Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

1.2.4. Boshqa topologiyalar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan asosiy uchta topologiyadan 
tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmay-
di. Bu topologiyani bir necha «yulduz» topologiyasidan hosil 
bo‘lgan deb qarash mumkin. Yulduz topologiyasidek daraxt to-
pologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (1.6-rasm) va passiv (1.7-
rasm) topologiya bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxt topologiyasida 
bir necha aloqa yo‘llarining birlashgan markazida–markaziy 
komp’yuterlar, passiv daraxt holatida esa–konsentratorlar 
(xablar) joylashgandir. 
1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi.
– 19 –
1.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K–konsentrator. 
Odatda turli topologiyalarning elementlaridan hosil bo‘l-
gan Yulduz-shina (1.8-rasm) va Yulduz-halqa (1.9-rasm) 
topologiyalardan ham foydalaniladi. 
1.8-rasm. Yulduz-shina topologiyasi.
Yulduz-shina (Star-bus) topologiyasi shina va passiv yul duz 
topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda 
konsentratorga alohida komp’yuter va shuningdek, shina sigment-
lari ulanadi. Ya’ni, ayni vaqtda butun tarmoq komp’yuterlarini 
o‘z ichiga oladi va «Shina»ning jismoniy topologiyasi


– 20 –
1.9-rasm. Yulduz-halqa topologiyasi.
amalga oshiriladi. Keltirilgan topologiyada biri biri bilan ulan-
gan va magistral deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir 
necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratorlarga alohida komp’yuter yoki 
shina sigmentlari ulanadi. Shunday qilib tarmoqdan foydalanu-
vchi shina va yulduz topologiyalarini afzalliklaridan mohiro-
na foydalana olish va tarmoqqa ulangan komp’yuterlar soni-
ni oson o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘ladi. Yulduz–halqa 
(Star–ring) topologiya holatida halqaga komp’yuterlarni emas, 
maxsus konsentratorlarni (1.9-rasm) ulab, konsentratorlarga 
komp’yuterlarni ikkita aloqa yo‘li orqali yulduzsimon qilib ula-
nadi. Aslida tarmoqdagi hamma komp’yuterlar yopiq halqaga 
ulanadi, chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo‘llari yopiq 
halqani hosil qiladi (1.9-rasmda ko‘rsatilgandek). Bu topologiya 
yulduz va halqa topologiya afzalliklarini birlashtirish hamda, 
barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi. 
Topologiya tushnchasining ko‘p ma’noliligi
. Tarmoq to-
pologiyasi komp’yuterlarni faqat jismoniy o‘rnini emas, bun-
dan ham muhimroq komp’yuterlar orasidagi ulanish turlari va 
tarmoqda signallarni tarqatish xususiyatini belgilaydi. Aynan 
komp’yuterlarning ulanish turi tarmoqning buzilishga barqaror-
lik darajasini, tarmoq qurilmalarini murakkablik darajasini, ax-
borot almashish usullarini qaysi biri mos tushishini, foydalanilishi 
– 21 –
mumkin bo‘gan axborot uzatish vositalari (aloqa yo‘li), tarmoq-
ni ruxsat etilgan o‘lchami (abonentlar soni va aloqa yo‘lining 
uzunligi), elektr energiyasini moslash va ko‘p boshqa masala-
larni aniqlab beradi. Tarmoq tarkibiga kirgan komp’yuterlarni 
jismoniy o‘rni tarmoq topologiyasini tanlashga umuman olgan-
da kam ta’sir ko‘rsatadi, har qanday komp’yuterlarni joylashish 
holatidan qat’iy nazar oldindan tanlangan topo logiya bo‘yicha 
xohlagan vaqtda ulash mumkin (1.10-rasm).
1.10-rasm. Turli topologiyalarning ishlatilishiga misollar.
Agarda ulanayotgan komp’yuterlarning jismoniy joylash-
gan o‘rni doirasimon bo‘lsa ham ularni bemalol «Yulduz» 


– 22 –
yoki «Shina» topologiyalari bo‘yicha ulash mumkin. Ak-
sincha, komp’yuterlar qandaydir markaz atrofiga joylash-
gan bo‘lsa, ularni o‘zaro «Shina» yoki «Halqa» topologi-
ya ko‘rinishida ulash mumkin. Komp’yuterlar bir chiziq 
bo‘ylab joylashgan taqdirda ham, ularni o‘zaro «Yulduz» 
yoki «Halqa» simon ulash mumkin. Kabellarni jami uzun-
ligi necha metrni tashkil qilishi esa boshqa masaladir.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyasi haqida gap yuritilganda 
to‘rtta bir-biridan farqli tushunchalarni nazarda tutiladi, bu tushun-
chalar tarmoq arxitekturasining turli bosqichlariga tegishlidir:

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish