USLUBIY KO‘RSATMA
Jizzax - 2020
Uslubiy ko‘rsatma 5310700- Elektr texnikasi, Elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (elektr mashinasozligida) bakalavr ta’lim yunalishi talabalari uchun
" Elektr mashinalari va transformatorlarning ekspluatatsiyasi " fanining ishchi dasturi asosida tayyorlangan.
Uslubiy ko‘rsatma «Elektr texnologiyasi» kafedrasining 2020 yil «____» ____________dagi yig‘ilishida (bayon №___) tasdiqlangan.
Kafedra mudiri: A. Porsaxonov
Tuzuvchi: asisstent. U. Mirzayev
Amaliy mashg’ulot
Transformatorning chulg‘amlarining ulanish guruhini aniqlash.
«Elektr mashinalari» kursiga oid darslik va o`quv qo`llanmalarida ikki chulg`amli transformator chulg`amlarining ulanish guruhini, asosan tsiferblatli soatdan foydalanib aniqlash usuli bayon qilingan (bu usul standart tomonidan ham tavsiya qilinadi). Shu bilan birga bu usulni tushintirishda metodik jihatdan bazi bir kamchiliklar ham mavjud, ya`ni yuqori kuchlanishli (YuK) va past kuchlanishli (PK) chulg`amlar EYuK lari uchun qurilgan vektor diagrammalar alohida-alohida quriladi. «Yulduz» sxemasiga ulangan YuK sho`lg`am fazaviy EYuK lari uchun qurilgan vektor diagrammada ikkita (masalan A va V fazalar) vektor uchlarini o`zaro birlashtirib aniqlangan liniyaviy kuchlanish vektori chizmada ogma holatni egallagan bo`lsa ham soatning 12 raqamiga yunaltirilgan deb tasavvur qilinadi.
Bu jarayondagi:
a) vektor diagrammalarning bir-biriga bog`lanmagan holda
qurilishi va so`ngra ularni bir-biriga qo`shish tartibi;
b) YuK chulg`am uchun qurilgan vektor diagrammadan aniqlangan liniyaviy kuchlanish vektori ogma holatni egallagan bo`lishidan qatiy nazar soatning 12 raqami o`rniga 0 ning izohsiz ishlatilishi talabalarda ayrim tushinmovchiliklarga olib keladi.
Bu usul qo`yidagicha tushintiriladi:
Dastavval, soatni tasvirlovchi doira chizilib, uning raqamlari aylanaga teng
taqsimlanib belgilanadi. Uch fazali transfarmatorning ulanish guruhi YuK va PK chulg`amlarining liniyaviy EYuK lar vektor diagrammalar chiziladi. Buni qo`yidagi sxemalar uchun ko`rib o`tamiz:
2. Uch fazali transfarmatorlarni (Y/Y) «yulduz-yulduz» sxemasida ulash. Shuni eslatish lozimki, transfarmator chulg`amlarining ulanish guruhini aniqlashda uning salt ishlash rejimidagi
(U1f =E1f ; U1l =E1l ; U2f =E2f ; U2f =E2f)
Ma`lumki, YuK sho`lg`am «yulduz» sxemasiga ulanganda uning fazaviy
EYuK lari vektor diagrammasi bir-biridan faza jihatdan 1200 siljigan uchta bir
xil vektordan iborat bo`lib, ularning uchlari o`zaro to`g`ri chiziqlar bilan birlashtirilganda tomonlari liniyaviy EYuK ni beradigan teng tomonli uch burchak hosil bo`lishi tufayli uch burchakning bitta (masalan, AV) tomoni YuK chulg`amning liniyaviy EYuK vektoriga moduli jihatdan teng (AV=EAV) va u
soatning «12» raqamiga doimiy ravishda yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Shu sababli YuK chulg`amning vektor diagrammasiga oid uchburchakni doiraning markazidan «12» raqamiga yo`naltirilgan AV radiusni chizishdan boshlanadi. Shu uchburchakka tegishli yana bitta tomonining holatini aniqlash uchun aylananing V nuqtasidan o`ng tomonda uzunligi AV radiusga teng bo`lgan VS vatarni o`tkazamiz. A, V va S nuqtalarini o`zaro to`g`ri chiziqlar bilan birlashtirib teng tomonli uchburchak xosil bo`ladi. Bu uchburchak medianalarining kesishgan nuqtasidan uning uchlarigacha bo`lgan oraliq (chizmada vektor) YuK sho`lg`am fazaviy EYuK larni beradi.
Yuqori kuchlanishli chulg`am uchun aniqlangan fazaviy EYuK vektorlari transformatorning PK chulg`ami uchun vektor diagrammani qurishda zarur bo`ladi. Bunda YuK va PK chulg`amlarining uralish yo`nalishi hamda fazaviy chulg`amlarning boshi va oxirlarining belgilanishi bir xil bo`lganida bir o`zakda joylashtirilgan chulg`amlarni bitta fazaviy magnit oqimi kuch chiziqlari kesib o`tganligi tufayli, chulg`amlarning EYuKlari fazaviy chulg`amlari oxiridan boshiga bir xil (musbat) yo`nalgan holati tekshiriladi.
Ikkilamchi chulg`am liniyaviy EYuK vektori EAV YuK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV ga nisbatan 0 dan 3600oraligida burchaklarga siljigani uchun 3600 ni 12 ga bo`lgandan chiqqan natija (300 ) dagi singari
ulanish guruhiningbirligi qilib qabul qilinadi.
Yulduz sxemasiga ulangan past kuchlanishli chulg`am EYuK lari vektor
diagrammasini qurish uchun YuK chulg`amning A fazaviy chulg`am EYuK vektori Exa fazaviy vektorlar MN chizig`i ustida yotganligidan «a» nuqtani «A» ning ustiga qo`yish jarayonida mazkur yordamchi chiziq juda ham qulaylik yaratadi., yani EAV vektorni o`ziga parallel siljitishda uning «a» nuqtasi soat doirasining markazidagi «A» nuqta tomon MN chizig`i bo`yicha sirpantiriladi.
Chulg`amlar Y/Y ulangan hol uchun qurilgan vektor diagrammalar shu tartibda birlashtirilganda PK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV YuK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV bilan ustma-ust tushadi. Ularningorasidagi siljish burchigi 0 bo`lgani uchun chulg`amlarning ulanish guruhi 0 bo`ladi.
Uch fazali ikki chulg`amli transformator chulg`amlarining ulanish guruhini tsiferblatli soat yordamida aniqlash usulida past kuchlanishli chulg`am liniyaviy EYuK vektori (EAV) soatning kichik mili orqali belgilanadi va umumiy holda, Chulg`amning ulanish guruhlariga qarab, soatning bu mili 0 (12) …11 butun sonlarni ko`rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |