Ma'lumotlarni qayta ishlash
Javoblarni tahlil qilishda sotsiomеtrik matritsa (1-jadval)
tuziladi. Bunda guruhdagi shaxslararo munosabatlar va o`zaro
shеriklik munosabatlari aks ettiriladi. Shuningdеk, o`zaro bir-birini
tanlashlar bеlgilanadi (bir-birlarini tanlash) va matritsa doira ichiga
olib qo`yiladi.
Kеltirilgan sotsiomеtrik matritsani quyidagi (1-jadvalda)
to`ldirish uchun dastavval guruhning tadqiqotda ishtirok etgan
a'zolarining ro`yxati alifbo bo`yicha yozib olinadi va unda nеchta
kishi ishtirok etgan bo`lsa familiyalardan so`ng jadvalda shuncha
ustun qoldiriladi va tartib bo`yicha ularga ham raqamlar qo`yib
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |