17. Solishtirma, molyar va ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklar orasida qanday bog’lanishlar bor?
Nemis fizigi Kolraush (1840-1910) turli sistemalarning ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikni o’rganib, quyidagi xulosaga keldi. Gap shundaki, elektrolitlar eritmasidagi elektr o’tqazuvchanlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan anion va kationlar harakati tufayli sodir bo’ladi. Agar kontsentratsiya kichik bo’lsa (kuchli suyultirilgan eritmalar uchun) kationlar va anionlar bir-biriga xalaqit qilmay mustaqil harakat qiladilar. Ularning cheksiz suyultirilganda elektr o’tqazuvchanligi ularning ayrim holdagi elektr o’tqazuvchanligining yig’indisidan iborat bo’ladi: b = A + K, bu erda A va K anion va kation elektr o’tqazuvchanligi. CHeksiz suyultirilgandagi solishtirma elektr o’tqazuvchanlikni () tenglamasi orqali ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanlikka hisoblash orqali aylantirish mumkin:
Agar bo’lsa, u holda Kolraush qonunning matematik ifodasi kelib chiqadi: bu erda va anion va kationlarning harakatchanligi deb yuritiladi. Yuqoridagi tenglama bo’yicha Kolraush qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
CHeksiz suyultiririlgandagi elektrolit eritmasining ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanligi () elektrolit tarkibiga kiruvchi anion va kationlarning harakatchanligining yig’indisiga teng.
4 mavzu
EPR spektroskopiyasi boshqa fizikaviy usullar bilan bir qatorda maxsus
parametrlar bilan izohlanib, ularni asosan to’rt xil turga bo’lish mumkin,
ularga signallarning intensivligi, kengligi, holati va signallarning multepletligi
kiradi. Bularning har birini qisqacha izohlab chiqamiz.
a) signallarning intensivligi:
EPR spektrlarda signallarning intensivligi ozod radikallarning yoki
barqaror paramagnit birikmalarning konsentratsiyasiga proportsionaldir.
Shuning uchun bu usul ozod radikallarning miqdorini to’g’ridan-to’g’ri
aniqlashdagi eng sezgir usul hisoblanadi, chunki uning yordamida ozod
radikalning miqdori 10
-13
mol bo’lganda ham bilish mumkin.
b) signallarning kengligi:
Rezonans signallarning keng shaklda chiqishiga asosan ikki xil ta’sirlanish
turlari sabab bo’ladi. Birinchisi “Spin - panjaralik” ta’sir bo’lib, bu
juftlanmagan elektronning spini bilan uning atrofi ta’siri yoki kristal
panjarasining yoki molekulaning qolgan qismi o’rtasidagi ta’sir hisoblanadi.
Bu ta’sirni o’lchashdagi eng qulay usullardan biri spin – panjarali relaksatsiya
vaqtini o’lchashdir.
Relaksatsiya deb, har qanday sistemani tashqi ta’sir oqibatida
nomuvozanatlik holatidan boshlang’ich muvozanatlik holatga keltirishga
aytiladi. Relaksatsiya vaqti mikroto’lqinli ta’sirlanish natijasida spinli
elektronlar sistemasining energiyani qisman yo’qotishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, kuchli spin panjarali ta’sirlanish qisqa vaqtda spin – panjara
relaksatsiyasini paydo qiladi, bu esa yutilish chiziqlarining kengayishiga
sababchi bo’ladi. Chiziqlarning keng shaklda paydo bo’lishi chastota
birliklarida ifodalanib, u relaksatsiya vaqti bilan bog’liq.
Spin – panjarali relaksatsiyaning bo’lishi oddiy sharoitda juda tez holda
o’tadi (10
-6
sek), ammo harorat pasaytirilsa, masalan, suyuq azot sharoitida,
uning o’tish vaqti ko’p hollarda bir qancha minutlarga cho’zilishi mumkin.
Relaksatsiya vaqtining kamayishi EPR signallari kengligining oshishiga sabab
36
bo’ladi va uning qiymati 10 MGts ni tashkil etadi. Bu qiymat YaMR
signallarining qiymatlaridan bir qancha yuqori ekanligini ko’rsatadi.
EPR signallarining kengligining katta bo’lishining avzallik va kamchilik
tomonlari mavjud. Avzalliklaridan biri shundaki, YaMR spektrometrlardagi
magnit maydonining doimiy bo’lishidagi eng muhim shart EPR da kamroq
e’tiborga olinadi, bu esa EPR spektrometrlarning tuzilishini oddiy bo’lishiga
yordam beradi. Keng shaklda paydo bo’lgan signallarning yaxshi ajralib
chiqqan signallarga nisbatan tahlil qilish moddada bo’layotgan jarayonlarni
aniqlashdagi qiyinchiliklar EPR dagi kamchiliklar hisoblanadi.
v) Signallarning holati yoki g ( je) - omili.
Yutilish singlet chizig’ining ko’rsatgichlaridan yana biri rizonans
nuqtasining holati hisoblanadi. Maydon qiymati, ya’ni rezonans hodisasi ro’y
beradigan, g-omil qiymatining ma’lum ozod juftlanmagan elektronga tegishli
qiymatdir. Ozod elektron uchun g-omili 2,0023 ga teng. Ko’pgina ozod
radikallarda g-omili shu qiymatga yaqin bo’ladi. Qandaydir atomga tegishli
bo’lgan atom orbitallarida elektron xarakat qilsa uning burchakli orbital
momenti anchagina yuqori bo’lib, uning qiymati ozod elektronning g-omil
qiymatidan farq qiladi. Bunga asosiy sabab, magnit va burchak
momentlari nisbatlari orasidagi farqning mavjudligidir. Spin va orbital
xarakatlar uchun bu qiymatlarturlicha bo’ladi.
Agar juftlanmagan elektronatom bilan bog’lanmasdan balki qattiq
kristall panjaralari tarkibidagi atomga bog’langan bo’lsa yoki boshqa
molekulyar tuzilishiga ega bo’lsa, u holda elektron molekulaning tuzilishi
bilan bog’liq bo’lgan kuchli elektr maydoni ta’sirida bo’ladi. Bu elektr
maydonlari atomning orbital momentiga ta’sir etadi, bu esa g – omilni
hisoblashni murakkablashtiradi. G – omilni o’lchab molekulalar ichidagi hamma
bog’lar, shu bilan bir qatorda kovalent bog’lar to’g’risida to’liq ma’lumot
olish mumkin.
g) Signallarning multipletligi yoki ajralib chiqishi.
37
EPR spektroskopiyasida signallar multipletining ikki xil turi mavjud
bo’lib, birinchi turini murakkab tuzilishli, ikkinchisini esa o’ta murakkab
tuzilishli signallar deb yuritiladi. Murakkab tuzilishli signallar paramagnit
malekulali kristallarga yoki bir qancha juftlashmagan elektronlari bo’lgan
metall ionlariga tegishli hisoblanadi.
Agar molekulada ikkita juftlanmagan elektronlar bo’lsa, nur tushishi
ta’sirida bunday molekulalarda triplet holat bo’lishi biologik tekshiriluvlarda
juda katta ahamiyatga ega. Ikkita juftlanmagan elektron bo’lgan organik
molekulalar uchun ham triplet holat tegishli bo’lib, bunda elektronlarning
to’la spini 1 ga teng, demak 2xS+i=2x1+1=3 bo’lgani uchun triletli holat
kelib chiqadi.
Molekulalarda triplet holat beqaror, ya’ni ular singlet holatga o’tib
ketishi mumkin. Masalan, ultrabinafsha nuri bilan ta’sirlanishda naftalin
molekulasi triplet holatga qo’zg’aladi va tezlik bilan avvalgi holatga qaytadi,
ammo bu jarayonni qattiq sovitish sharoitida olib borilsa triplet holatdan
singlet holatga o’tishni sekinlashtirish mumkin, natijada EPR yordamida
triplet holatni o’rganish mumkin. Valenti o’zgaruvchan bo’lgan metall
ionlarida triplet holat barqaror bo’lgani uchun uni uy sharoitida (25
0
C) da
ham o’rganish mumkin.
Signallarning o’ta murakkab ajralib chiqishi ozod radikalga tegishli
bo’lib, bunga asosiy sabab juftlanmagan elektron bilan protonlar orasidagi
spin – spinlar ta’sirining mavjudligidir. Masalan, metil radikali EPR spektirida
kvartet ko’rinishidagi to’rtta signal beradi, kvartet signalning hosil bo’lishini
quyidagi rasmda tashqi maydon yo’nalishiga nisbatan har bir praton
magnitchalar yo’nalishi turi orqali tushuntirishimiz mumkin:
38
Rasmda ko’rinib turibdiki, A ning 3,6,8 turlaridagi ta’sirlar bir xil,
xuddi shunga o’xshash hodisa B ning 4,5,7 turlarida ham kuzatiladi.
Shunday qilib tashqi maydonga protonlar hosil qilgan to’rtta maydon (1,2 A
va B) ta’sir etadi, natijada to’rtta maksimum kuzatilib, uning intinsivligi
1:3:3:1 kabi bo’ladi.
EPR signallarining sonini protonlar soniga bog’liqligini tasdiqlash
maqsadida turli xil miqdorda proton tutgan benzosemixinonning xlorli
hosilalari spektrini ko’rib chiqish mumkin.
Agar benzosemixinonning to’rt xlorli xosilasini olsak, bunda proton
bo’lmagani uchun juftlanmagan elektron qo’shimcha magnit maydoni ta’sirini
sezmaydi, shuning uchun u spektrda bitta yutilish chizig’ini beradi.
Agar bitta xlor vodorodga almashtirilsa, elektron proton bilan spin –
spin ta’sirga uchraydi, protonning spini ½ ga teng, demak ikkita yo’nalishdagi
taqsimlanishga ega bo’ladi.
39
Ikkita vodorod bo’lsa, elektron ta’sirida signal tripletga ajraladi, uchta
bo’lsa kvartet, to’rtta bo’lsa pintent yoki multipletga ajraladi.
Agar radikaldagi protonlar bir – biriga ekvivalent bo’lmasa kuzatilgan
EPR spektr juda ham murakkablashadi. Masalan, trifenilmetan radikalida 21 ta
maksimum kuzatiladi.
40
Shunday qilib, radiospektroskopiyaning bu turi boshqa fizikaviy usullar
bilan hamjihatlikda moddaning tuzilishi, xossalarini o’rganishda muhim uslub
bo’lib kelejakda ham o’z o’rni bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |