Tasdiqlash haqida


-bob. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana25.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#409820
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
704-сон 21.08.2019

4-bob. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish

40. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish:



Oldingi

 tahrirga qarang.

soliqlar  va  yig‘imlarni  yuridik  shaxslar  uchun  nazarda  tutilgan  tartibda  to‘laydigan  yakka

tartibdagi tadbirkorlar uchun ― ushbu Nizomning 

3-bobida 

belgilangan tartibda;

(40-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-

yanvardagi 1-sonli 

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-

son)

qat’iy  belgilangan  soliqlarni  to‘lovchi  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  ushbu  bobda

belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

41.  Tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxs  faoliyatini  ixtiyoriy  to‘xtatish  uning  ro‘yxatdan

o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);

barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);

agar  mavjud  bo‘lsa,  asosiy  hisobvarag‘i  yopilganligi  to‘g‘risidagi  tijorat  bankining

ma’lumotnomasi.




Oldingi

 tahrirga qarang.

42.  Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  faoliyatni  ixtiyoriy  to‘xtatish  to‘g‘risida  ariza  tushganidan

so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi

davlat  soliq  xizmati  organiga  Tizim  orqali  uning  soliqlar  va  yig‘imlar  bo‘yicha  qarzi  yo‘qligini,

shuningdek,  tijorat  bankida  hisobvaraq  ochmaganligini  (hisobvaraq  ochilmagan  deb  ko‘rsatilgan

bo‘lsa)  tasdiqlash  uchun  so‘rovnoma  yuboradi.  Bunda  davlat  soliq  xizmati  organi  so‘rovnoma

olingan  kundan  boshlab  ikki  ish  kuni  mobaynida  Tizim  orqali  ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga

xabarnoma yuboradi.



(42-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2021-yil  7-yanvardagi  1-sonli 

qarori

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)

43. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni mobaynida

tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxs  faoliyatini  to‘xtatish  to‘g‘risidagi  yozuvni  davlat  reyestriga

kiritadi:

ushbu Nizomning

 41-bandida 

ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;

davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 

42-bandida 

nazarda tutilgan xabarnomasi.

44.  Ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organning  tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxs  faoliyatini

to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir

ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali

jo‘natiladi.

45.  Tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxs  faoliyatini  to‘xtatish  to‘g‘risidagi  yozuv  davlat

reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:

davlat  soliq  xizmati  organini  tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxs  faoliyati  to‘xtatilganligi

to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;

faoliyatini  to‘xtatgan  tadbirkorlik  subyekti  ―  jismoniy  shaxsning  muhr  va  shtamplarini  (agar

mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;

litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.

46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi

uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish