Hozirgi zamon arab adabiy tili va lahjalari. XIX asrga kelib arab tili tarixida yangi bosqich boshlandi. Klasik adabiy arab til asosida uning yangi shakli-zamonaviy arab tili vujudga keldi. Zamonaviy arab tili XIX asrning ikkinchi yarmida yanada rivojlanib ketdi. Shu davrda yashab ijod qilgan yirik yozuvchilar, shoirlar, publitsistlar zamonaviy arab tilini yaratishda o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Bular: misrlik Ahmad Shavqiy Ibrohim, Abdulloh Nodim, Mustafo Komil, Jurji Zaydon, livanlik Nasif al-Yazijiy, Butrus al-Bustaniy, Ahmad Foris ash-Shidyaq, Amin ar-Rayhoniy, suriyalik adib Ishoq, Abdurahmon al-Kavakibiy va boshqalar.
Zamonaviy arab tili hozirda 22 ta arab davlatlarida «Davlat tili» maqomidadir. U ilm, fan, matbuot, badiiy adabiyotda, ijtimoiy-siyosiy, ommaviy xabarlarda, ta’lim-tarbiya muassasalarida, radio, televideniye, barcha davlat hujjatlari olib borishda qo‘llanadi. Zamonaviy adabiy arab tili har xil arab davlatlarida yashovchi arab xalqlari uchun umumiy bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarida va yaqinlashish jarayonida muhim vositadir.
Mustaqil O‘zbekiston hozirgi kunda arab davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar o‘rnatmoqda. Arab tlini yahshi o‘zlashtirib, bemalol gaplasha oladigan arab tilida puhta tarjima qilib, ilmiy tadqiqotlar olib boradigan mutahassislarga talab katta. Shu bois respublikamizda arab tilini o‘rganishga ahamiyat berilib kelmoqda ekan, butun dunyoda arab tili jahon tili sifatida mavqei oshganligini, ko‘p davlatlarda uni o‘rganilayotganligini hisobga olib, nazarda tutishimiz kerak. Jahondagi 15 yirik tilning bittasi arab tilidir.
Adabiy arab tili bilan bir qatorda har bir arab davlati o‘z shevasiga ega. Hozirgi arab shevalari bir tomondan zamonaviy arab adabiy tilidan, ikkinchi tomondan bir-biridan talaffuz, lug’at va nahv jihatida sezilarli darajada farq qiladi. Hatto bir shevada gapiruvchi ikkinchi shevada so‘zlovchini tushunmasligi mumkin. Arab mamlakatlarida lahjalar faqatgina og’zaki nutqda foydalanilmasdan, balki radio eshittirishda, teatr, kino va adabiyotda o‘z o‘rnini topmoqda. Ayniqsa, misr adabiyotida salmoqli o‘rin tutgan she’riy asarlar yaratilgan. Adabiy asarlardagi so‘zlashuv-dialog ko‘pincha lahjalarda yoziladi. Ba’zi bir yozuvchilar o‘z asarlarini ham adabiy tilda, ham lahjada yozadilar. Masalan, mashhur yozuvchii Mahmud Taymur birinchi bo‘lib ikki tilda yozish uslubini qo‘llagan. Keng tarqalgan arab shevalarini o‘rgatish arab tilini o‘rganish jarayonida o‘rin olgan.
Arab tilining tahsirini o‘zbek tilida ham kuzatish mumkin. Mashhur tilshunos olim Fotih Abdullaev o‘zbek tilidagi arabizm haqidagi tadqiqot ishlarida 55-60 foiz arab so‘zlarining o‘zbek tiliga o‘zlashganligini aytadilar. Hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan ko‘p shoir va yozuvchilar arab va fors tillarida ijod etganlar, ular “ذو اللسانين” (ikkitillik) yozuvchilar deb atalgan.
Ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan boy mahnaviy merosimiz, asosan, arab yozuvidagi manbalar orqali yetib kelgan. Ma’lumki, bu yozuv arablarnigina emas, balki arab bo‘lmagan ko‘pgina sharq xalqlarining adabiyoti va fanida qo‘llanib kelgan harf-tovushli yozuvdir. U qadimgi finikiy yozuvining oromiy tarmog’idan kelib chiqqan. Milodning III–IV asrlarida shakllanib, arab tilining ifodasi uchun qo‘llana boshlagan va “arab yozuvi” nomini olgan. Oromiy alifbosida 22 ta harf bo‘lgan. Arablar bu alifboga 6 ta yangi tovush harf (غ ظ ض ذ ح ث) qo‘shib, 28 taga yetkazganlar.
Tillarni o‘rganadigan fan tilshunоslik ilmi (عِلْمُ اللُّغَةِ) dеb ataladi. Uning:
Do'stlaringiz bilan baham: |