Tasdiqlandi” O’quv ishlari bo’yicha prorektor V b


Stafilokokklardan zaharlanish



Download 11,49 Mb.
bet59/128
Sana13.06.2022
Hajmi11,49 Mb.
#665871
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Bog'liq
2 5427089193115327052

Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, bilan og`rigan kishilar infektsiya tashuvchi bo`ladilar. Odamning tomog`ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo`ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo`ladi. Bunda odam qo`sadi, qorinda og`riq paydo bo`ladi, harorat ko`tariladi.
Dizentiriya, dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo`l orqali o`tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo`qotadi, harorat ko`tariladi, ich ketadi va ba`zida qon aralash bo`ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo`ziqorindan, qo`rg`oshindan, bodom, o`rik, olxo`ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to`g`ri saqlash, sanitariya-gigiena, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
Tekshirish savollari:
1. Ovqat hazm qilish tizimiga qanday organlar kiradi?
2. Ovqat hazm qilish tizimini tashkil etuvchi organlar qanday vazifalarni bajaradi?

  1. Modda almashinuvi deb nimaga aytiladi?

  2. Ovqat qanday oziqmoddalardan iborat?

  3. Oqsil, yog`, uglevodlar organizm uchun qanday ahamiyatga ega?

6. Bola organizmi uchun suv, mineral tuzlar, vitaminlarning ahamiyati nimadan iborat?
7. Ovqatlanish gigienasi deganda siz nimani tushunasiz?
Tayanch tushunchalar.
Sut tishlar, oshqozon, jigar, so`rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin.


AYRUV ORGANLARINING YOSH XUSUSIYATLARI. TERI TUZILISHI VA FUNKTSIYALARI.
Reja:
1. Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi axamiyati.
2. Ichki muhit barqarorligini saqlashda nafas yo`li, ichak yo`li, teri
3. Buyrakning tuzilishi va funktsional axamiyati.
4. Siydik xosil bo`lish mexanizmi.
5. Siydik tutaolmaslik (eniurez) kasalligi va uni oldini oldini olish.
6. Terining axamiyati, tuzilishi va funktsiyalari.
7. Teri kasalliklari va chiniqtirish.
Tirik organizm ichki muhit barkarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan oziqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota, kreotinin va shunga o`xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi.
Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalardan tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun keraqli moddalarni chiqarishi ham shart.
Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. ekskretor organlarga nafas yo`li, teri, ichak yo`li va buyrak kiradi.
O`pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil uchuvchi gazlar ajraladi.
Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikro elementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi.
Hazm yo`li orqali esa, hazm bo`lmagan oziqa moddalar qoldiqlari , otyar metal tuzlari, qisman suv, ba`zi dorilarning va organik bo`yoklarning qoldiqlari ajraladi.

Buyrak orqali esa organizmdan, ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar, to`qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislotasi, mochevina, kreotinin va iste`mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi.


Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi:

  • Qon va boshqa ichki muhit suyo`qliklarining hajm muvozanatini saqlashda;

  • Bu suyo`qliklarni osmatik muvozanatini saqlashda;

  • Kislota-asos muvozanatini saqlashda;

  • Qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda;

  • Oqsil, yog` va uglevodlar almashinuvida;

  • Qon bosimi, eritrotsitlarning hosil bo`lishi, qonning ivishi va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi;

Buyrak bolalarda kattalardagiga qaraganda pastroqda turadi, shunda ham o`ng buyrak chap buyrakka qaraganda sal pastroqda joylashgan.
Buyrak tuzilishiga ko`ra loviyaga o`xshaydi. Buyrak kesib ko`riladigan bo`lsa, unda ikki qavat borligi ko`zga tashlanadi: tashki- po`stloq qavati va ichki-miya (magiz) qavati borligi ko`zga tashlanadi. Buyrak stro`qturasi nefronlar deb ataladigan juda mayda, mikrosqop tuzilishiga ega bo`lgan, siydik hosil bo`lishida mo`staqil katnashuvchi murakkab tuzilmalardan iborat.
Nefron buyrak tuzilishining funktsional birligi bo`lib, bir necha qismdan iborat bo`ladi.
Buyrakning po`st qavatida Shumlyanskiy kapsulasi bo`ladi. Bu kapsula qo`shaloq devorli nixoyatda kichiq (mikrosqopik) kosachadan iborat. Kosacha devorlari bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapsuladan kanalcha boshlanadi, bu kanalcha buralib-buralib, magiz qavatiga to`shadi. Kanalchaning ana shu qismi, birlamchi buralma kanalcha deyiladi. Buyrakning po`st qavatida kanalcha tug`rilanib, Genli qovo`zlog`ini hosil qiladi, so`ngra mag`iz qavatidan yana po`st qavatiga qaytadi. Po`st qavatida yana kanalcha buralib-buralib, ikqilamchi burama kanalchani hosil qiladi, bu kanalcha chiqarish yo`liga quyiladi. Chiqarish yo`llari po`st va mag`iz qavatlari orqali o`tib, buyrak jomlariga yig`iladi. Buyrak jomlari esa siydik yo`llariga, siydik yo`llari esa kovuqqa kuyiladi.
Shumlyanskiy kapsulasiga arterial tomircha kiradi, qon keltiruvchi tomircha deba taladigan bu tomir kapsula bo`shlig`ida kapilyarlarga bo`linib, Mal’pigiy qoptokchasini hosil qiladi. Mal’pigiy qoptokchasida bosim ortiqroq bo`ladi. Shuning natijasida, qon tarkibidagi suv, mineral tuzlar, ayrim oqsil birikmalari kapsula devoridan silqib o`tadi. Bu jarayonni fil’tirlanish jarayoni deyiladi. Fil’tirlanish natijasida xosil bo`lgan suyo`qlikni dastlabki siydik deyiladi. Dastlabki siydik tarkibiy qismiga ko`ra qon plazmasiga yakin turadi. Shuning uchun dastlabki siydik biralmchiva ikkalamchi burama naylardan o`tish jarayonida, nay devorlaridagi qon kapilyarlariga organizmga zarur bo`lgan moddalar (suv, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqa moddalar) qaytadan suriladi.

Bu jarayonni reabsorbtsiya jarayoni (kayta so`rilish) deyiladi. Shu yo`l bilan qon osmatiku bosimi va tarkibiy qismi muvozanati saqlanadi.


Kanalchalarda qayta so`rilish jarayonidan keyin qolgan suyo`qlik, ikqilamchi siydik yoki oxirgi siydik deyiladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yo`llari orqali qovuqqa to`shib yig`iladi va ma`lum hajmda yig`ilgandan so`ng reflektor ravishda organizmdan jinsiy bezlar siydik nuli orqali tashqariga ajratiladi. Odam bir kunda 1,5 l. siydik ajratadi. Oxirgi siydik 1,5 l. bo`lishi uchun, fil’tirlanadigan birlamchi siydik taxminan 100 l. bo`lishi, shundan 98,5 litri qaytadan qonga so`rilishi kerak. Odam buyraqlarining tomirlarining 24 soatda 800-900 l. qon o`tadi.
Buyrak faoliyati organizmni moddalar almashinuvi jarayoni chiqindi moddalaridan tozalashni ta`minlab berish bilan cheklanib qolmasdan, balki qondagi osmatik bosimni va reaktsiyaning doim bir xilda turishini ta`minlab beradi.
Bola o`sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik xususiyatlari o`zgarib boradi, lekin bu jarayonlar ayniqsa bola hayotining birinchi yilida, 13-15 yoshida (balog`atga etilish) va 20 yoshida sezilarli daraja bo`ladi. Yosh ulg`aygan sari qovuqning hajmi 200 ml.ga teng bulsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml.ga, 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo`ladi. Biroq qovuq butunlay to`lmasdan turib siydik chiqarilishi mumkin.
Hayotni birinchi yili mobaynida, siydik ajralish g`ayri ixtiyoriy suratda bo`lsa, keyinchalik esa, boshqaruvchi asab mexanizmlari etilib, tarbiya berilgan sayin, siydik chiqarish akti ixtiyoriy bo`lib qoladi. Biroq, tunda siydikni tuta olmaslik odati ba`zi bolalarda saqlanib qoladi. Bu hodisa bola hayotining to`g`ri tartibga solinmasligiga uyqudan oldin ovqat eyishi, ko`p suyo`qlik. ichish sabab bo`lishi mumkin. Tunda siydik tuta olmaslik o`g`il bolalarda qiz bolalardagiga nisbatan ko`prok ko`zatiladi va 10 yoshdan keyin yoki balog`atga etish davrida barxam topadi. Bolalarda siydik tuta olmaslik kasalini eniurez kasalligi deyiladi.

Download 11,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish