Tarqatib turadigan gaz holidagi o'ta qizigan jismdir



Download 20,6 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi20,6 Kb.
#155699
Bog'liq
Quyosh va Yer aloqalari. referat



Mundarija

Kirish...............................................................2

Asosiy qism

Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar................2

Quyosh faolligining Yerdagi jarayonlarga taʼsiri...............................................................4

Quyosh magnit bo'ronlarining Yerga ta'siri......6

Xulosa..............................................................14



Kirish. Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar
Quyosh koinotdagi Yerga eng yaqin bo'lganyulduz. U Quyosh tizimining markazida bo'lib, yorug'lik va issiqlik tarqatib turadigan gaz holidagi o'ta qizigan jismdir. Bu qizigan gazsharningdiametri 1mln.

391 ming km ga teng, zichligi Yernikidan 4 marotaba kichik Quyosh massasi juda katta, u butun Quyosh tizimi massasining 99 80 % in' tashkil qiladi. Quyoshning yuzasi Yer yuzasidan 12 ming marta hajmi esa 1 mln. 300 ming marta katta. Quyosh diametri Yernikidan 109 marta katta. Quyosh yuzasidagi tortishish kuchi Yer yuzasi tortishish kuchidan 25 marta kolp. Quyosh o'ta qiziganplazma

  • olovli sferik massa bo'lib, yuzasidagi harorat 5700°C ga, markazida esa harorat 15- 20 million daraja, bosim 300 mlrd. atmosferaga teng. Bunday sharoitda vodorod geliyga aylanib, uzluksiz yadro reaksiyasi sodir bo'lib turadi. Oqibatda yulduzning markazidan issiqlik energiyasi tashqariga chiqib, Olamga tarqaladi. Quyosh nuri Yerga 8 minut 18 sekundda yetib keladi. Tovush tezligida (soatiga 1200 km) uchadigan reaktiv samolyot to‘xtovsiz uchsa,YerdanQuyoshga14yildayetib borgan bo'lar edi. Quyosh bizga eng yaqin (150 mln.km)

joylashgan oddiy yulduzlarning biri. Shu sababli Quyosh bizga nuqta emas, doira shaklida ko‘rinadi. Agar Quyosh nuri bizga 8 minut 18 sekundda yetib kelsa. ikkinchi yaqin yulduz Praksima Sentavraning nuri Yerga 4,5 yilda yetib keladi.Quyosh koinotdagi behisob galaktikalardan biri Somon yo'li tekisligida o'rnashgan. Galaktikamizdagi barcha yulduzlar bir- biridan taxminan 4- 6 yorug'lik yiliga teng bo'lgan masofada joylashib, harakat qiladi.Quyosh o'z o'qi atrofida Yerning 27 sutkasida bir marta aylanib chiqadi. Quyosh Yer va boshqa sayyoralar bilan birgalikda Gerkules yulduzlar turkumi tomon bir sekundda 19,7 km tezlikda harakat qiladi.

Galaktikadagi hamma yulduzlar uning atrofida aylanadi. Quyosh galaktika markazidan 25 ming yorug'lik yiliga teng uzoqlikda joylashgan bo'lib, sekundiga taxminan 250 km tezlik bilan harakat qiladiva200- 250 million yilda galaktika atrofini bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqtni galaktika yili deb ataladi. Barcha sayyoralar Quyosh atrofida ekliptika tekisligida Quyoshning aylanish yo‘nalishiga mos holda harakatqiladi.

Quyosh faolligining Yerdagi jarayonlarga taʼsiri.

Quyosh tarqatayotgan energiya Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Quyoshning rentgen, ultrabinafsha toʻlqinlarda nurlanishi Yer ionosferasini vujudga keltiradi, korpuskulyar (zarra) nurlanishi, yaʼni Quyosh shamoli Yer magnitosferasi dinamikasini belgilaydi. Quyoshning umumiy nurlanishi oʻzgarishlari 1% dan oshmaydi. Bu esa Yerning issiqlik muvozanati turgʻunligini taʼminlaydi. Lekin Yerdagi barcha hodisalarga Quyoshdan doimiy keladigan energiyadan tashqari, Quyosh faolligi bilan bogʻliq boʻlgan elektro- magnit va korpuskulyar oʻzgarishlar ham taʼsir etadi. Bu oʻzgarishlar, asosan, rentgen, ultrabinafsha va radiotoʻlqinlarda kuzatilib, Quyosh faolligining 11 yillik davri va Quyoshning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri boʻlgan 27 kunlik davriyliklarda seziladi. Quyosh chaqnashlari vaqtida sokin quyosh nurlanishiga nisbatan rentgen toʻlqinlarda nurlanishi 100 marta, ultrabinafsha toʻlqinlarda 50% dan kuchliroq boʻladi, radiotoʻlqinlarda nurlanishi esa turli chayqalishlardan iborat. Quyosh chaqnashlari Quyosh kosmik nurlari manbai boʻlib, unda chiqarib tashlangan zarralar oqimlari quyosh shamolida uzilishlar va zarba toʻlqinlarini vujudga keltiradi.Quyosh

chaqnashlarining rentgen, ultrabinafsha toʻlqinlarda nurlanish va kosmik nurlari Yerga 8—30 min.da yetib keladi va ionosferani qoʻshimcha ionlashtiradi, natijada Yer atmosferasida radiotoʻlqinlarining tarqalish sharoiti oʻzgaradi.Mas,shupaytlardaradiotoʻlqinlarningyutilishi yuz beradi, quyosh chaqnashlari chiqarib tashlangan zarralar oqimi yerga 1—2 kunda yetib kelib, magnit boʻronlari va qutb yogʻdulari hosil qiladi. Quyosh faolligi Yeratmosferasiningpastkiqatlamlari(ob-havovaiqlim) vabiosferagabevositaemas,balkijudamurakkabyoʻllar orqali taʼsir qiladi, chunki quyosh elektromagnit va korpuskulyarnurlanishidaubilanbogʻlanganchekinishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida yutilib, pastki qatlamgacha toʻgʻridan- toʻgʻri yetib kelmaydi. Keyingi maʼlumotlargakoʻra,Yeratmosferasiningyuqorivapastki qatlamlaridagi sharoit bir- biriga bogʻliq boʻlib, Quyosh faolligining troposferaga taʼsiri toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarolinyapti.Mas,qutblariatroflaridatroposfera holatiningQuyoshfaolligibilanbogʻliqligiisbotlangan.

Quyosh faolligining biosferaga taʼsirini gelio- biologiya fani, fizik jarayonlarga taʼsirini esa geliogeofizika fani oʻrganadi. Shuningdek, daraxtlardagi yillik halqalarning ortishi, qon (yigʻilishi, leykoiitlar soni va boshqalarlar) xususiyatlari, yurak- qon tomirlari kasalliklari va ularning oqibatlari quyosh aktivligiga bogʻliqligi aniqlangan.

Quyosh magnit bo'ronlarining Yerga ta'siri.



Quyosh aktivligi, uning magnit aktivligi nishonasidir. MagnitaktivlikQuyoshyuzidagimagnitmaydonlarning kuchlanganligiyuzasihamdamagnitoqimmiqdoribilan belgilanadi.Quyoshyuzigamagnitmaydonlar(magnit oqim)uningichkiqatlamlardanchiqadi.Demak,magnit aktivlikni va u bilan bog’liq aktivlik indekslarini Quyoshning fotosfera osti qatlamlaridan chiqayotgan magnit oqimi vujudga keltiradi va aktivlik mexanizmini shu qatlamlardan izlashkerak.

Aktivlik mexanizmi quyidagi qonuniyatlarni bildiradi:



  1. Quyosh dog’lar sonini 11 yillik davr bilan ko’payib va kamayibturishi;



  1. Quyosh dog’larini faqat ikkita (shimoliy va janubiy) kenglama

belbog’larida paydo bo’lishi;

  1. bu belbog’larni sikl bo’ylab kengayishi va ekvator tomonsiljishi;



  1. dog’lar guruhi (magnit) oqimining ekvatorga 10 gradusgaog’ganligi;



  1. qutblarni joylashish qonuniyatlari (Xeylqonuni);



  1. Quyosh dog’lari maksimumi yaqinida qutbiy (umumQuyoshiy) magnit maydonlar ishorasining almashinuvi.Bu hodisalarni bizga ko’rinmaydigan konvektiv zona qatlamlarida ishlaydigan, plazma bilan magnit maydonning o’zaro ta'siriga asoslangan, dinamo mashina hosil qiladi deb hisoblanadi. Biroq bu plazma bilan magnit maydon o’zaro ta'sirining detallari oxirigacha aniqlanmagan. Avvalo, fotosfera osti magnit maydon haqiqatdan ham saqlanib (tiklanib) turishini isbot qilish kerak, keyin undan yuqoridagi hodisalarni chiqarish kerak. Chunki, agar Quyoshning umumiy magnit maydoni (qutbiy dipol maydon) tug’ma qoldiq maydon bo’lganda edi, fotosfera ostidagi turbulent oqimlar uni 10 yil ichida butunlay yo’q qilib yuborgan bo’lar edi. Agar tug’ma qoldiq maydon Quyosh o’zagida bo’lganda u siklik hodisalarni bera olmagan bo’lar edi (o’zakdan yuzaga chiqish uchun 10 yil ketadi). Demak, Quyosh magnitmaydonining

saqlanib qolishini tushuntirish uchun biror dinamo mashinamexanizmini qo’llashimizga to’g’ri keladi.

Dinamo nazariyalarida magnit maydonni toklar tiklab turadi. Bu toklar magnit maydon kuch chiziqlarini plazma kesib o’tayotganda hosil bo’ladi. Magnit maydon B kuch chiziqlariga tik V harakat induksion elektr maydonni (B V) hosil qiladi, u o’z navbatida Om qonuniga asosan elektr tokni J = rot( E + B V) hosil qiladi. Bu yangi hosil bo’lgan tok J Amper qonuniga J = rot(B/(i) ko’ra magnit maydon hosil qiladi. Magnit maydon Faradey qonuniga rotE = - dB/dt asosan elektr maydon va plazmani harakatiga qarshi Lorens kuchi J B hosil qiladi.

Shundayqilib,sababvaoqibatbog’lanishlarsiklibekiladi. Bu chiziqli bo’lmagan dinamo masalalarini hal qilish uchunto’lamagnitogidrodinamiktenglamalarsistemasini yechish va quyidagini kuzatishkerak:

1) almashinib turuvchi magnit maydonni tiklab turuvchi harakat mavjudligi; 2) bu harakatni o’zi bor kuchlar tomonidan ta'minlanib turishi.Gelioseysmologik tekshirishlar haqiqatdan ham konvektiv zonada ulkan aylanma plazma oqimlari borligini ko’rsatdi. Bu oqimlar (a

— mexanizm) va Quyoshning differensial aylanishi (w — mexanizm) birgalikda umumiy poloidal (fotosfera osti qatlamlar orqali o’tib Quyosh qutblaridan chiqadi) magnit maydondan Quyoshning o’z o’qi atrofida bir necha marta



aylanishi jarayonida toroidal magnit maydon va undan zicheshilganmagnitarqonhosilqiladi.Bumagnitarqon (naycha) ichida gaz bosimi va magnit bosimlar yig’indisidan tashkil topadi va u tashqi bosimga teng bo’ladi. Bunday magnit arqon ichida zichlik undan tashqaridagi zichlikdan kam, u yengil bo’lgani uchun Quyosh yuziga qalqib chiqadi va fotosfera bilan kesishgan qismi bir juft qarama- qarshi qutbli Quyosh dog’lari sifatida ko’rinadi.Aktivlik kuchayishi bilan, ayniqsa, chaqnashlar paytida, Quyoshning rentgen va uzoqultrabinafshanurlanishiquvvatibirnechao’nmarta kuchayadi.Quyoshnurlanishiningbuqisqa(k<290nm) to’lqinliqismiYeratmosferasiningasosanyuqori(12km dan baland) qatlamlarida azot va kislorod molekulalari tomonidanyutiladivaYeryuzigayetibkelmaydi.Quyosh energiyasibizganuriyenergiyasifatidayetibkeladivau Yer yuziga tushgach yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi.Yeryuzidagijoyningisitilishdarajasishujoyning yorug’likniyutishqobiliyatigabog’liq:oqsirtlar(qor)kam, qorasirt(suv)ko’pyutadi.Oqbulutungatushayotganoq nurni, asosan, qaytaradi va sochadi. Sochilgan oq nur kuchsiz va Yer sirtini isita olmaydi. Yer yuzidagi har xil joylar(ekinzorlar,o’rmonlar,kulrangvaqoratuproq,toshli tog’lar,suvhavzalari)turlichaisiydi.QiziganYeryuziunga tegibturganatmosferaqatlaminiisitadivaundakonvektiv

oqimlar hosil qiladi va atmosferada shamollar boshlanadi. Shuning uchun atmosferada temperatura Yer yuzi yaqinida eng yuqori bo’ladi va balandlik bo’yicha pasayib borib, 12 km balandlikda 220K(- C) gacha tushadi.Suvning yorug’lik yutishi kuchli, shuning uchun dengiz va okeanlar ustida katta havo uyurmalari hosil bo’ladi va ular nisbatan past bosimdagi quruqliklar tomon harakatlanadi, dengiz bilan quruqliklar orasida global atmosfera aylanishi ro’y beradi. Shunday qilib, sirtning isishi unga tushayotgan nurlanish quvvatiga va uning yutish koeffitsiyentiga bog’liq. Sirtga tushayotgan quvvat u bilan Quyosh orasidagi atmosferaning tiniqligiga bog’liq. Osmonni chang yoki tutun qoplaganda tushayotgan quvvat kamayadi.Qadimda Yer sharida global sovib ketishlar ro’y bergan, buning sababi vulqonlar otilib atmosferani chang qoplaganidir. Yerda bir necha marta muzlanish davrlari ro’y berganini Quyosh energiyasining quvvati o’zgarishi bilan bog’lashadi. Oxirgi 27 yil ichida Yer yo’ldoshlariga o’rnatilgan radiometrlar yordamida bajarilgan o’lchashlar Quyosh energiyasi uning aktivligi o’zgarishi bilan birga ko’payib kamayib turishini ko’rsatdi. Quyosh dog’larini kuzatish 400 yil oldin boshlangan va 1610—2012 yillar uchun aktivlik ma'lum. Milodiy 1000 yildan 1600 yilgacha Quyosh aktivligi to’g’risida ma'lumotlarni arxeologik qazilmalar (daraxtqoldiqlarida

yillik halqalar, muzliklarda yillik qatlamlar) radiouglerod usuli bilan yoshini aniqlab bilishgan. Oxirgi 1000 yil uchun Quyosh aktivligining o’zgarish egri chizig’i topilgan. Bu egri chiziqda Quyosh aktivligi juda pasayib ketgan davrlar (Maunder, Shperer minimumlari) bo’lganini ko’rish mumkin. Bu vaqtda temperatura pasayib havoning sovishi ro’y bergan. Bu to’g’rida tarixiy dalillar bor.Yerda oxirgi 30 yil davomida temperaturaning ko’tarilishini (global isishni) Yer yuzida olib borilayotgan texnogen jarayonlar natijasida ajralib chiqayotgan is gazi ( ) miqdorining yil sayin ko’payib borishi bilan bog’lashmoqda. Atmosferaga ko’tarilayotgan is gazi Yerda parnik effektini kuchaytirmoqda. Amerikaning NASA kosmik agentligi AQSh Fanlar milliy akademiyasi bilan hamkorlikdaQuyosh yog‘dusining zaryadli plazmalari (qattiq qizishi natijasida ionlangan modda) Yerni qanday «ishg‘ol» qilishini ilmiy farazlar bo‘yicha hisob- kitob qilib chiqdi va uning natijalari haqida «Koinot ob- havosi tahdidi: ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlar» nomli ma’ruzani internet sayti orqali e’lon qildi.Ko‘zga ko‘rinmas geomagnit to‘fonining bunday global fojiasi Quyosh tojida yuz bergan juda ulkan va o‘ta kuchli portlash va undan tarqalgan zaryadli plazmalar oqibatida yuzaga keladi.Dastlab osmonda qutb yog‘dusiga o‘xshash yog‘du kuzatilishi mumkin, ammo bu yog‘du o‘ta yorug‘ va kuchli bo‘ladi. Ekspertlarninghisob-

kitoblariga ko‘ra, Quyoshning zaryadli plazmasi«zarbasi» 90 soniyada AQShning 300 ta transformatorini eritib yuborish quvvatiga ega. Magnitosfera bo‘yicha mutaxassisJeymsGrinfikricha1859-yilningkuzidagiga o‘xshashhodisayuzbersa,bugungi«nozik»texnologiya uniko‘tarolmasligimumkin.O‘shanda,ya’nibundan150 yil muqaddam yosh ingliz olimi Richard Kerrington dastlab osmonda noodatiy yirik dog‘ paydo bo‘lganini kuzatgan.Unisamonikuzatishuskunalarisizhamko‘rish mumkinedi.Kutilmagandaushbuyirikdog‘ustidako‘zni qamashtiruvchi ikkita yog‘duli shar paydo bo‘lgan va u kengayib,Quyoshdanhamyorug‘roqnurtaratgan.

Taxminan 5 daqiqalardan so‘ng sharlar yo‘qolgan. 17 soatdan keyin esa Amerika tuni yashil va pushti yashin shu’lasidan kunduzgidek yorishib ketgan. Bu shu’lani Kuba, Yamayka va Gavay orollari fuqarolari ham ko‘rishgan. O‘sha paytdagi magnitometrlar (magnit quvvatini o‘lchash asboblari) shu’laning energiya quvvatini o‘lchashga kuchi yetmagan. O‘sha paytdagi mazkur magnit bo‘roni astronom nomi bilan Kerrington hodisasi, deb yuritiladi. Quyoshdan kelayotgan nurlanish oqimini tadqiq qiluvchi sun’iy yo‘ldoshlarning biri Amerikaga tegishli bo‘lib, u 1997- yildauchirilgan.

Ikkinchisi Rossiyaniki, u 2009- yil 30 yanvardan buyon orbitada faoliyat olib borayotgan «Koronas- Foton» sun’iy

yo‘ldoshidir. U «Koronas»larning uchinchisi hisoblanadi. Birinchisi — «Koronas- I» 1994- yili Yer orbitasiga uchirilgan va 2001- yilgacha faoliyat yuritgan. Ikkinchisi —

«Koronas- F» 2001- yilda uchirilgan va 2005- yil dekabrda faoliyatini tugatgan. Ular asosan Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo’lganligi haqida Yerga xabar beradi.

Lekin ular «bo‘ron» haqida Yerliklarni ogohlantirgan taqdirda ham «bo‘ron»ga qarshi himoyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 45 daqiqagacha vaqt bo‘ladi xolos.Kerrington yog‘duni kuzatgan davrda (1859- yil) Quyosh faolligi darajasi Volf sonida 100 atrofida bo‘lgan bo‘lsa, Kvebek voqeasida (1989- yil) 170 atrofida bo‘lgan. O‘tgan yuz yillik davrda Quyosh faolligi 1958 yili eng yuqori darajaga (Volf soni 180) yetgan, biroq xuddi Kerrington kuzatganidek yoki Kvebek hodisasidek kuchli geofizik hodisalarga sababchi bo‘lmagan.Quyoshning faol nurlanishi atmosferaning yuqori qatlamlariga va havo massasining umumiy aylanishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu esa sayyoramiz ob- havosida namoyon bo'ladi Amerika atmosfera tadqiqoti milliy markazi xodimi Jerald Mel boshchiligidagi olimlar guruhi tadqiqotida aynan Quyosh faolligidagi o'zgarishlar sayyoramiz atmosferasi va dunyo okeaniga qanday ta'sir o'tkazishi zikr etilgan. Ushbu tadqiqot Science nashrida e'lon qilingan.Ma'lum bo'lishicha, kuzatuvchilar uchun Quyosh yuzasidagi qora

dog' ko'rinishida namoyon bo'luvchi faollik 11 yillik davrga ega. Agar barcha spektral diapazonga nazar tashlasak, Quyoshning kuchli nurlanishi odatdagi porlashdan 0,1% farq qilishi mumkin. Lekin shuning o'ziyoq Yer ob- havosiga ta'sir o'tkazish uchun yetarlidir. Quyosh faolligi o'zgarishida uning nurlanishi yulduzning umumiy yorug'ligiga ko'ra ultrabinafsha rangda kuchli o'zgarib, o'zgaruvchanlik 5- 7 foizga chiqadi. Ultrabinafsha nurlarning o'sishi asosan stratosferaning tropik mintaqalar uzra joylashgan qismlarida ozonning paydo bo'lishini oshirib yuboradi. Ko'p miqdordagi ozon atmosferaning qizishiga olib kelib, natijada havo massasining aylanishini kuchaytiradi. Buning oqibatida esa sayyoramizning tropik mintaqalarida yog'ingarchilik miqdori oshib ketadi. Quyosh faolligi o'zgarishi oqibatida yuqoridagi holatga teskari yana boshqa jarayon yuzaga keladi. Uning faolligi oshishi natijasida jahon okeanining bug'lanishi kuzatiladi. Bug'langan massa bulutlar shaklida ekvatorial mintaqalarda to'planadi va yomg'ir bo'lib yog'adi. Natijada Tinch okeanining sharqiy qismida suv harorati pasayadi. Ushbu jarayon tufayli bulutlarning paydo bo'lishi samaradorligi kamayadi.

Xulosa
Xulosaqilibaytishmumkinki,bizbutunmavjudodundan tashqari koinotda mavjud bo`lgan fazoviy obyektlar Quyosh bilan chambarchas bog`langandir. Quyosh faoliyati o`z navbatida Quyoshda sodir bo`ladigan jarayonlar bilan bog`langan bo`ladi. Quyosh Yerda bo’ladigan hodisalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uning qisqa to’lqindagi nurlanishi Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridagi muhim fizik kimyoviy jarayonlarga sabab bo’ladi. Uning ko’zga ko’rinadigan va infraqizil diapazondaginurlariYergaissiqlikni“yetkazuvchi”asosiy vositahisoblanadi.QuyoshYerniyoritibqolmayuniisitadi ham. Quyosh aktivligining faoliyati bir qator geofizik hodisalarni vujudga keltiradi. Bu hodisalardan eng muhumlari xromosfera chaqnashlari bilan bevosita bog’liqdir. Zaryadlangan zarralarning tezlatgan oqimi Yerning magnit maydoniga ta’sir etadi va magnit bo’ronlarini vujudga keltiradi. Magnit bo’ronlari zaryadlangan zarralarni atmosferaning nisbatan quyi qatlamlariga kirishiga yordam beradi va natijada qutb yog’dularikuzatiladi.Quyoshningqisqato’lqinnurlanishi Yer atmosferasining zaryadlangan yuqori qatlamlarida ionizatsiyani kuchaytiradi, bu esa radioto’lqinlarning tarqalish sharoitiga kuchli tasir ko’rsatib, ba’zida radio aloqaning buzilishiga olib keladi.Quyoshdagi aktiv jarayonlarYeratmosferasivamagnitmaydonigagina

ta’sir ko’rsatib qolmay, ular boshqa yo’l bilan hayvonlar va o’simliklar dunyosidagi murakkab jarayonlarga, inson organizm to’qimalari, asab sistemasi va qon aylanish sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunda bunday ta’sirlar olimlar tomonidan o’rganilmoqda.Quyosh chaqnashlari va magnit bo’ronlari o’zaro chambarchas bog’langan. Buni magistrlik dissertatsiya ishida batafsil ko’rib chiqdik, ya’ni Quyoshda dog’lar ko’payganda yoki aktivligi maksimumga erishganda magnit maydon kuchayishiga olib keladi. Quyosh dog’li sohalari ustida chaqnashlar kuzatiladi. Chaqnash sodir bo’lgan vaqtda katta energiyali oqim muhitga chiqariladi. Bu oqim Quyosh shamoli yoki toj massa tashlanmalari deyiladi. Bu oqim o’zi bilan kuchli magnit maydonni olib keladi va Yer magnit maydoni bilan ta’sirlashib turli geofizik hodisalarga olibkeladi:

  • Iqlimo’zgarishi;

  • Kosmonavtlar uchun radiatsiya xavfiningtug’ilishi;

  • Ionosfera ionlanish darajasiningo’zgarishi;

  • Ionosferaning elektr o’tkazuvchanligini, elektromagnit nurlarini o’tkazish qobiliyatiningo’zgarishi;

  • Havoda ozon miqdori, havo harorati va bosimning ortishi;

  • Qutb yog’dularining elektr oqiminingkuchayishi;

  • Magnitbo’ronlari.

Bundan tashqari Quyoshdagi dog’lar soni ko’payib kuchli chaqnash yuz berganda, Quyosh shamoli parametrlari o’zgarishini In- situ va Wind kosmik stansiyalari asosida olingan ma’lumotlar orqali ko’rib chiqdik va 2012- yil 13- 14 iyunda o’rta intensivlikdagi geomagnit bo’ronlarini hamda Yer magnit maydonining kuchlanganligi 40 nTl dan 150 nTl gacha o’zgarishini aniqladik. Shunday qilib, Yerda sodir bo’luvchi barcha hodisalar Quyosh va uning faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.


Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Мурзин В.С., Введение в физику космических лучей, изд:. Московского университета, 1988г.

  2. Mahmudov B.M., Alimov T., Kosmik nurlar fizikasi, O’quv qo’llanma 2011- yil. SamDUnashriyoti.

  3. БакулинА.И.,Курсобщийастрономия,Москва, Наука 1982г

  4. Baratov. P, Sultanova. N, "Umumiy yer bilimi"2019

Internet saytlari: www. Google.uz www. Ziyonet.uz www. Astronet .uz
Download 20,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish