Foydalanilgan adabiyotlar
O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y.
O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y.
Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Uchеbnoе posobiе. M.: Nolidj., 2002g.
Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “O`qituvchi” 2002y.
Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y.
Amaliy mashg‘ulot 7. Xotira elementlari. RS, D – triggerlari. Registrlar.
Ishdan maqsad: Xotira elementlari. RS, D – triggerlari. Registrlari ish prinsipini o’rganish..
Masalaning qo‘yilishi: Xotira elementlari. RS, D – triggerlari. Registrlaring mantiqiy sxemasini yaratish
Registr deb bir necha sondagi trigerlar, mantiqiy elementlar birlashmasidan tashkil topib, berilgan axbarotni o`z xotirasiga saqlash, kerak bo`lgan holda o`zgartirish va uzatish uchun mo`ljallangan tezkor xotira qurilmasiga aytiladi. Registrlar vazifasiga ko`ra, axbarotni qabul qiluvchi, saqlovchi, uzatuvchi, sO’nli kodlarni kuzatuvchi, mantiqiy amallarni bajaruvchi turlarga bo`linadi. Kompyuterda qo`llaniladigan registrlar static va dinamik tartibda ishlaydi. Axbarotni o`zida saqlovchi registrlar esa dinamik tartibli bo`ladi. Barcha registrlar ishlash taktiga ko`ra bir va ko`p taktli bo`lishi mumkin, ular axbarotni yozish usuliga ko`ra parallel va ketma-ket ishlaydigan turlariga bo`linadi. Registrlar jamlagich bilan ishlaganda prosessorda amallarni bevosita bajarishda qatnashib, qo`shish, ko`paytirish, bo`lish, ayirish va boshqa amallarni bajarishi mumkin.Foydalanuvchi uchun 24 ta registr mavjud. Ular odatda juft bo‘lib ishlatilgani bilan, bir baytlidir. A-registr akkumulyator deb ataladi. Mikroprosessor ma’lumotlar bilan ishlashda asosiy registr hisoblanadi. Arifmetik va mantiqiy amallarning ko‘pchiligi AMQ va akkumulyatordan foydalanish orqali bajariladi. Ixtiyoriy ikki son ustidagi shunday amalni bajarish uchun, ulardan bittasini akkumulyatorda, boshqasini esa xotirada yoki registrda joylashtirish lozim bo‘ladi.Masalan, A va B deb shartli ravishda nomlanuvchi, va mos ravishda akkumulyatorda va xotirada joylashgan so‘zlarni qo‘shishda natijaviy yig‘indi, A ning o‘rniga akkumulyatorga yuklanadi.
F registri - bu bayroqli registr.U ko‘pincha birlashgan 8 bayroqli bitlar ko‘rinishida qaraladi. 1 bayroqning o‘rnatilishi sbros 0 ga mos keladi. Dasturchi odatda 4ta asosiy bayroqlar bilan ishlaydi. Bular nol bayrog‘i, belgi bayrog‘i, ko‘chirish bayrog‘i va juftlikni – to‘ldirish bayroqlaridir. Qo‘shimcha bayroqlar boshqarish qurilmasi tomonidan foydalaniladi ba dasturchi tomonidan bevosita foydalanila olinmaydi.
Arifmetik - mantiqiy qurilma ko‘p vazifali summator va ikkita yordamchi registrdan tashkil topgan bo‘lib axborotlarni qayta ishlaydi.
Boshqaruv qurilma - mikroprosessor ishlashi va shina orqali boshqa qurilmalar bilan aloqa o‘rnatish uchun singnal ishlab chiqaradi.
Mikroprosessorning arxitekturasini uning so‘z razryadi va mikroprosessorning ichki axborot shinalarini aniqlaydi. Dastlabki mikprotsessorlar 4 razryadli arxitekturaga ega bo‘lib, PEMPda 8 razryadli mikroprosessor qo‘llangan, hozirda esa arxitekturasi 16, 32,64,128 razryadli mikroprosessorlar qo‘llanmoqda. 4 va 8 razryadli mikroprosessorlarda komandalarni bajarish tartibi ketma-ket bo‘lib, unda bir operatsiya tugagandan so‘ng undan keyingi operatsiyani bajarish boshlanadi. Ayrim 16 razryadli arxitekturaga ega mikroprosessorlarda komandalarni bajarish paralel usulda amalga oshiriladi. U bir vaqtning o‘zida bir operatsiyani bajarish davomida keyingi operatsiyani qayta ishlab xotirada saqlash xususiyatiga ega.
Xotiraning adres maydoni - adres registrining razryadi va mikroprosessorning adres shinalari orqali aniqlanadi. 8 razryadli mikroprosessorlarning adres registri 2 ta 8 razryadli registr, 16 razryadli shinani tashkil etigan va 64 Kbayt adresni xotirada saqlaydi. 16 razryadli mikroprosessorlarda esa 20 razryadli adres registri ishlatiladi va 1 Mbayt adresni xotirada saqlaydi. 32 razryadli mikroprosessorlarda esa 24 va 32 razryadli adres registrlari 16 Mbayt dan 4 Gbayt gacha adresni xotirada saqlaydi. Axboratni qayta ishlash va xotira bilan axborat almashish uchun mikroprosessorda axborot shinasi mavjud bo‘lib, uning razryadi ichki axborot shinasining razryadi bilan bir xil bo‘ladi.
Tashqi qurilmalar bilan aloqani osonlashtirish uchun tashqi axborot shinasi kichik razryadli, ichki axborot shinasi va axborot registrlari katta razryadli bo‘ladi. Masalan bir xil mikroprosessorlar 16 razryadli arxitekturaga ega, lekin 8 razryadli ichki axborot shinalaridan foydalaniladi. Bular maxsus modifikatsiyaga ega bo‘lgan 16 razryadli mikroprosessorlarda bo‘lib ular bir xil hisoblash kuvvatiga ega.EHM arxitekturasi deganda, mashinani funksional modellar, EHM tili, ma’lumotlar strukturasi kabi asosiy terminlarda abstrakt tasavvur etish tushuniladi. Arxitektura EHM ning apparat qismini ishlatish xususiyatlarini, komandalar bajarilish vaqtini, programma bajarilishida parallelizm darajasi, shina kengligi va boshka shunga o’xshash xarakteristikalarni aniqlamaydi. Arxitektura foydalanuvchiga ko’rinadigan EHM strukturasi aspektlari: komandalar sistemasi, adreslash rejimlari, axborot uzO’nligi va formati, EHM registrlari to’plamini aks ettiradi. Qiska qilib aytganda, "arxitektura" atamasi EHM imkoniyatlarini tasvirlashni, "tashkiliy tuzilish" atamasi esa, bu imkoniyatlar qanday amalga oshirilishini ifodalaydi.Barcha EHMlar o’z mikro-arxitekturasiga ega bo’lgan quyidagi funksional bloklarni o’z ichiga oladi: arifmetik-mantikiy qurilmadan tashkil topgan protsessor, akkumulyator, registrlar, komandalar hisoblagichi, boshqarish qurilmasi,xotira, kiritish-chiqarish qurilmasi.
EHM da funksional bloklar quyidagi shinalar erdamida birlashtiriladi: EHM bloklari orasida axborot almashinuvi shinasi, EHM ning turli qurilmalarga murojaat qilinadigan adreslarni uzatish shinasi va boshqaruvchi signallarni uzatuvchi boshqarish shinalari. Foydalanuvchining EHM bilan muloqotda bo’lishi uchun boshqarish pulti bo’lib, u EHM ni ishga tushirish yoki generatordan taktlovchi signallarni kelishini to’xtatib, protsessorni kutish holatiga o’tkazuvchi to’xtatish kabi ishlarni bajarishga imkon beradi. Programmani boshlang’ich adresi programma hisoblagichiga kiritiladi, xotira yacheykalaridagi va protsessor registrlaridagi axborotlar indikatsiya qilinadi hamda programmani sozlashda komandalar qadam-baqadam bajariladi. EHM ga axborotlarni kiritishda egiluvchan magnit diski (EMD), teletayp, klaviatura, perforator kabi periferiya qurilmalaridan foydalanish mumkin. Jarayon yoki boshqarish xakidagi ma’lumotlarni bevosita kiritish mumkin. Agar ma’lumotlar kuchlanish yoki tok kabi analog shaklida berilsa, dastlab bu ma’lumotlar raqamli shaklga almashtiriladi. Bunday almashtirish analog-raqamli almashtirgich (ARA) erdamida bajariladi. Xuddi shuningdek EHM dan chiquvchi jaraenni boshqarish haqidagi ma’lumotlar raqamli-analog almashtirgich (RAA) erdamida analog shakliga almashtirilishi mumkin.Kiritish qurilmasi orqali o’tuvchi ma’lumotlar kiritish porti orqali 8 xonali parallel eki ketma-ket kod signallari erdamida shinalarga uzatiladi. Adres selektori ma’lumotlarni ma’lum paytda kiritish porti orqali ma’lumotlar shinasiga uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |