Kommutatorni dastlabki xolatini tekshiring.
Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma’lumotlari, interfeys xususiyatlari, VLAN va flesh – xotira to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiramiz.
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin. Imtiyoz rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va global konfiguratsiya rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi ko‘rsatkichlarni sozlash uchun ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak.
Imtiyoz to‘plamiga foydalanuvchi rejimining buyruqlari kiradi. Shuningdek boshqa buyruqli rejimlarga o‘tishni bajaruvchi configure buyrug‘i kiradi. Imtiyoz rejimiga kirish uchun Enable buyrug‘ini kiriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |