Pedagogik munosabat
deganda pedagog va
o`quvchilar jamoasi o`rtasida o`zaro birgalikdagi
harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan,
o`quv-tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro
hamjixatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va
malakalari tushuniladi.
Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni
tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi. Pedagogik munosabat bir tomondan,
o`quv-tarbiya jarayonining hissiy holati bo`lib, ikkinchidan tomondan esa, uning
bevosita mazmuniy ta’rifi sifatida namoyon bo`ladi.
Munosobatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq ravshandir. Kishi
birgalikda faoliyat ko`rsatayotganda zaruriyatga ko`ra boshqa odamlar bilan
birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya’ni aloqa o`rnatishi, o`zaro
hamjixatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi
lozim. Bu o`rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir qismi, uning eng muhim
informativ jihati, kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi.
Turli xil ta’lim yoʻnalishlari, jumladan muxandislik va biznes sohasi
talabalarida seminarlar davomida intensiv oʻqitish gʻoylari sinab koʻrildi.
Talabalardan oʻzlari bilan devorga ilingan ikkita biri qoʻlda va biri raqamli
formatda chizilgan daraxt rasmlarini olib kelish soʻraldi. Keyin ulardan rasm
101
chizish amaliyotining oddiy lekin asosiy prinsiplarini namoyon etuvchi
rassomchilikning kichik bosqichlarini amalga oshirishlari kerakligi aytildi.
Har bir bosqichda natijalar talabalar tomonidan muhokama, tahlil va ifoda
qilindi. Ikki soat davomida, prinsiplarga rioya etgan holda, har bir talaba
professional, koʻrgazma standartidagi suratlarni chizishdi. Ularning yakuniy
seminardagi ishlarini birinchi seminardagi ishlari bilan solishtirish natijasida ular
rivojlanishning asosiy elementlarini aniqlay va baholay oldilar. Va muhimi, san’at
talabalari boʻlmaganlari vizual til va ijodkorlikni kashf qilish uchun etarli darajada
oʻzlarini vakolatli his etdilar.
Seminarlarni kuzatishda, ta'lim xodimlari talabalar va seminar yetakchisi
oʻrtasidagi muloqotga asoslangan, studiya muhitida baholash jarayonini ifoda eta
oldilar.
Ahamiyatga molik boshqa tomonlar “kichik bosqichlar” metodi, rasmlarni
kritik baholash, yuqori energiya, motivatsiya va rohatlanish guruh dinamikasi –
yuqori natijalarni erishish uchun xizmat koʻrsatish kabi usullarni ishlatishdir.
Umumiy baholash seminarlar maqsadi emas, balki asarlar koʻrgazmalari bilan
tuzilgan toʻliq rivojlangan dasturlar doirasida birlashgan boʻlishi mumkin.
69
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, shehriy satr, o`tkazilgan daraxt, yaratilgan
yoki ijro etilgan qo`shiq) - bu, bir tomondan, faoliyat mavzusi bo`lsa, ikkinchi
tomondan esa vosita sifatida namoyon bo`ladiki, kishi uning yordami bilan ijtimoiy
hayotda o`zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar uchun
yaratilgandir.
SHu orqali odamlar o`rtasidagi munosabat bevosita o`z aksini topadi, ijod
qilayotganlarga
va
bajarayotganlargaham,
iste’mol
qilayotganlarga
va
o`zlashtirayotganlarga ham tegishli bo`lgan umumiy narsani ishlab chikarish
tariqasidagi munosabat hosil bo`ladi.
Darhaqiqat, shu o’rinda yana bir boshqa nomutanosiblik mavjud bo’lib, u
o’quvchining ingliz tilini o’rganayotgan vaqtida o’zining ona tilini yo’qotib borishi
holatida namoyon bo’ladi. Bu kabi bilingualism Amerika Qo’shma Shtatlarida va
immigrant fuqarolar orasida oddiy holbo’lib qolgan (Tse, 2001).
Mana bu holatni tasavvur qiling: Birinchi avlod vakillari immigrantlar
mamlakatga kirib kelgan va ingliz tilini o’zlarining kunli ehtiyoji va ishi yuzasidan
o’rganishadi, lekin uylarida o’zlarining ona tilini oila a’zolari davrasida yoki
do’stlari bilan muloqotda ishlatishadi. Xatto ularning bolalari ingliz tilini o’rganish
va ishlatish uchun ota-onalari tomonidan kuchli bosim oladilarva ushbu holat
bolaning ona tilisini va ingliz tilini aralashtirib o’rganishiga olib keladi.Bolalar
balog’at yoshiga yetgunlaricha ingliz tilida ona tillaridan ko’ra ravon yozib,
so’zlab keta boshlaydilar xatto o’z ona tillarini ishlatishga xohislari ham yo’qolib
boradi (dastlabki immigrantlarni nabiralari).
Ushbu holat bir qarashda muammo bo’lib ko’rinmasligi mumkin, lekin bu
muammoni oldini olish uchun bia o’qituvchilar ma’suliyatni o’z zimmamizga
olishimiz kerak negaki immigrant o’quvchilar begona tilning ko’rsatmasini olib
69
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 49,50.
102
kata bo’lishadi. Haqiqattan ham ushbi holatga ko’z yumib ketib
bo’lmaydi.Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tilni yo’qotish o’quvchining ingliz tilini
o’rganish qobiliyatiga ta’sir o’tkazadi.
Agar ona tilde so’z boyligi yuqori bo’lsa, demak ikkinchi tilda ham so’z
boyligini oshirish vaqti tejaladi (Hansen, Umeda & McKinney, 2002). Biroq
o’quvchilar faqat ona tilini saqlab qolishgina anglab yetishadi.Agar o’quvchi
hamma tilalrda beo’xshov mahorat va qobiliyatga ega bo’lsa uning ona tilisini
saqlab qolish juda ahamiyatli shuning uchun ham nutq bo’yicha mutaxasislardam
yordam kerak bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, agar mutaxasisning o’zi ham
ona tilini va shuningdek ingliz tilini ravon gapirsa shunda o’quvchiga samara
beradi ekan (Kohnert, et al., 2005). Umuman, til yo’qolishi kamaytirish bolaning
bilim salohiyatiga yordam beradi chunki tilni saqlab qolish o’quvchilarning va ota-
onalarning o’rtalaridagi muloqotni boyitadi.Ikkita til bilan ishlashda ota-onalar bir
xil maromda bolalarning bilimini oshirishda ro’l o’ynashadi va o’qituvchilarning
ishini qo’llab-quvvatlashadi masalan uy vazifalariga ko’maklashgan holda (Ebert,
2005).
70
Do'stlaringiz bilan baham: |