lib yetishishingiz bugungi kunda maktabda qanday o‘qishingizga ham bogliq.

Maktab, ayni paytda, tarbiya beradigan joy hamdir. Barcha zamonlarda shunday bo’lgan, hozir ham shunday. S iz maktablarda ta’lim-tarbiya berayotgan kishilarni muallim, ustoz yoki murabbiy kabi so‘zlar bilan atalishini ham bilasiz. Ular bir so‘z bilan pedagog deb ham ataladilar. Qadimgi Gretsiyada badavlat oilalarning bolalarini maktabga yetaklab boradigan kishilarni pedagog deb ataganlar. Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, Yevropada esa Gretsiya va Rim davlatlarida paydo bo‘lgan. Maktablar dastlab ibodatxonalarda faoliyat ko‘rsatgan.

To‘g‘ri, ilk maktablar hozirgi zamon maktablari ko‘rinishida bo‘lmagan. Ularga qabul qilishda bolalarning yoshi hisobga olinmagan. Bolalar bugungi kundagidek sinflarga bo‘lib o‘qitilmagan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Nima uchun Siz maktabda a’lo baholarga o'qishingiz va go'zal odob-axloq egasi bo'lishingiz zarur?

2.Dastlabki maktablar haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Madrasalar qanday maqsadda ochilgan edi?

4.Xorazm Ma’mun akademiyasining tashkil etilishi haqida so'zlab bering.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Yurtimiz allomalari.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yurtimiz allomalari haqida umumiy ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Nima uchun Siz maktabda a’lo baholarga o'qishingiz va go'zal odob-axloq egasi bo'lishingiz zarur?

2.Dastlabki maktablar haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Madrasalar qanday maqsadda ochilgan edi?

4.Xorazm Ma’mun akademiyasining tashkil etilishi haqida so'zlab bering.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

IX-XII asrlarda yurtimiz ilm-fanda yuksak taraqqiyotga erishdi. Bu davrda yashab, ijod qilgan buyuk bobolarimiz jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo’shgan betakror hissalari bilan o‘z nomlarini abadiylikka muhrlaganlar. Bu abadiylikka muhrlanganlar ro‘yxati buyuk bobomiz Muhammad Muso al-Xorazmiy nomi bilan boshlanadi.

Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmning Xiva shahrida tug‘ilgan. Dastlab Xiva shahrida ilm olib yetuk olim bo‘lib yetishadi. So‘ng O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi yirik ilm-fan markazi bo‘lgan Marv shahrida (hozirgi Turkmanistondagi shahar) ijodini davom ettiradi.

819-yildan boshlab esa Bag‘dod shahridagi (hozirgi Iroq davlati poytaxti) ilm-fan markazi - «Bayt ul-hikmat»da faoliyatini davom ettirdi. Uning eng yirik ishlaridan biri hindlar kashf etgan «0» dan «9» gacha bo‘lgan o‘nta raqam bilan har qanday sonni yozish mumkinligini, uning murakkab rim raqamlaridan afzalliklarini isbotlab berdi. To‘rt amal - qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo’lish qoidalarini yaratdi.

Al-Xorazmiy Siz 7-sinfdan boshlab o‘rganadigan algebra fanining asoschisi hamdir. Uning bu fanga bag‘ishlab yozgan asari qisqacha «А1- jabr» deb ataladi.

Al-Xorazmiyning bu asari XII asrdan bosh­lab Yevropada tarqala boshladi. Yevropaning ba’zi xalqlari «al-jabr» o‘rniga «algebra» atamasini ishlatganlar. Shu tariqa, Siz 7-sinfdan boshlab o‘rganadigan bugungi algebra fani o‘z nomini al-Xorazmiy asarining nomidan olgan.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.IX-XII asrlar yurtimiz ilm-fani taraqqiyotida qanday o'rin tutadi?

2.Al-Xorazmiyning matematika fani taraqqiyotida tutgan o'rni nimalar bilan belgilanadi?

3.Ahmad al-Farg'oniyning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo'shgan hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Download 281,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish