Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.
SAYTLARNING TURLARI VA ULARNING TASNIFI
Admin 24-07-2020 / 00:31 0 izoh 483 ko'rildi
Web yoki veb, sayt yoki sahifa, qanday atash to'g'ri bo'ladi?
Bepul tarkibga ega ommaviy ko'p tilli universal Internet entsiklopediya, ya’ni Wikipediada keltirilishicha: Veb-sayt - umumiy domen nomi bilan aniqlanadigan va kamida bitta veb-serverda e'lon qilingan tegishli tarkibga ega veb-sahifalar to'plami. Web esa inglizcha o’rgimchak to’ri so’zidan olingan “The World Wide Web” iborasi bo’lib asosan Web deb qo’llaniladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib Veb-sayt dunyo internet tarmog’ida kamida bitta ma’lum bir domenga joylashtirilgan Internet foydalanuvchilariga ma'lum bir ma'lumotni olish yoki harakatlarni amalga oshirishga imkon beradigan sahifa yoki sahifalar to’plami.
Saytlar bajaradigan vazifalari va yaratish texnikasi bo'yicha toifalarga bo’linadi. Tarkibi va vazifasiga qarab saytlarning quyidagi turlari mavjud:
Vizitka sayti
Korporativ sayt
Blog
Landing sahifa
Internet do’kon
Bu to'liq ro'yxat emas, bulardan tashqari e’lon taxtalari, yangiliklar, forumlar, fayllarni joylashtirish, portallar va boshqa turlari mavjud.
Endi saytlarning asosiy turlari hamda ularning ishlatilish doirasini batafsil ko'rib chiqamiz.
Vizitka sayti – korxona va tashkilotlar haqida qisqa ma’lumotlar yigilgan saytdir. Unda asosan sayt egasining nomi, joylashgan joyi, bajaradigan hizmatlari yoki ishlab chiqaradigan maxsuloti haqida ma’lumotlar, boglanish uchun kerakli ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Korporativ sayt – bu esa yuqoridagi vizitka saytdan ancha murakkabroq bo’lib, vizitka sayti ega bo’lgan ma’lumotlardan tashqari, sayt egasining, ya’ni korxona yoki tashkilotning mahsulotiga (xizmatiga) buyurtma berish, bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar joylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari tashkilotda bo’lib o’tgan yoki kelajakda rejadagi tadbirlar, yangiliklar joylashtirib borilishi mumkin. Ushbu turdagi saytni doimiy ravishda ma’lumotlar bilan yangilab turish kerak.
Blog – bu asosan biror bir kishining shaxsiy sayti bo’lib, sayt egasining o'zini ifodalashga xizmat qiladi. U o’zi qiziqqan yoki uni xavotirlantirgan mavzularda maqolalar bilan to’ldirib boradi. Masalan sayohatni hush ko’rgan inson uzining borgan joylari haqida maqolalar joylashtirib boradi.
Landing sahifa – inglizchadan to’gri tarjima qilganda: «qo’nish sahifasi», ruschada esa ko’pincha «Целевая страница» – «maqsadli sahifa» deb ataladi. Ushbu sayt turi hozirgi kunda ko’p qollaniladidan sayt turlardan biri bo’lib, uzun bir sahifaga ega bo’ladi. Bu sahifaning maqsadi esa ushbu sahifaga kirgan internet foydalanuvchini biror bir harakatni amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Harakat esa, biror bir mahsulotni sotib olish, hizmatdan foydalanish, yangiliklarga obuna bo’lish va boshqa harakatlarga chorlovchi, aniq maqsadga ega sahifadir.
Web sahifa (web-sahifa, websahifa kabi soʻzlar bilan ham qoʻllaniladi) — World Wide Webda web-resurs sifatida ishlaydigan hujjat. Web-sahifani grafik jihatdan koʻrsatish uchun veb-brauzer kerak. Bu web-sahifalarni Internetdan olish imkoniyatiga ega boʻlgan dasturiy taʼminot hisoblanadi. Agar veb-brauzer orqali kirilsa, bu monitor yoki mobil qurilmadagi web-sahifa sifatida koʻrsatilishi mumkin. Odatda web-sahifalarni boshqa web-sahifalarda koʻrib chiqish uchun havolalar (linklar) deb ataladigan hipermurojaatni oʻz ichiga olgan hipermatndan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |