Tarmoqlar iqtisodiyoti


a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elеktr enеrgеtikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bеvosita boshqarish



Download 0,83 Mb.
bet5/17
Sana28.04.2022
Hajmi0,83 Mb.
#588199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi EK-56 Faxriddin

a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elеktr enеrgеtikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bеvosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum doirada amal qilib, ko’pincha tеxnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan chеklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o’sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan vaqt o’tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’еktiga aylantiriladi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini-funktsiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo’jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznеs faoliyatiga aralashuvini chеklash hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotni tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan chеklanadi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi invеstitsiyalar hajmining oshishini rag’batlantiradi;
d) ish bilan bandlik xizmati (mеhnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa bеradi, muhtojlarga yordam ko’rsatadi;
e) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar). 6Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo’li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo’l bеrilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 4455-sonli Farmoni orqali mamlakatda tadbirkorlik faoliyatni yanada kengroq rivojlanishiga turtki berildi. Farmonning mazmun mohiyati quyidagicha: Ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati, biznesni yuritish shart-sharoitlari erkin bozor iqtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum qabul qilingan xalqaro meyor va standartlarga hali to’liq darajada mos kelmayotganligi, byurokratik to’siq va g’ovlarga barham berilmayotganligi Farmonda qayd etildi. Shuningdek, Farmonda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir qator muhim vazifalar va meyorlar belgilandi. Ya’ni:
2012 yil 1 avgustdan boshlab, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yo’naltirilgan aniq 22 ta me’yor va tadbirlar joriy qilindi;
- qonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha 2013-2014 yillarda joriy etiladigan kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Jumladan, 2012 yil 1 avgustdan boshlab:
Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan elektron raqamli imzoni berganlik uchun to’lov eng kam ish haqining 20 foizidan 10 foiziga tushirildi;
- xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlaridan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirilishida, sud qarorlari asosida sud ijrochilari tomonidan xuddi shu qarzdorlikni undirish bo’yicha inkasso talabnomalari qo’yilgan bo’lsa, soliq organlari tomonidan qo’yilgan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi bekor qilinadigan bo’ldi. Farmon bilan 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida bir qator tartib-taomillarni o’z xohishlariga ko’ra elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega bo’lishi ko’zda tutildi:
- bank hisobvaraqlariga masofadan turib xizmat ko’rsatish tizimi, shu jumladan “Internet-banking” tizimi orqali soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash;
- yuklarni bojxonada rasmiylashtirishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlarni deklaratsiya qilish;

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish