Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


Полимеризацион лампа – тури ва вазифалари



Download 1,75 Mb.
bet43/60
Sana25.07.2021
Hajmi1,75 Mb.
#128075
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
Bog'liq
P.R.S javobi

Полимеризацион лампа – тури ва вазифалари.

Javob: Fotopolimerizator – fotopolimerizatsiya uchun lampa bo’lib, to’lqin uzunligi 400-500 nm bo’lgan, yuqori intensiv ko’k nur beruvchi moslama. Turlari:

1. galogenli lampa;

2. plazmali lampa;

3. lazerli lampa (argonli lazer);

4. diodli lampalar.
Galogen aktivlashgan lampa (fotopolimerizatorlar) hozirda keng tarqalgan. Ular 25 yildirki stomatologning ish faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. Ular o‘zlarining uncha qimmat emasliligi; ishonchliligi, kompozit ashyolarni o‘zining nuri bilan qotirishi bilan e’tiborga loyiq. 

Galogen lampalar elektr toki hisobiga chigilini oqarguncha qizdirish orqali nur hosil qiladi. Nurning ko‘pgina qismi issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Nurning ko‘rinuvchi oq qismi svetofiltr orqali o‘tadi. Svetofiltr esa nurning «foydali» havorang nurining uzunligi 400-500 nm bo‘lgan qismini o‘tkazadi. Bunda nurning katta energiya qismi, ya’ni «foydasiz» qismi kesiladi. 


Aktivlashgan galogen lampadan chiquvchi foydali energiya qismi 0,7%ni tashkil etadi. Galogen lampalarning salbiy tomonlaridan biri shuki, o‘zidan ko‘p miqdorda issiqlik ajratadi, bu esa tish qattiq to‘qimasining qizishiga olib keladi. 
Lampochka va svetofiltrning xizmat vaqti ham chegaralangan, ularni doimo tekshirib turish va vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Aktivlashgan lampaning nur oqimi quvvatini haftasiga 1 marotaba tekshirib turish lozim. Galogen lampalar asta-sekinlik bilan o’zining nurlanish kuchini yo’qotadi, shuning uchun lampochkalarni kuymasdan avval, nazorat asbob bilan nurlanish intensivligi pasayganligi aniqlanganda almashtirish lozim. Kompozit ashyoning to‘liq polimerizatsiyasi uchun nur kuchlanishi 300 mV/sm2 bo‘lishi kerak. 
Hozirgi vaqtda fotopolimerizatsiya asboblarining yanada malakali xillarini yaratishda faol ishlar olib borilmoqda. 
Zamonaviy stomatologiyada turli-tuman galogen lampalar mavjud bo’lib ularga fan-texnikaning yangi texnologiyalari va ilmiy yo ‘nalishlari tatbiq qilingan: 
1. «Yumshoq start»li lampalar (soft start); 
2. Pulsatsiyalovchi nur bilan polimerizatsiya qiluvchi lampalar; 
3. Standart.
Sekinlashgan polimerizatsiya quyosh nuri, elektr nur ta‘sirida yoki stomatolog uskunasining chirog‘i ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin. Lampa tarkibidagi svetofiltrdan nur o‘tganda ultrabinafsha nurlanish neytrallanishiga va spektrning keraksiz qismini «kesib» tashlanishiga qaramay, nurning uzoq muddatli ekspozitsiyasi ko‘zning to‘r pardasiga zararli ta’sir ko‘rsatadi yoki bemor tishlarining qattiq to‘qimasining qizib ketishiga olib keladi, natijada emalda yorilishlar paydo bo‘ladi. 
Shuning uchun fotopolimerizatsiya vaqtini oshirmaslik, yaqin masofadan va uzoq muddat bu jarayonni kuzatmaslik kerak. 
Fotopolimer lampalar bilan ishlaganda himoya ko‘zoynaklaridan foydalangan ma’qul. Bu ko‘zoynaklar o‘zida 500 nm uzunligidagi nur (qovoq rang tusdagi nur qismi)ni ushlab qoladi. Shuningdek, shifokor nurlanuvchi dastakning uchiga hamda tishdan qaytuvchi nur aksiga qaramasligi kerak. 
Nurga sezuvchan bemorlarda, kataraktasi olingan va fotosensibilizatsiyalashgan preparatlar qabul qilgan bemorlarda nur bilan qotuvchi plomba ashyolarini qo‘llab bo‘lmaydi. 
Fotopolimerizatorning nur dastagi bilan ehtiyotkorona ishlash lozim. Dastakni plomba ashyosiga juda yaqin olib kelmaslik kerak, chunki dastak ifloslanishi fotopolimerizatsiya sifatining pasayishiga olib keladi. 
Agarda nur dastagida plomba ashyosi yopishib qolgan bo‘lsa, uni plastmassa asbob bilan olib tashlash lozim. Metall asboblar bilan bu jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki nur dastagining ustki yaltiragan qismi zararlanishi mumkin. 
Luksmetr, radiometrlar yordamida har hafta lampaning nur intensivligini tekshirish lozim. Odatda, nur intensivligi 300 mV/sm2 bo‘lishi kerak. Nurning bu intensivligi yordamida plombaning 3mm gacha bo‘lgan chuqurligida polimerizatsiyalash mumkin. Agarda nur kuchi 200-300mV/sm2 bo‘lsa, galogen nurning ta’sir vaqtini oshirishi lozim, lekin 200mV/sm2 nurlanish kuchi to‘liq polimerizatsiyani ta’minlamaydi. Bunda jihozni almashtirish kerak yoki lampa va filtrda nuqson bor-yo‘qligini tekshirish lozim. 
Fotopolimerizatsiya jarayonining sifati lampaning intensivliligiga emas, balki ashyo tomonidan qabul qilingan 400-500 nm li to‘lqin uzunligi nur energiyasining umumiy miqdoriga bog‘liq. 
Masalan, nurlanish quvvati 600mV/sm2da kichkina plomba qismining fotopolimerizatsiyalanishi uchun 10 soniya sarflanadi, 300mV/sm2 quvvatda esa 20 soniyaning o‘zi yetarlidir. Kompozit ashyo polimerizatsiya darajasining oshishi, uni mustahkamligini ortishiga olib kelishini unutmaslik kerak. 
Kompozit ashyosi va nur dastagi oralig‘i 5mm ga teng bo‘lganda nur oqimi kuchining 30%ga kamayishi kuzatiladi, 10 mm ga teng bo‘lganda esa 50%ga kamayishi yuzaga keladi. 
Zamonaviy fotopolimerizatorlar nur intensivligini o‘lchovchi moslama: dozimetr va radiometrlar bilan chiqariladi. Galogen lampa intensivligiga qarab, kompozitning qotishi uchun zarur bo’lgan vaqt belgilanadi: intensivlik qanchalik kam bo‘lsa, plombaning qotish vaqti uzunlashadi. 
Stomatologiyada quyidagi fotopolimerizatorlar qo‘llaniladi: «Max», «Optilux», «Spectrum», «Demetron», «Avrora» va boshqalar.

Galogen lampalarning kamchiliklari:



  • Issiqlik ajratishi;

  • Doimiy ravishda sovutishni talab qiladi (ventilyator);

  • Lampochka va svetofiltrning xizmat ko’rsatishi chegaralangan bo’lib, nur intensivligi pasayib boradi;

  • Lampochkasini almashtirishni talab qiladi;

  • Bu galogen lampalarda nur oqimi jadalligini doimiy tekshirib turishni talab qiladi.

Diodli lampalar (LED-texnologiya/LED – Light Emitting Diodes)



  • Simsiz, akkumulyatorli batareya;

  • Issiqlik ajratmaydi, ventilyatorsiz;

  • Tish to’qimalarini qizdirmaydi;

  • Ichiga biriktirilgan protsessor nur intensivligini bir me’yorda ushlaydi;

  • Xizmat vaqti chegaralanmagan;

  • Vaqt o’tgan sari intensivligi o’zgarmaydi.





  1. Download 1,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish