5.13. Karta egasining huquqlari:
5.13.1. O’z hisobidagi qoldig’ini to’ldirish;
5.13.2. Hisob raqamidan u bajargan barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi koʼchirma olish.
Shu bilan birga, Karta egasi ushbu Bosh shartlarda taqdim etilgan aloqa kanallari orqali ushbu
xizmatni Bankdan shaxsan o’zi soʼrashi lozim;
5.13.3. Kartalardagi PIN kodlarni o’z hoxishiga ko’ra o’zgartirish.
5.14. Karta egasi Bankning barcha xizmatlarini www.tbcbank.uz veb-saytida koʼrsatilgan
narxlarda toʼlash majburiyatini oladi.
5.15. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomaga muvofiq Bank
tomonidan koʼrsatilgan xizmatlarga haq toʼlash, Karta egasining qabulisiz va qoʼshimcha
roziligisiz yechib olinadi. Shuningdek, foydalanuvchi xizmat uchun haqni boshqa hisob
varaqlardan naqdsiz toʼlashi mumkin.
5.16. Bank tariflarning oʼzgarishi toʼgʼrisida va ular kuchga kirgunga qadar 10 kun oldin
xabardor qiladi, bank bu haqida maʼlumotni Masofaviy bank xizmati tizimi yoki bank xizmat
koʼrsatish markazlarida, shuningdek, www.tbcbank.uz veb-sayti orqali eʼlon beradi, agar bunday
oʼzgartirishlar Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʼlmasa va bank
xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmasa. Аgar Karta egasi oʼzgartirishlar eʼlon
qilingan kundan boshlab 10 kun ichida hech qanday shikoyat yoki eʼtiroz bildirmasa, bu
oʼzgarishlar kuchga kiradi va Karta egasi ularning huquq va majburiyatlarini tasdiqlaydi.
5.17. Karta egasi bankka kartasi oʼgʼirlanishi yoki yoʼqolishi toʼgʼrisida yozma ravishda
xabar berishidan oldin va kartaning PIN-kodi uchinchi shaxslarga yoki boshqalarga maʼlum
boʼlishi gumoni haqida xabar berishidan oldin, Bank mijozning maxfiy maʼlumotni saqlash
majburiyatini buzishi natijasida yetkazilgan zararlar uchun, har qanday moliyaviy yoʼqotishlar va
operatsiyalar uchun javobgar boʼlmaydi.
5.18. Bank uchinchi tomonning aybiga koʼra toʼlov tizimlari ishida yuzaga kelgan
uzilishlar uchun javobgar boʼlmaydi (YaRPM, YaXPM ham shu jumladan, lekin cheklanib
qolmaydi).
5.19. ATB "TBC Bank"ning masofaviy bank xizmati tizimida bank mijozi tomonidan
roʼyxatga olingan boshqa banklarga tegishli boʼlgan qoʼshimcha kartochkalar orqali amalga
oshirilgan tovarlar va xizmatlar uchun toʼlangan toʼlovlar uchun bank javobgar boʼlmaydi.
ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
17
5.20. Bankdan tashqarida toʼlov tizimlarida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun Bank
javobgar emas, tomonlarning tegishli majburiyatlari toʼlov tizimlari tomonidan taqdim etilgan
alohida huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |