3-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlarini harakatsiz
holatga o‘tkazish
Oldingi
tahrirga qarang.
9. Tijorat tashkilotining soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorliklari aniqlanmagan, mol-mulki
mavjud bo‘lmagan, tijorat tashkiloti muassislarini (qatnashchilarini), ularning vakillari va rahbarini
tugatish jarayoniga jalb etish imkoni bo‘lmaganda, davlat soliq xizmati organlari Tizim orqali
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘n ish kunida tijorat tashkilotini harakatsiz holatga o‘tkazish
to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga asosan tijorat tashkilotini harakatsiz
holatga o‘tkazadi, bu haqida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritadi;
tijorat tashkilotining harakatsiz holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida o‘zining rasmiy saytida
e’lonni joylashtiradi;
tijorat tashkilotining muassislariga (qatnashchilariga) Tizimda tijorat tashkilotining harakatsiz
holatga o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
11. Tijorat banklari harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlarini bir
ish kunida yopib, pul mablag‘larini harakatsiz depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotlariga kelib tushgan mablag‘lar ularning
harakatsiz depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Ushbu tijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga
qo‘yilgan talablar harakatsiz depozit hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining
56-moddasida
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
12. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar natijasida soliq
qarzdorliklari aniqlangan taqdirda,ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari
ko‘riladi.
Soliqlar bo‘yicha qarzdorliklari undirilgan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ish yuritish ushbu
Nizomning
9-bandi
asosida davom ettiriladi.
13. Tijorat tashkilotining debitorlik-kreditorlik qarzdorliklarini undirish manfaatdor shaxslar
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
13 . Tijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar toifasiga o‘tkazilgandan keyin davlat
soliq xizmati organlari tomonidan soliq hisobotlarini qabul qilish to‘xtatiladi.
(13 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
14. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkiloti faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
tomonidan quyidagi holatlarda:
tijorat tashkilotining muassisi(lari), uning qonuniy vakillari yoki vorisi uch yilda tijorat tashkiloti
faoliyatini davom ettirish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilgan taqdirda —
muassisi(lar), qonuniy vakil yoki vorislarning qaroriga asosan;
tijorat tashkiloti sud yoki ijro ishi yuritish jarayoniga da’vogar yoxud javobgar sifatida e’tirof
etilgan yoki unga nisbatan bankrotlik ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda, qayta tiklanadi.
Bunda tijorat tashkiloti yangidan tashkil etilgan deb hisoblanmaydi, uning faoliyati qayta
tiklanganligi to‘g‘risida davlat reyestriga hamda Tizimga tegishli yozuv kiritiladi.
15. Harakatsiz holatga o‘tkazilgan tijorat tashkilotini javobgar yoki da’vogar sifatida e’tirof
etgan organ (mansabdor shaxs) bu haqida uch ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor
qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |