4-mavzu: XIV asrdan XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va ta’lim tizimi
Mavzu rejasi:
1.XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda pedagogik fikrlar rivoji.
2. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. XIX asrning 2-yarmi XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
3. 1924-1991 yillarda Uzbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji
Tayanch so’zlar: Ijtimoiy hayotning, pedagogik fikrlar, . Sufiylik ta’limoti, Movaraunnahr, pedagogik g‘oyalar. Buxoro amirlig, Qo‘qon va Xiva xonliklari, “Savodi ta’lim” asari, “Odob as-solihin”, rus maktabi, Turkiston, jadidchilik. Turkiston, o‘lka, siyosat, Mustaqill, islohot, “Ta’lim tugrisidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
XIV-asr oxiri va XV-asr O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va ma’rifiy hayotidagi tub burilish, gullab-yashnagan ikkinchi Uyg’onish davri bo’lib tarixda abadiy qoldi. Ana shu paytlarda tarixda “Turon”, “Turkiston” va “Movarounnahr” nomi bilan mashxur bo’lgan vatanimiz jahon tsivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida olam uzra dovruq taratdi.
Movarounnahr, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termizning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yo’li, Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho ta’limotlar, Amir Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi siyosati Evropadagi Uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy haqiqatdir. O’sha kezlarda ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va boshqa sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar o’zining ulug’vorligi, nafisligi, umumbashariy g’oyalarga boyligi, badiiy shakllarining xilma-xilligi, ma’naviy sofligi va etukligi bilan insoniyat aql-idroki va tafakkurini yuksaklikka ko’tardi, G’arbni Sharq bilan yaqinlashtirdi. Shu jihatlarni ko’zda tutib tadqiqotchilar bu davrlarni madaniy ko’tarinkilikning “oltin asri” ikkinchi Renesans – Sharq Uyg’onish davri deb nomlaydilar. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda “Temuriylar davri haqiqatan xam ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq Uyg’onish davri edi”.5
Ikkinchi Sharq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati o’z-o’zidan, tasodifiy ravishda paydo bo’lgan emas. Uning o’ziga xos sabablari, qonuniyatlari, o’zaro uzviy bog’lanishda bo’lgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, g’oyaviy asoslari, omillari mavjud.
XIV-asrning ikkinchi yarmidan XVI- asr boshlarigacha bo’lgan madaniy yuksalish – Uyg’onish davri haqida fikr yuritganda avvalambor o’sha davrlardagi tarixiy vaziyatni e’tiborga olishga to’g’ri keladi.
XIV-asrning oxirlarida, Amir Temur siyosiy sahnaga endigina qadam qo’ygan kezlarda mamlakatda boshboshdoqlik, mahalliy siyosiy kuchlarning o’zaro qarama-qarshiligi, ayniqsa, avjiga chiqqandi. Uzoq davom etgan mo’g’ullar mustamlakachilik zulmi, Movarounnahr va Xurosonda uzoq davom etgan o’zaro nizo va urushlar natijasida shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan, mamlakatning xo’jalik hayoti va madaniyatiga mislsiz talafot etkazilgan, olimu ulamolar, kosibu hunarmandlarning aksariyati qirib tashlangan, ma’naviyat va ma’rifatga kuchli zarba berilgan edi.
Chingizxon o’zining vahshiyona harbga havas izlarini qilich va o’t vositasida butun Osiyoda mangu qoldirdi. Xususan, Movarounnahr uchun sira ham unutilmas bo’ldi. Uning aksariyat aholisini qirib tamomladi, ko’p asrlar mobaynida o’zining madaniyati va turmush tarzi bilan shuhrat qozongan o’lkani shundayin bir vahshiylik holatiga tushirdiki, bu vahshiylik uning shonli o’tmishini hamda istiqbolini yo’qqa chiqardi.
Darvoqe, Osiyoning hech bir eri mo’g’ul bosqinchilarining buzg’unchiliklarini Jayxun va Sayxunning oralig’idagi ellar kabi dahshatli darajada his qilmadi. Binkent, Xo’jand, Jand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarga G’o’bi cho’li vahshiylarning Movarounnahrda san’at, tijorat va ziroat bilan kasb etilgan asosli idora usulini birinchi marta ko’rdilar, talon-taroj, zo’rlashga bo’lgan chanqoqliklarini ilk bor shu erda qondirdilar. Shaharlar xarobazorga aylantirildi. Dehqonlar o’ldirilgan, mo’g’ul qo’shiniga majburiy jalb etilgan hunarmandlar g’olib mo’g’ullarning bo’m-bo’sh vatanini bezashga majburlab uzoq Sharqqa yuborilganlar. O’rta Osiyoning zabt etilishi bilan ilm-fanga etkazilgan ziyon oz emas. “Ilm daraxtining asosi Makkada-yu, ammo hosili Xurosonda pishadi”, degan arab maqoli bor. O’rta asr dunyosidagi bu maqol hozirgi kun uchun g’ayritabiiy tuyulishi mumkin... Mo’g’ul bosqinidan so’ng O’rta Osiyoda ma’naviy hayot, afsuski so’ndi.6
Mislsiz azob-uqubatlar, tobelik va qaramlikdan, mo’g’ullar istilosi va istibdodidan, behad-behisob zo’ravonlik va o’zbilarmonliklardan xalqning sabr-kosasi to’lgan edi. Ozodlik, mustaqillik ishiga rahnamolik qiladigan, o’lkamiz xalqlarini mo’g’ullar istibdodiga qarshi kurashda boshini boshiga qovushtiradigan siyosiy yo’lboshchiga hayotiy zaruriyat, ehtiyoj tug’ilib qolgan edi. O’sha kezlarda millatning dardlariga darmon bo’ladigan buyuk insonni tarix yaratgan edi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday deydi: “Bir yarim asrga yaqin davom etgan bu muddat qaramlik jafosini har tomonlama chekib kelgan oddiy fuqarolardan tortib, ko’pchilik yirik siyosiy arboblaru din peshvolarigacha barcha-barcha uchun nihoyatda og’ir davr bo’lgan. Jamiyat ozodlik va taraqqiyotga bo’lgan manfaatlarini o’zida mujassam etgan xaloskorga, etakchiga mushtoq edi.
Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va etakchi sifatida maydonga chiqdi”.7
Birinchidan, bu ulug’ zot ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilib, er yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirib qudratli davlat barpo etmaganda, davlat qudratli bo’lmaganda Sharq Uyg’onishi ham, betakror madaniy, ma’naviy yuksalishlar ham, boshqa tarixiy o’zgarish va rivojlanishlar, olamshumul yutuqlar ham bo’lmas edi.
Ikkinchidan, XIV – asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, mo’g’ullar mustamlakachiligi zulmidan ozod bo’lib, davlat mustaqilligiga erishish madaniyat, ilmu fan rivojida yangi yuksak bosqichiga ko’tarilish – Renesansga iqtisodiy zamin, moddiy shart-sharoit yaratdi.
Yuzaga kelgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tufayli ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, ichki va tashqi savdo ravnaq topa boshladi, Xitoy va Hindiston, Frantsiya va Angliya, Rum va Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar o’rnatildi, munosbatlar mustahakamlandi. Tashqi siyosatda xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalari keng miqyosda yo’lga qo’yildi.
XIII – asrning birinchi yarmida bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz tutgan, qal’alari, masjidlari, madrasalari qarovsiz holda qolgan, me’moriy obidalari vayronaga aylangan, ariqlari ko’milib ketib, bog’lari qurib bitgan Samarqand sohibqiron bobomiz dag’osi sharofati bilan er yuzining sayqaliga aylandi. Temuriylar saltanatining markazi va qudratining timsoli bo’lmish bu tabarruk maskan olamning etti iqlimida ma’lumu mashhur bo’ldi. Jahonning barcha hududlaridan ilm talab, ma’rifat talab insonlar, ahli donishlar Samarqand sari intilganlar. Dunyoning turli mamlakatlaridagi ne-ne savdogarlar Samarqandda bo’lishini o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.
Mojor olimi Xerman Vamberi Samarqand o’rta asr dunyosining asl madaniy-ma’anaviy va savdo markazlaridan biriga aylanib qolganligini quyidagicha ifodalagan edi: “Samarqandning butun Osiyo savdosida mol ombori o’rnini olganini fahmlash juda oson deb o’ylayman... Bu erga Hindistondan juda ko’p attorlik va bo’yoq tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu erga ipak gazlamalar, chinni kosalar, qadahlar, mushk, qimmatbaho aqiq toshlar yuborardi. Mamlakatning shimol tarafidan noyob po’stinlar kelar edi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand bozorlarida toy-toy boylanib, Osiyoning eng katta shaharlariga va Buyuk Ipak yo’li orqali G’arbiy Evropaga jo’natilar edi. Savdogarlar bir yo’l bilan Xorazm, Astrobod, Nijniy-Novgorod, Moskva yo’li bilan Genza ko’liga borar edi. Ikkinchi – Hirot – Qazvin – Tabriz – Trabzun yo’li bilan genuyaliklarning, venetsiyaliklarning, pizaliklarning savdo kemalariga tushib, Evropaga etardi. Nihoyatda qo’rqinchli, serurush zamonlar bo’lishiga qaramay, Temur hokimyatining soyasi tushgan erlarning barchasida savdo juda jonli va sira xavfsiz edi. Biz qayta-qayta zikr etgan Ispaniya elchilari bunga eng ishonchli shohiddirlar.”8
XIV asr oxirlariga kelib Samarqand dunyoning eng go’zal va obod shaharlaridan biriga aylandi. Amir Temur va uning avlodlari Samarqandda ulkan binolar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, ko’priklar, xiyobonlar, shifoxonalar, hammomlar, kanallar, qal’alar qurishga alohida e’tibor berdilar. “Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go’ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangiota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo’’jizalar, Bog’i Chinor, Bog’i Dilkusho, Bog’i Behisht, Bog’i Baland singari o’nlab go’zal saroy-bog’lar va boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Bu obidalar, hech shubhasiz, inson tafakkuri va aql zakovatining buyuk timsollaridir”. 9
Bunyodkorlik ishlarining jadal sur’atlar bilan olib bori-lishi, ichki va tashqi savdo-sotiqning avj oldirib yuborilganligi, soliqlarning tartibga solinishi, raiyat xavfsizligining ta’minlanganligi – bularning barchasi mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamda moddiy boyliklarning ko’pa-yib, aholi turmush farovonligining yaxshilanib borishiga, mo’l-ko’lchilikka sabab bo’ldi.
Amir Temur farmoyishiga ko’ra, kasbu hunar va ma’rifat ahllari, dehqonlar qobiliyat va iste’ododlariga qarab davlat tomonidan ish va zarur miqdorda mablag’lar bilan ta’minlan-ganlar: “Yana shunday amr qildim, sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tekin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa, kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin. Har toifa va har sinfda kimki o’z ixtiyori bilan sipohgarchilik xizmatiga kirishni istasa, uni askariy (xizmatga) olsinlar. Asl va shijoatli sipohiyzoda qaysi toifadan bo’lmasin, unga o’rin berib, qilgan xizmatiga va ishiga yarasha tarbiya qilinsinlar”.10
Davlat tomonidan iqtisodiyotdni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar madaniy-ma’naviy yuksalish uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchidan XVI – asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi Uyg’onishning manbai, boshlanishi ilk Uyg’onishga, IX-XII asrlarga borib taqaladi. Chunki XVI – asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O’rta Osiyoning madaniy ko’tarinkiligi o’z printsiplari, xarakteri, yo’nalishi, iqtisodiy bazasi jihatidan IX-XII asrlar madaniyatining davomidir. XIV-XV asrlar madaniyatida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy asarlarini va ular orqali qadimgi grek ilmini o’rgandilar, ularga sharhlar yozadilar, ulardagi turli g’oyalarni rivojlantiradilar.
XIV asr oxiri va XV asrdagi O’rta Osiyodagi Uyg’onish davri madaniy ko’tarinkiligini bu erdagi IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishdan alohida olib, birdan vujudga kelgan hodisa deb talqin etish noto’g’ridir. IX-XII asrlar va XIV-XV asrlardagi madaniy ko’tarinkilikni bir protsessning ikki bosqichi, davri ko’rinishini tashkil etadi deb qaramoq zarur...11
IX-asrdayoq “Algebra” deb atalgan fanga asos solgan Al-Xorazmiyning, Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida quruqlik, ya’ni keyinchalik Amerika deb nom olgan qit’a borligini bashorat qilib, ilmiy asoslab bergan Abu Rayhon Beruniyning, bashariyatga “Tib qonunlari” nomli mashhur asarini yozib qoldirgan ulug’ ajdodlarimiz Abu Ali Ibn Sinoning, Rudakiy, Firdavsiy, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Pahlavon Mahmud kabi buyuk siymolarning ma’naviyat va ma’rifatga oid qarashlari va ta’limotlari ikkinchi Sharq Uyg’onish davri mutafakkirlariga hayotbaxsh ma’naviy ozuq, bebaho ilmiy meros bo’lib xizmat qilgan.
To’rtinchidan, ikkinchi Sharq Uyg’onish davri aynan bir paytning o’zida ham tabiiy, ham ijtimoiy-gumanitar fanlarning gurkirab rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Buning muayyan sabablari bor, albatta. Sun’iy sug’orishga asoslangan xo’jalikni rivojlantirish, kemasozlik, dengiz sayohati, harbiy sanoatni o’stirish, qurilish-arxitektura, me’morchilik, dehqonchilik va chorvachilikni jadallashtirish, Evropa va Osiyoning, dunyoning boshqa ko’pchilik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish va yaxshilash astronomiya, geometriya, matematika va boshqa tabiiy fanlarning taraqqiy etishini taqozo etgan bo’lsa, jamiyatning o’sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirish esa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’sishini talab qilar edi.
Yuzaga kelgan ob’ektiv ehtiyoj va zaruriyatlar asosida XIV- XV asrlarda tabiiy fanlardan astronomiya ilmi, ayniqsa, rivojlandi. Matematika sohasidagi olamshumul ixtirolar, yulduzlar jadvali, bino qilingan rasadxona o’sha davr tabiiy fanlarining cho’qqisi bo’lib, ana shu buyuk kashfiyotlar madaniyat va ma’rifat tarixida yangi sahifa yaratdi hamda ilm-fanning keyingi tarqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Bu davrda tibbiyot ilmi sohasida ham ulkan yutuqlarga erishildi. Tabobatda nomlari dunyoga mashhur allomalar etishdi.
XIV-XV asrlarda tarix, mantiq, falsafa, fiqx, tilshunoslik, adabiyotshunoslik ilmlari, tasavvuf ta’limoti, badiiy adabiyot, nazm va nasrda, g’azal va ruboiyotda, odob-axloq va ta’lim-tarbiya ilmlari sohasida o’z davrining buyuk mutafakkirlari, ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning porloq yulduzlari, cho’qqilari etishib, kamol topdilar. Mahdumi A’zam, Sayyid Mir Kulol, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mir Sayyid Jurjoniy va boshqa yuzlab ulug’ siymolar o’sha davr madaniyati va ma’rifatining so’nmas yulduzlaridir.
Beshinchidan, XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limoti ikkinchi Uyg’onish davriga kelib Movarounnahr va Xuroson ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida katta o’rin tuta boshladi. Hukmdorlar tasavvufning barcha suluklariga, turli o’lkalardagi mutasavvuflarga hurmat ko’rsatganlar, mashoyixlar, so’fiylar, sayyidlar, oqilu donolar, ulamolar va boshqa diniy arboblarga in’om, sovg’a, er-suv, kiyim-kechak, mol-mulk belgilanib, har biriga o’ziga munosib mansab, vazifa berilgan. Davlat hokimiyati islom dini asosida mustahkamlanib, takomillashib borgan. Har shahar va viloyatda qozi, diniy masalalarda qaror chiqaruvchi, fatvo beruvchi muftiy, islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi muxtasiblar tayinlangan.
Tasavvuf ta’limotining Baxouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490) singari yirik siymolari o’zlarining asarlari va hikmatlari bilan jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar. Ular o’z davrining sehrli kuchga ega bo’lgan donishmandi, ruhshunosi bo’lishgan. Odamlar ularga yuksak ixlos va e’tiqod bilan qarashgan.
Xoja Ahror shaxsining naqadar buyukligini hukmdorlarni o’zaro yarashtirib, behisob qon to’kilishlarining oldini olganligi misolida ko’rish mumkin. Samarqand hukmdori Sulton Ahmad, Toshkent hukmdori Sulton Mahmud va Andijon hukmdori Umar Umar Shayx Mirzo oralarida nizo chiqib, ming-minglarcha askarlar jangga shay bo’lib, bir-birlariga qarshi tashlanay deb turgan paytda Xoja Ahrorning astoydil harakati bilan to’qnashuvning oldi olingan, aka-uka hukmdorlar murosaga keltirilgan. Shu tariqa falokatning oldi olingan. O’zbekiston Prezidenti tomonidan ta’kidlanishicha, “Bu mutafakkir zot o’z davrida 25-30 yil mobaynida Markaziy Osiyodagi xalqlarni birlashtirish, siyosatchilarning boshini qovushtirish orqali har xil to’qnashuvlarning oldini olish uchun bor kuch-g’ayratini sarflagan, uning yuksak obro’-e’tibori bunda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. “Shayxlar shayxi” deb nom olgan bu ulug’ zotning gapini biror hukmdor, hokim, shahzoda ikki qilmagan. Nega deganda, xalq uni boshiga ko’targan. Biz ham bunday aziz ajdodlarimizni boshimizga ko’tarishga tayyormiz”.12
Oltinchidan, bu davrlarda, ayniqsa, XV asrda va XVI asr boshlarida tasviriy san’at sohasidagi katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ana shu davrlarda Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar kabi iste’dodli mo’yqalam sohiblari etishdilar. Bizgacha saqlanib qolgan tasviriy san’at obidalari va yozma manbalar Movarounnahr va Xuroson tasviriy san’atining o’ziga xos uslubini, musavvirlar ijodiyotining xayoliy mavhumlikdan hayotiylikka, realistik tasvirga tomon rivojlanib borganini ko’rsatadi.13
Zamondoshlari tomonidan ikkinchi Moniy, keyinchalik g’arb olimlari tomonidan “Sharq Rafaeli” deb ulug’langan Kamolliddin Behzod ijodi va u asos solgan miniatyura maktabi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. U o’zining ijodi bilan butun Sharqdagina emas, balki Ovrupada ham mashhur bo’ldi.14
Kamoliddin Behzod bo’yoqlarining mayin va go’zalligi, o’ta jonliligi, nafis va nozik chiziqlarning ko’zga yaqqol tashlanganligi, tabiat manzaralari, hayvonot olami, inson va uning hayotiy jarayonlarini g’oyatda aniq, jozibador tasvirlay olganligi bilan O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Ozarboyjon va boshqa o’lkalar tasviriy san’ati taraqqiyotiga kuchli ta’sir etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |