Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

7.3 Ulovchi konsentratorlar
Ulovchi konsentratorlar (Switched Hubs, êîììóòèðóþùèå 
êîíöåíòðàòîðû) – ularni yana ulovchilar ham deb ataladi va 
yana oddiy juda tezkor ko‘prik deb, ham qarash mumkin. Ular 
tarmoq uzunligini ixchamlashtirish uchun, yaxlit tarmoqni bir 
necha kichik tarmoqlarga ajratishda ishlatiladi yoki tarmoq-
ning alohida qismlaridagi yuklamani (trafika) kamaytirishda 
foydalaniladi.
Ulovchi konsentratorlar kelayotgan paketlarni qabul qil-
maydi, faqat uzatishga zarurat bo‘lganda ularni tarmoqning 
bir qismidan ikkinchi qismiga uzatadi. Ular bitlarni kelayot-
gan oqimini to‘xtatmay qabul qiluvchi qurilmaning manzilini 
aniqlab bu paketni jo‘natish haqida qaror qabul qiladi, agar pa-
ket jo‘natiladigan bo‘lsa kimgaligini ham aniqlaydi. Paketlarga 
– 147 –
hech qanday ishlov berilmaydi, shuning uchun konsentratorlar 
amalda tarmoqdagi axborot almashinuvini sekinlatmaydi, lekin 
ular paket va tarmoq protokollarining formatlarini o‘zgartira 
olmaydi. Chunki kommutatorlar kadr ichidagi axborotlar bilan 
ishlaydilar, ko‘pincha ular kadrlarni qayta tiklaydi.
Kolliziya holati kommutator tomonidan tarqatilmaydi, 
bu esa ancha sodda repiterli konsentratorga nisbatan afzal-
ligi yuqori ekanidan dalolat beradi. Kommutatorning mantiqiy 
tuzilishi ancha sodda (7.6-rasm). Ular o‘z tarkibiga chorraha 
matrisasini (crossbar matrix, ïåðåêðåñòíàÿ ìàòðèöà) oladi, 
matrisaning butun hamma kesishish nuqtalarida paket uza-
tish vaqtida aloqa o‘rnatish mumkin. Natijada, xohlagan bir 
segmentdan uzatilayotgan paket, xohlagan boshqa segmentga 
uzatilishi mumkin (7.6-rasm) yoki hamma segmentlarga bir 
vaqtning o‘zida uzatilishni tashkil qilish mumkin (7.7-rasm). 
7.6-rasm. Kommutatorning mantiqiy sxemasi.
Kommutatorlar turlicha portlar soniga mo‘ljallab ishlab 
chiqariladi. Ko‘pincha 6, 8, 12, 16 va 24 portli kommutatorlar


– 148 –
7.7-rasm. Keng miqyosda uzatiladigan paketni qayta tiklash.
uchrab turadi. Aytib o‘tish kerakki, ko‘priklar kam holda 4 ta-
dan ortiq portni qo‘llab tura oladi. Ba’zi bir kommutatorlarda 
portlarni guruhlash imkoniyati mavjud, ular bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan holda ishlay oladi, ya’ni bir kommutatordan ikki va 
uchta kommutator kabi foydalanish imkonini beradi.
Kommutatorlarning ish unumdorligi ikkita ko‘rsatkichi bi-
lan xarakterlanadi: maksimal va jamlangan paketni qaytadan 
uzatish tezliklari. Qaytadan uzatishning maksimal tezligini pa-
ketlarni bir portdan ikkinchi portga uzatilganda o‘lchanadi, 
o‘lchash davrida qolgan hamma portlar o‘chgan bo‘lishi kerak. 
Jamlangan tezlikni hamma portlar aktiv ishlab turgan holda 
o‘lchanadi. Jamlangan tezlik maksimal tezlikdan kattadir, 
lekin maksimal tezlik hamma portlarda bir vaqtning o‘zida 
ta’minlana olmaydi, vaholanki kommutatorlar bir vaqtning 
o‘zida bir necha paketlarga ishlov bera oladi (ko‘priklarda 
bunday imkon yo‘q).
Tarmoqlarni qismlarga kommutator yordamida bo‘lishda 
amal qilinadigan eng asosiy qoida «80/20 qoida» deb nomla-
nadi. Faqat shu qoidaga rioya qilinganda kommutator unumli 
ishlaydi. Bu qoidaga binoan, tarmoqning bir qismidagi hamma 
– 149 –
uzatishlarning 80% bir segmentga to‘g‘ri kelishini ta’minlash 
kerak. Faqat hamma uzatishlarning 20% tarmoqning qolgan 
segmentlar o‘rtasida bo‘lishi kerak, ya’ni 20% uzatishlar kom-
mutator orqali o‘tadi. Amalda odatda server va u bilan aktiv 
ishlovchi ish stansiyalarini (mijoz) bitta segmentga joylashtirish 
orqali 80/20 qoidasi amalga oshiriladi. Bu qoidani ko‘priklarga 
ham qo‘llash mumkin.
Kommutatorlarni ikkita toifasi mavjud, ular bir-biridan in-
tellekt darajasi va ulash usuli bilan farqlanadi:
jamlovchi va qayta tiklovchi kommutatorlar (Store-

and-Forward, SAF);
sodda va tez ishlovchi kommutator (Cut-Trough).

Qisqacha ularni xususiyatini ko‘rib chiqamiz.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish