O‘pkaning tiriklik sig‘imi quyidagi formula bilan o‘lchanadi:
8-12 yoshdagi bolalar uchun:
O‘.T.S.= [( bo‘y (sm) x 0,052 )] - [( yosh x 0,022)] – 4,6
8-16 yoshdagi o‘g‘il bolalaruchun:
O‘.T.S.= [( bo‘y (sm) x 0,052 )] - [( yosh x 0,022)] – 4,2
8-16 yoshdagi qizlaruchun:
O‘.T.S.= [( bo‘y (sm) x 0,041)] - [( yosh x 0,018)] – 3,7
Ayollarda:
O‘.T.S.= [( bo‘y (sm) x 0,052)] - [( yosh x 0,022)] – 3,60
Erkaklarda:
O‘.T.S.= [( bo‘y (sm) x 0,041)] - [( yosh x 0,018)] – 2,68
Ovqat ratsionini tuzish prinsiplari.
Ishdan maqsad: Talabalarda to‘g‘ri ratsion tuzish va to‘g‘ri ovqatlanish xaqida tushuncha xosil qilish.
Quyidagi topshiriqlarni bajaring:
1. Ovqat xazm qilish a’zolarining nomlarini yozing.
2. Oshqozon bo‘limlarini nomlang va yozing.
3. Og‘izda ozuqaning mexanik va kimyoviy parchalanishi deganda nimani tushunasiz?
4. 15– jadvaldan foydalanib 16, 17, 18, 19 – jadvallarni to‘ldiring.
5. Turli kasb egalarida qancha energiya sarf bo‘lishini ko‘rsatuvchi jadvalni to‘ldiring (20-jadval).
Odam uchun ovqat ratsioni (ma’lum muddatda beriladigan ovqat) tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilinmog‘i lozim. Bir kunda eyiladigan ovqat sarf etiladigan energiya miqdorini qoplaydigan bo‘lishi kerak. Ovqat ratsionini tuzishda shaxsning bajaradigan ish turiga monand (bolalar uchun yoshiga) holda etarli miqdorda oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning bo‘lishi hisobga olinishi kerak. To‘rt mahal ovqatlanish eng yaxshi rejim hisoblanadi. Birinchi, ertalabki nonushta umumiy kaloriyaning 10-15% ini, ikkinchi nonushta 15-35% ini, tushki ovqat 40-50% ini va kechki ovqatlanish 15-20% ini tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Oqsilga boy bo‘lgan oziq moddalari (go‘sht, baliq, tuxum) nonushta va tushki ovqatlanishda tanovul qilingani ma’qul. Kechki ovqatlanish uchun esa sut-ko‘kat mahsulotlari qoldirilishi zarur. Organizmga kirayotgan oqsil va yog‘larning kamida 50 % chorva maxsulotlaridan iborat bo‘lishi kerak. SHu bilan bir qatorda taom ratsioniga etarli miqdorda vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirishi kerak.
Organizmga kirgan oziqning xammasi o‘zlashtirilmasligini, ya’ni ichakda so‘rilmasligini va ishlatilmasligini esda tutish kerak. Iste’mol qilingan oziqning ma’lum qismi ichakdan shlaklar (chiqindi) ko‘rinishida chiqarib yuboriladi. Aralash oziqni o‘zlashtirish o‘rtacha 90 % ga tenglashadi.
Bajariladigan ish turiga qarab sarflanadigan energiya miqdorining xar xil bo‘lishi.
Odam xarakat qilganida energiya ko‘p sarflanadi. Sarflangan energiya ish turiga qarab xar xil bo‘ladi. Turli ishlar vaqtida sarflanadigan energiya miqdorini bilish katta axamiyatga ega. Turli kasbda ishlaydigan kishilarning sarflaydigan energiyasi miqdorini bilish o‘sha kishilar uchun ovqat normalarini aniqlashga imkon beradi. Kasbga qarab sarflanadigan energiya miqdorini aniqlash uchun odamlarni quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin.
Birinchi gruppa. Zo‘r muskul ishi talab qilmaydigan kasbdagi kishilar, idora xizmatchilari, tikuvchilar, mexaniklar, o‘qituvchilar, vrachlar. Ular bir kunda 2600-2800 kkal energiya sarflaydi.
Ikkinchi gruppa. O‘rtacha muskul ishi bilan shug‘ullanuvchi kishilar: etikdo‘zlar, pochta xizmatchilari (xat tashuvchilar), laboratoriya xodimlari. Ular bir kunda 3000 kkal va undan ortiq energiya sarflaydi.
Uchinchi gruppa. Og‘ir jismoniy ish bajaruvchi kishilar: metallchilar, bo‘yoqchilar, duradgorlar. Bu kasbdagi kishilar bir kunda 3500-4000 kal energiya sarflaydi.
To‘rtinchi gruppa. Juda og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanuvchi kishilar. Ular bir kunda 5000 kal va undan ko‘p energiya sarflaydi.
YUqorida aytib o‘tilganlarni nazarda tutib, aqliy mexnat bilan ko‘p shug‘ullanuvchi kishilar uchun ovqat ratsioni tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |