1-m.i
Tarmoqda juda kerakli bilimlarni oldim bu ishni bajarish davomida. Endi tarmoq nima ekanligi aniq bo'ldi. Umumiy xulosa qilish uchun ushbu tushuncha kompyuterlarning tarmoqqa ulanish usullari va ular orasidagi o'zaro ta'sirning tavsifidir. Buning qanday amalga oshirilishi faqat terminallarni bir butunga birlashtirish usuliga bog'liq. Va bugungi kunda bitta universal ulanish variantini ajratib ko'rsatish mumkin emas deb aytish mumkin emas. Har bir aniq holatda va ehtiyojlarga qarab, u yoki bu ulanish turidan foydalanish mumkin. Ammo mahalliy tarmoqlarda, agar ular haqida alohida gapiradigan bo'lsak, eng keng tarqalgan sxema - bu "yulduz", garchi "avtobus" hali ham juda keng qo'llaniladi. Bu ulanishlarda bizga IPv4 texnologiyasi qanchalik kerakligini bilish mumkin. Agar IP address larni nima ekanligini va ular nima uchun ishlatilishini bilmasdan tarmoqqa doir bilimlar ancha samarasiz bo’larkan. Masalan biz o’zimiga kerakli tarmoq tashkil etdik u lekin uni fundamental bilimlaridan habardor bo’lmasak u qanday ishlayotgnini to’liq tushuna olmasak bu juda yomon holat. Hozirgi kunda biz ishlatayotgan IP manzillar har bir qurilma uchun hoh u kompyuter bo’lsin hoh IP telefon yoki biror boshqa qurilma bo’lsinhar biri uchun alohida takrorlanmas beriladi.
Bundan tashqari bu yerda Virtualbox dasturi bilan ishlashni o’rgandim . bu dastur o'zining do'stona interfeysi, oddiy o'rnatilishi va ulkan funktsional imkoniyatlari tufayli keng qo'llaniladigan dasturdir. Biroq, barcha Operatsion Tizimlarni Virtuallashtirish Texnologiyalari singari, uning ko'pgina imkoniyatlari, xususiyatlari va funktsiyalari mavjud, ularni o'rganishni o'rganish kerak. Shu sababli, bu mustaqil ish bizga Virtualbox haqida mavjud bo'lgan bilimlarni to'ldirish va mustahkamlashda yordam berdi deb aytishim mumkin. VirtualBox da juda ko’r ishlar bajarish mumkin bo’ladi albatta. Faqat bu daturda ko’proq ishlashimiz v atusunmagan joylariga internetdan yokida universitet kutubxonasidan kerakli ma’lumotlarni olib bilimlarni yanada mustahkamlashimiz kerak
Windows server da qanday ishlashni o’rganish uchun Avvalom bor VirtualBox bilan ishlasa anchayin yaxshi natija berab ekan. Biz bu online muhitda serverlar bilan kerakli sozlamalarni ularni boshqarishni o’rganyapmiz. Bizda real holatda bunday ishni bajarish uchun kerakli uskunalar yetishmaydi. Ammo bu bo’shliqni yo’qotish mumkin. Windows Server da foydalanuvchilarni yaratish va ularga kerakli ruxsatlarni berishimiz mumkin. Bu albatta admin uchun juda qulay interfeys hisoblanadi. Windows Serverning boshqa serverlardan farqi ham aynan shunda , ya’ni grafikli interfeys va qulay boshqaruv, bu juda yaxshi . bu yerda admin o’zi boshqarayotgan tarmoqdagi har bir foydalanuvchini bevosita boshqarishi va uning harakatlarini bemalol nazorat qila olishi menga juda yoqdi.
2-m.i
Biz avvalo Active Directory nima ekanligini, u bizga nega kerakligini bilishimiz talab etiladi. Bu shunday xizmat ekanki bu Active Directory bilan biz o’zimizning boshqaruvimzdagi tarmoq foydalanuvchilarini imkoniyatlarini kerakli darajada belgilaymiz. Ularni ish faoliyatiga ko’ra guruhlaymiz, shunda admin ishi anchayin yengillashadi. Masalan biz hil vazifadagi uch to’rtda foydalanuvchiga bir xil o’zgartirishlar bermoqchisiz . bunda Active Directory siz har bir foydalanuvchiga birma bir kirib ularni sozlamalarini o’zgartirish talab etilardi. Ammo biz Active Directory bilan buni bir marta bajarish bilan guruhdagi barcha foydalanuvchilarga qo’llashimiz mumkin bo’ladi. Shuning uchun katta katta tashkilotlarga foydalanuvchi hodimlarlar server boshqaruvi orqali kerakli guruhlarga biriktiriladi. Va bu adminga o’zishini tezroq va aniqroq bajarishga yordam beradi.
Active Directory ni o’rnatishni o’rgandim va uni kerakli sozlamalarini sozlashni tushundim. Windows Server da guruhlar bilan ishlashda Active Directory juda muhim vosita hisoblanadi. Mustaqil ishni bajarishda o’zim bilmagan bir qancha yana boshqa bilimlarni ham o’zlashtirdim. Bu xizmat Windows Serverni bir qancha qulayliklarini sanaganda albatta tilga olinishi kerak bo’lgan tomoni deb hisoblayman. Guruhlar bilan ishlash siyosati ya’ni GPO ham bunda juda ahamiyatlidir. Guruh siyosatini bilish har bir server boshqaruvchisiga kerak bo’ladigan bilim hisoblanadi.
3-m.i
XULOSA
Men bu mustaqil ishni bajarish davomida tarmoq haqida bilimlarga ega bo’ldim. Tarmoqda ishlar ekanmiz bu yerda ham xavfsizlikka amal qilish kerak. Negaki bu tarmoqdan foydanuvchi har bir shaxsni qay niyatda ekanligini kim bilsin. Shuning uchun ma’lumotlar dahlsizligini taminlashimiz avvalombor o’zimizga kerak ,chunchi bu malumotlar biz uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ma’lumotlarni yo’qolish xavfi tashqi omillar tasirida ham bo’lishi mumkin. Masalan tabiiy ofatlar , suv toshqini, binoda yong’in , yer qimirlashi va shunga o’xshash boshqa hillar tasirida ma’lumotlarni saqlagan resurslarimiz yo’qolishi va yokida yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bundan ofatlarni oldini olish imkonsiz albatta , ammo shunday hollarda ma’lumotlarni saqlab qolishning bir qancha usullari bor. Masalan biz o’zimizga kerak ma’lumotlarni nusxalab olishimiz, yani Backup qilishimiz mumkin. Va bu nusxadan istalgan boshqa vaqtda ma’lumotlarni tiklab olishimiz mumkin bo’ladi.
Bunda bizga Windows Serverdagi ajoyib bir xizmat yordamga keladi. Bu albatta Shadow Copies va Windows Server Backup vositalaridir. Biz bular yordamizda o’zimiz uchun muhim bo’lgan malumotlarni , bundan tashqari sozlamalarni Backup qilishimiz mumkin. Bu bizga anchayin qulaylikni ha albatta ma’lumotlar xavfsizligini taminlaydi. Server boshqaruvchisi bo’lmish admin bu sozlamalarni nusxasi bilan istalgan vaqtda tarmoqni dastlabki sozlamalariga qaytarishi mumkin bo’ladi. Bu juda yaxshi albatta , nega deganda masalan qandaydir xatolik bilan serverda nosozlik chiqdi va uni bartaraf etish uchun barcha sozlamalar o’chib ketdi. Bunday vaziyatda yana barchasini 0 dan shakllantirib o’tirilmaydi, shunda adminga server sozlamalaridan olingan Backup yordamga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |