VI. IСhKI NAZORAT TIZIMINI TARTIBI VA USULLARI
22. Jamiyatning ichki nazorat tartib-koydalariga kuyidagilar kiradi:
- jamiyat boshqaruvining turli darajalarida o'zaro bog'lik va izchil maqsad va vazifalarni aniqlash;
- jamiyat maqsadlariga erishishga xalakit beradigan potentsial va mavjud bo'lgan operatsion, moliyaviy, strategik va boshqa xatarlarni aniqlash va tahlil qilish;
- ichki nazoratning muxim tarkibiy kismlarini baholash;
- biznes-jarayonlarning ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash;
- jamiyatning tarkibiy bo'linmalari, mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari faoliyati samaradorligining mezonlarini belgilash baholash;
- moliyaviy va boshqa ma'lumotlarni oldingi davrlar yoki operatsiyalarning ko'tilayotgan natijalari bilan taqqoslanadigan ma'lumotlar bilan taqqoslab ko'rib chiqish;
- xodisalar, operatsiyalar va operatsiyalarni kayd etishning yetarli usullaridan foydalanish;
- aktivlarning butligini va saqlanganligini tekshirish;
- ichki nazorat protseduralarini lozim darajada xujjatlashtirish;
- ichki nazorat tizimi sifatini muntazam ravishda baholash;
- jamiyatning barcha xodimlariga ichki nazorat sohasidagi vazifalarini yetkazish;
- Jamiyat xodimlari o'rtasida asosiy vazifalarni taqsimlash (shu jumladan operatsiyalarni ma'kullash va tasdiqlash, operatsiyalarni xisobga olish, resurslarni chiqarish, saqlash va olish, operatsiyalarni tahlil qilish va tekshirish buyicha majburiyatlar);
- fakat tegishli vakolatlar berilgan shaxslar tomonidan operatsiyalarni tasdiqlash va amalga oshirish;
- ichki nazorat maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan boshqa protseduralar.
24. Ichki nazorat tartib tamoyillarini o'tkazishda tekshirish, kuzatish, tasdiqlash, kayta xisoblash usullari, shuningdek ichki nazorat tartiblarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan boshqa usullardan foydalaniladi.
VII. YaKUNIY KOIDALAR
25. Ushbu Nizom, shuningdek o'nga kiritilgan o'zgartirish va ko'shimchalar aktsiyadorlar umumiy yigilishining (yoki Yagona aktsiyador) qarori bilan tasdiqlanadi.
26. Ushbu Nizomga ko'shimchalar va o'zgartirishlar Jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolari, Jamiyatning tashki auditori, Jamiyat Taftish komissiyasi, Jamiyat ichki audit xizmati va Jamiyat ijro organi raxbarining taklifiga binoan kiritiladi.
27. Agarda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va me'yoriy xujjatlariga o'zgartirishlar kiritish natijasida mazkur Nizomning ayrim moddalari ularga zid bo'lsa, unda Nizomning ushbu moddalari o'z kuchini yukotadi va Nizomga o'zgartirishlar kiritilgunga kadar Jamiyat O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari va koydalariga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |