109
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz
doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini
olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining individual xususiyatlariga
kiradi, ularning paydo bo‘lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab
beradi.
Temperamentning
xususiyatlari
xarakterning
muayyan
tomonlari
rivojlanishiga karshilik ko‘rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki
sangvinik tipdagi odamga karaganda flegmatik tipdagi odam o‘zida
tashabbuskorlik va kat’iylikni tarkib toptirishi qiyinrokdir. Jur’atsizlik va
vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo‘lib xisoblanadi.
Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o‘zini tuta bilishni
va o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda
faollikni rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratadi.
78
Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki
ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning
har bir xususiyati shaxs
munosabatlari bilan bog‘liq. Lekin shaxs munosabatlari o‘z navbatida ijtimoiy
munosabatlar bilan belgilanadi. Insonning xarakteri tug‘ma, doimiy,
o‘zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo‘y yoki
yolg‘onchi, qo‘rqoq yoki jasur bo‘lib tug‘ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri,
temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat
jarayonida va kishining o‘z-o‘zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o‘zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiyoti inson irodasi, aql-idroki va
hissiyotlarining rivojlanib
borishi bilan mustahkam bog‘liqdir.
Xitoydan kelgan talaba, butunlay farqli madaniyatga ega bo’lib Buyuk
Britaniya sharoitlariga moslashib ketishi uchun ana shunday bo’limlarni yordamiga
muhtoj bo’ladi. O’quv rejasini halqaro talabalarni inobatga olgan xolda
78
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 235-b.
110
moslashtirish talab qilinadi, yani rejani ko’proq Buyuk Britaniya oliy ta’lim
sharotlarigami yoki Evropa Ittifoqi sharoitlariga moslashtirish masalasida.
79
Inson xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, uning oilasi va u a’zo
bo‘lgan jamoa katta ta’sir ko‘rsatadi. Xarakterning tarkib topishida taqlidning roli
ham katta. Bolalar
ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o‘xshashlikka harakat
qiladi. Bolalarda ijobiy irodaviy va ahloqiy sifatlarni tarbiyalash uchun ota-onalar
va tarbiyachilarning o‘zi bunday sifatlarga ega bo‘lishlari kerak. Inson jamoada
muloqot jarayonida boshqalar va o‘zining xarakter xususiyatlarini bilib boradi.
Xarakterning ba’zi xususiyatlari ijobiy, ba’zilari esa salbiy ekanligini ajratib boradi.
Bunday sharoit kishini o‘z xarakterini o‘zi
tarbiyalash, uni qayta tarbiyalashni
yo‘lga soladi.
Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan
munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy
kechinmalarimiz aks etadi
va xarakterimiz namoyon bo`ladi.
Psixologiyada turli olimlar xarakter masalalariga juda katta qiziqish
namoyon etish odamlarni shu xususiyatlariga ko‘ra bir nechta tipologiyalarga
bo‘lganlar. Ulardan eng mashhurlari:
Nemis psixologi va psixiatri
Do'stlaringiz bilan baham: