4.20.
Ushbu BShni tasdiqlash orqali mijoz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga o'z
roziligini beradi. Bank tomonidan qabul qilingan shaxsiy va boshqa maʼlumotlar quʼyidagi
maqsadlarda foydalaniladi va ulardan foydalanishi mumkin:
4.20.1.
Mijoz manfaat oluvchi yoki manfaatdor tomon boʼlgan shartnomalarni tuzishda
va bajarishda;
4.20.2.
Mijozning huquq va majburiyatlarini lozim darajada bajarilishini taʼminlashda;
4.20.3.
Maʼlumotlarni tekshirish, shu jumladan sohta bitimlarning oldini olish maqsadida;
4.20.4.
Shartnomalar bajarilishi bilan bogʼliq boʼlgan maʼlumotlarni Qarzdorga yetkazish,
shuningdek uchinchi tomonning qoʼshma dasturlarida (sodiqlik dasturlarida) ishtirok etadigan
uchinchi shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |