2. Rejalashtirish tamoyillari va usullari
Rejalashtirish nazariyasida xo`jalikka rahbarlik qilishning ma`lum fundamental qoidalari, yahni tamoyillari masalasi alohida o`rin egallaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida bunday tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Ilmiylik tamoyili;
2. Rejalarni mahlum maqsadga yo`naltirish tamoyili;
3. Mutanosiblik va balanslilik tamoyili;
4. Komplekslik tamoyili;
5. Uzluksizlik tamoyili;
6. Barqarorlik tamoyili;
7. Tarmoq va hududiy rivojlanishning uyg`unligi;
8. Xalq xo`jaligi va uning tarmoqlari hamda korxona (firma)lar rivojlanishining uzviy birligini hisobga olish tamoyili.
Sanoat va uning tarmoqlari, korxonalari, tashkilotlari faoliyatlarini rejalashtirganda yuqoridagi tamoyillarga to`la amal qilinsa topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish mumkin, iqtisodiy o`sish kuchayadi va ishalb chiqarish samaradorligi albatta, ko`tariladi. Yuqorida keltirilgan tamoyillarni amalga oshirish uchun bir qator usullardan, yahni balans, maqsadli, normativ, statistik-iqtisodiy, ko`p variantli, iqtisodiy-matematik matritsa usullaridan foydalaniladi.
Balans usuli rejalashtirishning bosh usuli hisoblanadi. Faqat balans usuligina asosiy proportsiyalarni belgilash, resurslarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligini aniqlash, rejalarni real va natijali qilish imkonini yaratadi. Balanslardan istiqbol va joriy rejalarning barcha bo`limlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda balans usulidan keng foydalaniladi, chunki u xalq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lgan sohalarini muayyan sharoitda aniq vaqt va mahlum fazoda yaxlit holda, bir biriga bog`liq texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar yordamida aks ettira oladi. Balanslar ishlab chiqarishning ko`lami va dinamikasi, uning tarkibi va tuzilmasi hamda samaradorligi to`g`risidagi mahlumotlarni mujassamlashtiradi. Ularda sanoat tarmog`i va boshqa milliy iqtisodiyotning tarmoqlarining o`zaro munosabatlarini ko`rish mumkin.
Rejalashtirishda balanslarning qiymat, natura-qiymat, moddiy, mehnat va moliyaviy turlaridan keng foydalaniladi.
An`anaviy qiymat balanslari qatoriga: yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi, aosiy fondlar balansi, tovar oboroti va resurslar balansi, tashqi savdo va to`lov balanslari kiritiladi.
Balanslarning eng muhimlaridan biri moddiy balans bo`lib, u mahsulotlarning eng muhim to`plamini qamrab oladi. Balanslarni ishlab chiqish katta bilim va ilm, tajriba, ijobiy yondashuvlar talab qiluvchi murakkab ishdir.
Rejalashtirish amaliyotida natura yoki moddiy balanslarning quyidagi uch turidan:
mehnat qurollarining balanslari;
mehnat buyumlarining balanslari;
xalq istehmoli buyumlarining balanslaridan foydalanish mumkin.
Moddiy balanslar mahlum sxemalar bo`yicha ishlab chiqilib, unda, bir tomondan, mahsulot resurslari, ikkinchi tomondan, uning ayrim qismlari bo`yicha taqsimlanishi ko`rsatiladi (sxemaga qarang).
5-chizma. Moddiy balansning taxminiy sxemasi
Balanslarning yana bir eng muhim turi – bu mehnat balanslaridir. Bunday balanslarda mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo`nalishlari aks ettiriladi. Mehnat balanslariga mehnat resurslarining yig`ma balansi, tarmoqlar va hududlar bo`yicha ishchi kuchi balansi va h.k.lar kiritiladi.
Korxona (firma)larda ishlab chiqarish quvvati balansi tuzilib, unda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyati, uning tarkibidagi nomutanosibliklar mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish uchun zarur bo`lgan kapital qo`yilmalar aniqlanadi.
Rejani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashning eng muhim asoslaridan biri bu normativ usuldir.
Rejalashtirish jarayonida iqtisodiy normativlarning roli beqiyos. Ular yordamida rejalashtirilayotgan davr sharoitlarini (mahsulot berish topshiriqlari, narx, foydadan byudjetga ajratma, ish haqi fondlarini tashkil etish normativlarini) oldindan bilgan holda korxonalar jamoalari ishlab chiqarishni o`stirishning yuksakroq surhatlarini, uning samaradorligini ancha oshirishni tahminlaydigan rejalarni ijodiy tarzda, barcha imkoniyatlarni oshkora qilishdan cho`chimasdan tuza oladilar.
Normativ usulning mohiyati shundan iboratki, unda reja ko`rsatkichlari rejali norma asosida aniqlanadi. Bu usul yordami bilan ishlab chiqarishdagi ilg`or tajribalarni umumlashtirishning barcha bo`g`inlaridagi balanslari (mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy balanslari)dan keng foydalanishni nazarda tutadi.
Rejalashtirishda norma va normativlarning uch guruhi: iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik guruhlaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy normativlar resurslardan foydalanish samaradorligini eng past mumkin bo`lgan miqdorini ifodalaydi. Masalan, rejalashtirish va prognozlashda kapital mablag`lardan foydalanishning normativ koeffitsienti (En) ko`rsatkichidan keng foydalaniladi. Faraz qilaylik, rejalashtirishda uning miqdori Yen q 0,15 kesimida belgilanadi. Bu milliy iqtisod rivojiga sarflangan mablag`larning har bir so`mi 15 tiyin bilan qaytishi kerak.
Shunday bo`lsa, sarflangan kapital mablag` taxminan 7 yilda o`zini to`la qoplaydi. Agarda u har yili 15 tiyindan kam tejam keltirsa, capital qo`yilmalar (investitsiyalar) samarasiz foydalanilganligini anglatadi.
Ijtimoiy normativlar jamiyat va uning ahzolari ehtiyojlari muayyan davrga qondirilishining mumkin bo`lgan darajasini, insonning tevarakatrofdagi muhit bilan o`zaro aloqasi xarakterini belgilaydi. Ayrim mahsulot turlarining bir kishi tomonidan istehmol qilinishi normasi ijtimoiy normativlar namunasidir. Masalan, bir kishining bir yilda oyoq kiyimiga bo`lgan istehmol normasi 3,3 juft hajmida belgilangan.
Texnologik normativlar chiqarilayotgan mahsulot birligiga resurslarining solishtirma sarfi miqdorini ifodalaydi. Masalan, 1kVt soat elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanayotgan Yonilg`i normasi, xom paxtadan paxta tolasini chiqarish normasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |