Bob 2. Atamalar va ta'riflar
2.1. BSh maqsadlariga foydalanilgan atamalar, ta'riflar va qisqartmalar ushbu BSh mijoz
tomonidan qabul qilingandan so'ng, tuzilgan shartnomalarga (shu jumladan arizalar) va mijoz
bilan Bank o'rtasida munosabatlar paydo bo'lishi bilan tuzilgan boshqa hujjatlarga taalluqli
ma'nolarga ega.
2.2. Ushbu BSh da quyidagi atamalar, ta'riflar va qisqartmalar ishlatiladi va quyidagi
ma'nolarda talqin etiladi:
2.2.1. Kartani aktivatsiya qilish - bu Kartani chiqarishda belgilangan Karta egasi
tomonidan Xarajat operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Bank tomonidan texnik cheklovni
bekor qilish tartibi bo'lib, unda To'lov limiti yoki boshqa har qanday shartlardan qat'i nazar, Bank
tomonidan avtorizatsiya berishni rad etilishi nazarda tutiladi va bank tomonidan taklif etilgan har
qanday usulda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |