Bob 5. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma
5.1. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma shartlariga
muvofiq, Bank Mijozning (bundan buyon matnda - Karta egasi) soʼrovnomasiga/arizasiga
binoan, ushbu Bosh shartlarda nazarda tutilgan АTB «TBC Bank» ning bank xizmatlari va
mahsulotlarini taqdim etish, Ariza/Buyurtma, ushbu shartnoma va Oʼzbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq milliy valyutada yoki chet el valyutasida bank karta hisob
raqamini ochish (bundan buyon matnda “Hisob” deb nomlanuvchi), bank karta (lar) ni (bundan
buyon matnda “Karta” deb nomlanuvchi) Karta egasiga taqdim etish, shuningdek hisob raqamiga
xizmat koʼrsatish majburiyatini oladi.
5.2. Karta egasi nomiga karta ochish uchun, Karta egasi BSh bilan tanishishi va qabul
qilishi hamda Kartani MBX yoki korporativ www.tbcbank.uz veb-sayti orqali ariza berishi
muhim.
5.3. Bankning masofaviy bank xizmati tizimida shartnoma muvaffaqiyatli
identifikatsiyadan va qabul qilinganidan soʼng, Karta egasiga keyingi bank kunidan boshlab
Hisob raqam ochiladi va Karta 3 bank kun ichida beriladi.
5.4. Hisob raqamni ochgandan va kartani rasmiylashtirgandan soʼng, Karta egasiga u
bankka tashrif buyurganidan soʼng Karta taqdim etiladi, yoki kuryer orqali shaxs
tasdiqlanganidan soʼng shaxsan beriladi.
5.5. Bank kartasining amal qilish muddati bank kartalari va banklararo toʼlov tizimi orqali
naqd pulsiz toʼlovlarni amalga oshirish uchun toʼlov tizimida belgilangan qoidalar bilan
belgilanadi va bank kartasining old tomonida koʼrsatiladi.
5.6. Kartalar bank yoki vakolatli organ tomonidan Bosh shartlardan kelib chiqqan holda,
Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma, toʼlov tizimlari qoidalari va
amaldagi Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda blokirovka qilinishi
mumkin.
ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
15
5.7. Karta mijozning yozma arizasiga binoan yoki Bosh shartda belgilangan aloqa
kanallaridagi soʼrovnomasiga binoan, yoki masofaviy bank xizmati yordamida blokirovka
qilinishi mumkin.
5.8. Karta boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turish “Jinoyat yoʼlidagi daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va tijorat banklari uchun ommaviy qirgʼin
qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat qoidalari”ga va
Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
5.9. Kartadan foydalanishda, Karta egasi Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish
bo'yicha shartnoma boʼyicha Bank tomonidan taqdim etiladigan quʼyidagi operatsiyalar turlarini
amalga oshirishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |