Tarmoqlararo dinamik balans modeli
Reja:
1. Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni.
2. Tarmoqlararo balansning umumiy tuzilishi.
3. Balans modellaridagi matematik bog`lanishlar.
4. Tarmoqlararo balans qismlarining xarakteristikalari.
5. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsiyentlarini aniqlash.
6. Mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini aniqlash.
Tarmoqlararo balans modeli – bu matritsaviy makroiqtisodiy model.
Tarmoqlararo balans modeli – milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o`z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir.
Tarmoqlararo balans modeli yordamida – milliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi.
Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlar – bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir.
Tarmoqlararo balansning matematik modeli – bu matematik tenglamalar sistemasidir.
Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari xamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o`z aksini topadi. Xalq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli.
Iste’mol
tarmoqlar
Ishlab
chiqarish
tarmoqlari
|
1
|
2
|
3
|
...
|
n
|
Pirovard mahsulot
|
Yalpi mahsulot
|
1
2
3
...
n
|
X11
X21
X31
...
Xn1
|
X12
X22
X32
...
Xn2
|
X13
X23
X33
...
Xn3
|
...
...
...
...
...
|
X1n
X2 n
X3 n
...
Xn n
|
Y1
Y2
Y3
...
Yn
|
X1
X2
X3
...
X n
|
Ish haqi
Sof daromad
|
v1
m1
|
v2
m2
|
v3
m3
|
...
...
|
vn
mn
|
vc
mc
|
-
-
|
Yalpi mahsulot
|
X1
|
X2
|
X3
|
...
|
Xn
|
-
|
X
|
Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz:
a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1,2,3,...,n; j=1,2,3,...,n.
b) xalq xo`jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi xamda iste’molchi sifatida qatnashadi;
v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi.
Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko`rsatadi.
Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o`z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11, X12, X13,..., X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o`zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan mikdorini ko`rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashkaridagi sarflanishi, ya’ni sunggi (pirovard) iste’molni y1 ko`rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi.
1-satrdagi barcha kattaliklar yigindisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yigindisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko`rinishiga teng bo`lishi kerak:
(1)
Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun:
(2)
Tarmoqlararo balans modeli to`rtta qism - kvadrantlardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |