Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Davlat ichra bermagusi e’tibor



Download 5,57 Mb.
bet41/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

Davlat ichra bermagusi e’tibor.
Xullas, Muhammadniyoz Nishotiy o’z davrida go’zal odob-axloq va so’z san’ati uchun fidoyilik bilan kurashib, eng yaxshi axloqiy va ma’rifiy g’oyalarni targ’ib qildi. Mutafakkir jamiyatning taraqqiyoti uchun ilm-fanning rivoji eng zarur omil deb tushundi. Bu omil jamiyatda ijtimoiy-tarbiyaviy fikrning o’sishiga, mehnatning engillashishiga xizmat qiladi. Bu g’oya yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, “Husn va Dil” dostonida Fuod (Dil), Husn va Nazar timsollarida o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham shoirning mazkur dostoni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda muhim rol o’ynaydi. Bu doston asosida axloqiy-ta’limiy yo’sindagi darsliklar vujudga kelgan. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan qo’qonlik ma’rifatparvar shoir, muallim Mirzo Xayrullo o’zi ochgan maktablar uchun Nishotiyning “Husn va Dil” dostonidan ijodiy foydalanib, “Gulshanul xayol” nomli darslik yaratgan. U dostonning syujeti va timsollarini qayta ishlab, bolalarning yoshi va bilim saviyalariga moslashtirgan.


. Munis Xorazmiyning ma’rifiy-didaktik qarashlari


Shermuhammad Avazbiy o’g’li Munis Xorazmiy (1778-1829) XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda yashab ijod etgan yirik o’zbek shoiri, mohir tarjimon, iste’dodli tarixnavis va husnixat maktabini yaratgan olimdir. U “Munisul-ushshoq” devoni, ma’rifiy-tarbiyaviy “Savodi-ta’lim” risolasi, “Firdavs-ul-iqbol” solnomasi hamda o’zbek tiliga o’girgan “Ravzat-us-safo” (Mirxond) asari bilan o’zbek xalqi madaniyati tarixi xazinasiga munosib hissa qo’shdi.
Shermuhammad Munis 1778 yili Xeva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida tug’ildi. Munis uning adabiy taxallusi bo’lib, “ulfat”, “hamdam”, “do’st” demakdir. Munisning otasi Avazbiy mirob o’z zamonasining fozil va ma’rifatga mayl bildirgan ilg’or fikrli kishilaridan edi.
Munis boshlang’ich ta’limni o’z qishlog’ida olganidan so’ng Xevadagi madrasalardan birida tahsil ko’rdi. “Firdavs-ul-iqbol”da ta’kidlanishicha, madrasada “ilmu fazl”ga chanqoq Munis tengdoshlari bilan “bazmi kitob” qilardi. Chunonchi, Muhammad Xoksor tomonidan yozilgan (1798 y) “Muntahaballug’at”dan foydalanilgan o’nlarcha dunyoviy ruhdagi asarlar ana shu “bazmi kitob”larda munozara va mushohadalarning asosiy mavzusi va manbasi bo’lganligi to’g’risida Munis o’zining “Firdavs-ul-iqbol” asarida “...she’rshunoslar va latifago’ylikdan o’zga so’z joriy bo’lmas edi”, deb yozadi.
Shuningdek, Munis “Firdavs-ul-iqbol”da o’z ustozi, madrasa mudarrisi Saideshonxo’janing etuk shoir, dunyoviy fanlarni chuqur bilimdoni bo’lganligi to’g’risida ham to’xtalib, murabbiy huzuridagi fozil kishilar suhbati, she’riyat kechalari uning zehnida ta’sirchan iz qoldirganligini ta’kidlaydi. Munis madrasa dasturi bo’yicha ta’lim olibgina qolmasdan, balki bo’sh vaqtlarida ilm va ma’rifat ahllari bilan bo’lgan aloqalari va dunyoviy kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga berilganligi to’g’risida “Munisul-ushshoq” devoniga yozgan so’z boshisida bunday deb yozadi:

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish