1.3- raqam ostida joylashgan organoid vazifasi ?
A moddalarni parchalash
B energiya hosil qilish
C moddalar sintezlash
D ko`payish
2. Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon oqish yo‘lini yurakdan boshlab tartib bilan ko‘rsating ?
A o'pka arteriyasi, В - o'pka venasi, D - o‘ng yurak qorinchasi, E - o'pka kapillarlari, F - o‘ng yurak bo‘lmasi;
A 1-D, 2 -A, 3-E, 4-B, 5-F
B 1-D, 2 -E, 3-A, 4-B, 5-F
C 1-D, 2 -A, 3-E, 4-F, 5-B
D 1-D, 2 -F, 3-E, 4- A, 5-B
3. Har bir inson nima uchun salomat bo`lishi kerak?
1) bilim olishi uchun; 2) hunar o'rganmaslik uchun; 3) sport bilan shug‘ullanishi uchun; 4) o‘z yurtiga xizmat qilishi uchun; 5) elning ravnaqi yo‘lida xizmat qilishiga ; 6) hunar o'rganishi uchun
A 1,2,3,6 B 1,3,4,5,6 C 1,3,5,6 D 1,2,4,5,6
4. Qaysi davlat olimi bo`lgan va qanday asarlarni yozgan ?
A italiyalik, «Odam tanasining tuzilishi to‘g‘risida»
B rus olimi, «Nerv sistemasi fiziologiyasi»
C Rim , “Odam tanasi qismlari ”
D rim, «Odam tanasining tuzilishi to‘g‘risida»
5. Nobel mukofotini olgan olimlar kim ?
A I.I. Mechnikov B I.P.Pavlov
C Y.X.To`raqulov D A va B
6. Qaysi olim izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo‘llarini ochib bergan?
A O`.A. Aripov B K.A. Zufarov
C A.Y.Yunusov D Y.X.To`raqulov
7. tiroksin yetishmasligi natijasida qaysi kasalliklar kelib chiqadi ?
1) kretinizm; 2) gipoksiya; 3) Bazedov kasalligi; 4) miksedema; 5) endemik bo`qoq; 6)tutqanoq;
7) tireotoksikoz; 8) qandli diabet
A 1,3,4,5,7 B 1,4,5 C 3,4,5,7 D 1,4,5,8
8.Odamning somatik hujayrasidagi xrosomalar sonini to'g'ri belgilang.
A 46ta autosoma 2ta jinsiy xromosoma (XX yoki XY)
B 44ta autosoma; 2ta jinsiy xromosoma (XX yoki XY)
C 23ta autosoma; 2ta jinsiy xromosoma (XX yoki XY)
D 22ta autosoma; 1ta jinsiy xromosoma (X yoki Y)
9. 0‘zbekistonda ixtisoslashgan jarrohlik yordami maktabining tashkilotchisi ?
A O.A.Aripov B K.A.Zufarov
C V.V.Vohidov D Y.X.To`raqulov
10. I.P.Pavlov (1) va V.V.Vohidov (2) tug`ilgan asrda aholining o`rtacha Yoshi
A 1-32; 2-64 B 1-64; 2-32
C 1-32; 2-32; D 1-64; 2-64
11. …. xromosomalar tarkibiga kirib, irsiy belgilar saqlanishi va nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi.
A suv B oqsil C tuz D nuklein kislota
12. ….. hujayra faoliyatida, uning ichki muhitining doimiy saqlanishida katta ahamiyatga ega.
A suv B oqsil C tuz D nuklein kislota
13. Epiteliy to'qimasiga xos bo'lmagan xususiyatni belgilang.
A terining ustki yuzasini qoplab turadi
B ayirirish organlarining tashqi yuzasini qoplab turadi
C ovqat hazm qilish va nafas olish organlarining ichki yuzasini qoplab turadi
D tez yemirilib yangilanib turadi
14. Yulduzsimon (1) va yassilashgan piramida hujayra (2) qaysi ?
A 1- neyron; 2- gipofiz bezi
B 1-neyrogliya; 2- buyrak usti bezi
C 1- neyrogliya; 2- oshqozon osti bezi
D 1-neyron; 2- epifiz
15. Gumoral so`zining ma’nosi ?
A lotincha “gumor”- suyuqlik
B yunoncha “gumor” – suyuqlik
C lotincha “humor”- suyuqlik
D yunoncha “humor” – suyuqlik
16. 8 yoshar Alekseyda organizmni boshqaruvchi kimyoviy moddalar yetishmasligi natijasida o`rtoqlariga nisbatan o`sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashdi . Qani shifokorlar bemorda qaysi kasallik kuzatilmoqda ?
A miksedema B tireotoksikoz
C kretinizm D endemik bo`qoq
17. Qaysi gormonlar meyorida ishlab chiqarilganda erta balog`atga yetishni oldini oladi?
A ayrisimon, epifiz
B ayrisimon, jinsiy bez
C epifiz, jinsiy bez
D jinsiy bez
18. yo`g`on ichakning asosiy qismi (1) ; yo`g`on ichakning keyingi qismi (2) qayerda joylashgan
A 1- chanoq; 2-qorin B 1- ko`krak; 2- qorin
C 1- qorin; 2- chanoq
D 1- umurtqa pog`onasi; 2- ko`krak
19. Odam organizmi nechta qismdan iborat ?
A 7 B 6 C 4 D 5
20. Muskulli diafragmani vazifasi ?
A nafas olishda ishtirok etadi
B nafas chiqarishda ishtirok etadi
C ko`krak va qorin bo`shliqlarini ajratadi
D barchasi
21. Qizlar balog‘atga yetishi davrida qalqonsimon bez funksiyasi birmuncha kuchayib …………. xastaligining yengil alomatlari: tez jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi, terlash paydo bolishi mumkin.
A miksedema B tireotoksikoz
C kretinizm D endemik bo`qoq
22. Juftlab yozing
a- tashqi sekretsiya bezlari b- aralash bezlar c- ichki sekretsiya bezlari
1. ichak shilliq qavati 2. buyrakusti bezi 3.me’daosti bezi 4. me’da shilliq qavati 5. sut bezlari 6. tuxumdon 7. ayrisimon 8. yog` bezlari 9. so`lak bezlari
A a-5,9; b-2,7; c-3; B a-5,9; b-3 ; c-2,7;
C a-1,4,5,8,9; b-2,7; c-3,6;
D a-1,4,5,8,9; b-3,6; c-2,7 ;
23. Qaysi bezlar ishlab chiqargan suyuqligini qon va limfaga quyadi
1. buyrakusti bezi 2.me’daosti bezi 3.yog` bezlari
4. sut bezlari 5.ayrisimon 6. gipofiz 7. tuxumdon
A 1,5,6 B 1,2,5,6,7 C 3,4 D 2,3,4,7
24. Qaysi kasallikda odamning burni, labi, iyagi kattalashib ketadi
A gigantism B nanizm
C akromegaliya D t.j.yo`q
25. Qaysi bez hiqildoqni oldingi va 2 yon tomonlaridan yopib turadi?
A) qalqon orqa bezi B) qalqonsimon bez
C) ayrisimon bez D) epifiz
26. kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etuvchi gormonni aniqlang
A tiroksin B paratgormon
C vitamin D D B,C
27. Paratgormon kamaysa …………..
A Odamning lablari, qovoqlari pirpirab uchadi, qo`llari qaltiraydi
B Nerv sistemasining qo`zg`aluvchanligi ortib, tetaniya yuzaga keladi
C Tana muskullari bo`shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi
D A,B
28. Ayrisimon bezga xos xususiyatlarni aniqlang
1. to`sh suyagining oldingi qismida joylashgan 2.to`sh suyagining orqa qismida joylashgan 3.chaqaloqlarda 12 g 4. chaqaloqlarda 1 g 5.5-10 yoshda 10g 6. 14-15 yoshda 30-40 g 7.14-15 yoshda 25-30 g 8. odam ontogenezi davomida o`zgarib turadi 9. odam ontogenezi davomida o`zgarmaydi 10. bolaning o`sishini susaytiradi 11. bolaning o`sishini kuchaytiradi 12. taloqqa o`xshab immunitet xususiyatini oshirishga xizmat qiladi 13. leykotsitlar hosil bo`lishini kuchaytiradi 14. jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi 15. buyrakusti beziga qarshi ta’sir qiladi
A 1,3,5,6,8,10,12,13,14 B 1,3,6,8,11,12,13,14
C 2,3,5,7,9,11,14,15 D 2,3,6,8,11,12,14,15
29. Odam rivojlanishi davomida qaysi bezlar o`zgarib turadi ?
A ayrisimon, qalqonsimon, epifiz
B ayrisimon, qalqonsimon, qalqon orqa
C ayrisimon, qalqonsimon
D ayrisimon
30. Gormonlar va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing ?
A - tiroksin, В - adrenalin, D - androgen, E - paratgormon, F - estrogen
1 - qonda kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi; 2 - jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi; 3 - ayollar jinsiy gormoni; 4 - nerv qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradi; 5 - nerv qo‘zg‘alishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi.
A A -4, B — 2, D — 5, E — 1, F — 3
B A -4, B — 3, D — 2, E — 1, F — 5
C A -4, B — 5, D — 2, E — 1, F — 3
D A -4, B — 5, D — 1, E — 2, F — 3
To`plagan ball ________________ Imzo _________