Operativ va o‘lchov shtangalarining izolatsiyalovchi qismi qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida 3.1.4-bandga asosan, yuqori kuchlanish bilan o‘tkaziladi. Bunda kuchlanish shtanganing ishchi qismi va dastakni izolatsiyalovchi qismidan ajratib turuvchi ajratgich halqaning izolatsiyalovchi qismi tomoniga o‘rnatilgan vaqtinchalik elektrod bo‘lagiga beriladi. Agar izolyator chinnidan qilingan bo‘lsa kuchlanish bevosita uning har ikki tomoshaga beriladi.
Namunaviy sinovlarda 500 kV kuchlanishli elektr uskunalari uchun mo‘ljallangan shtangalarning izolatsiyalovchi qismiga 0,3 minut mobaynida 850 kV, keyin 5 minut mobaynida 650 kV kuchlanish beriladi.
Izolyatorlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan o‘lchov kallaklarini qabul qilish- topshirish sinovi vaqtida 35 kV, ishlatish sinovi jarayonida esa 30 kV kuchlanish beriladi.
Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida yoy o‘chirish moslamali shtangalar 40 kV kuchlanish bilan kontaktlar ajratilgan holda 5 minut davomida sinaladi. Sinov kuchlanishi pantografik qamrash va yerga ulagichni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qisqichli kontakt plastina orasiga beriladi. Sinash davrida yuza orqali elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish, kontaktlar orasidagi havo oralig‘ining teshilishi bo‘lmasliga kerak. Agar yoy o‘chirish moslamali shtanga ishlatilgan bo‘lsa, ishlatish sinovlaridan oldin, yoy o‘chirish moslamasi kontakt qismlarini tozalash va yoy o‘chirish materiali holatini tekshirish uchun qismlarga bo‘linadi.
Yerga ulagich shtangalari har bir ishlatilishidan oldin iflosligi, mexanik shikastlanish bor- yo‘qligi va hokazolarni tekshirish maqsadida ko‘zdan kechiriladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich yig‘ma metall shtangalarning izolatsiyalovchi qismlari qabul qilish - topshirish va ishlatish sinovlari paytida 100 kV kuchlanish bilan 5 minut mobaynida sinaladi. Izolatsiya sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yerga ulagich ajraladigan shtangalarning elektr sinov muddati va meyorlari izolatsiyalovchi shtanga muddati va me’yorlari kabidir. Qolgan yerga ulagich shtangalari uchun ishlatish elektr sinovlari o‘tkazilmaydi.
1000 V gacha bo‘lgan operativ shtangalarni qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari 5 minut davomida 2 kV kuchlanish bilan sinaladi.