IX. JAMIYAT ISHTIROKCHISINING JAMIYAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING
(ULUSHI BIR QISMINING) JAMIYATNING BOSHQA ISHTIROKCHILARIGA VA
UCHINCHI SHAXSLARGA O‘TISHI
9.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi o‘z ulushini yoki
ulushining qismini jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga sotishga yoki
boshqacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli.
9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langan davrgacha bo‘lgan muddatda to‘langan
qismi bo‘yichagina begonalashtirilishi mumkin.
9.3.Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish,
oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |