Kompyuterlarni o’zaro tarmoqqa birlashtirish
Windows Xp operatsion tizimida tarmoqni sozlash va kompyuterlarni o’zaro bir biri bilan bog’lash uchun bir nechta amallarni bajarish talab etiladi. Sozlash ishni boshlashdan avval kompyuterga tarmoq kartasi o’rnatilganmi yoki yo’qmi tekshirib oling. Buning uchun “Пуск” menyusidan kirib “Панель управления”, yani boshqarish panelini oching.
11-rasm
Ochilgan oynadan “Система” nomli yorliqni toping va uni faollashtirib sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta, ketma ket bosing. Natigada ekranda quyidagi muloqot oynasi namoyon bo’ladi.
12-rasm
Etibor bergan bo’lsangiz, ochilgan muloqot oynadan siz faqatgina tarmoq kartasi o’rnatilganligi haqida ma’lumotni emas, balki butun boshli sistema va kompyuterdagi barcha qurilmalar ishini boshqarish, sozlash kabi amallarni ham bajarishingiz mumkin.
Endi asosiy maqsadga ko’chsak, tarmoq kartasi va uni kompyuterda mavjudligini tekshirib ko’rish uchun diolag oynasining yuqorigi qismida joylashgan menyusidan “Оборудование” bo’limini faollashtiring va “Диспетчер устройств” nomli tugmachani bosing.
13-rasm
Natijada ekranda quyidagi oyna ochiladi.
14-rasm
Bu oyna qurilmalar Dispetcheri deb ataladi. Undan kompyterga o’rnatilgan barcha qurilmalar va ularning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin, huddi shunday tarmoq kartasi haqida ham. Sizga misol tariqasida keltirilgan rasmda kompyuterda ikkita, Realtek firmasi tomonidan ishlab chqarilgan tarmoq kartalari o’rnatilganligi va ular ishchi holatida ekanligi ko’rinib turibdi.
Kompyuterlararo axborot almashinuv tizimini yo’lga qo’yish uchun kompyuterlar soniga qarab, agar ular 10 yoki 25 tadan kop bo’lsa, ular ichidan bittasi albatta “Server” vazifasini o’tasi kerak. Qolganlari esa “Mijoz” ya’ni, stansiya sifatida tarmoq tarkibiga kiritiladi.
Tarmoqqa ulanish hossalarini sozlashga kirishamiz. Buning uchun “Пуск” menyusidan kirib “Панель управления”, ya’ni boshqarish panelini oching. (11-rasm)
Ochilgan oynadan “Сетевые подключения” nomli yorliqni toping va uni faollashtirib sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta, ketma ket bosing. Natijada ekranda quyidagi dialog oynasi namoyon bo’ladi.
15-rasm
E’tibor bering, rasmda tarmoqqa ulanishlar soni uchta ko’rsatilgan, esingizda bo’lsa, tarmoq kartalari haqida ma’lumot olishda keltirilgan misolda kompyuterga o’rnatilgan tarmoq kartalari soni 2 ta edi, shu sabab “Сетевые подключения” oynasida ham ular soni ikkita. Bunday bo’lishiga sabab kompyuter internetga ulangangan bo’lsa, yoki ulanish ko’zda tutilgan bo’lsa, ulanish turiga qarab unga bittadan ortiq tarmoq kartalari o’rnatiladi. Uchinchi yorliq esa internetga ulanish sozlanganligidan so’ng hosil bo’lgan. Internetga ulanishning bir nechta usulari mavjud bo’lib, yuqorida korsatilgan misol Virtual Private Network - VPN ulanish deb nomlanadi.
Endi asosiy masalaga ko’chsak. “Сетевые подключения” oynasidan Lokal (mahalliy) tarmoq uchun sozlash ishlarini bajaramiz. Buning uchun Lokalhost (Uni siz ixtiyoriy nomlashingiz mumkin) yorligining xususiyatlari oynasini ochamiz. Buning uchun sichqoncha ko’rsatgichini yorliq ustiga keltirib, uning o’ng tugmachasi bosiladi, Natijada ekranda quyidagi muloqot oyna ochiladi.
16-rasm
Ochilgan dialog oynasidan tarmoq ishini boshqaruvchi protokol tanlanadi. Yuqorida aytib o’tilgan, tarmoq protokoli, kompyuterlar o’zaro aloqasini boshqaruvchi qoidalar to’plamidan tashkil topadi. Ko’pgina protokollar mavjud bo’lib, ulardan quyidagilari ko’proq ishlatiladi: IPX/SPX, TCP/IP, NetBIOS, NetBEUI, AppleTalk
Shunga ko’ra TCP/IP protokolini tanlab uning xususiyatlarini o’rnatamiz. Buning uchun muloqot oynasida ko’rib turganingiz (16-rasm) holatida “Свойства” tugmasini bosing. Natijada ekranda keyingi oyna sozlash oynasi ochiladi.
17-rasm
Ochilgan oynaga yaxshilab e’tibor bering. U yerda siz tarmoq uchun umumiy va kompyuter uchun husisiy adreslarni o’rnatishingiz kerak bo’ladi. Ya’ni IP adresi va tarmoq osti maskasi.
IP adress aynan rasmda ko’rsatilganidek bo’lishi shart emas, lekin huddi xxx xxx xxx xxx kabi qoida bo’yicha ko’rsatiladi. Tarmoq osti maskasini esa rasmdagidek o’rnatishingiz maqsadga muvofiq.
Barcha sozlash ishlari bajarilgan “OK” tugmasini bosing va kompyuterni o’chirib qaytadan ishga tushiring. Yuqoridagi amallarni tarmoqqa ulanishi kerak bo’lgan barcha kompyuterlarda ham takrorlang. Shundan so’ng kompyuterlararo bog’lanish vujudga keladi.
Kompyuter nomi bilish va uni o’zgartirish uchun sistema hossasi oynasidan foydalaning (12-rasm) ikkita bir xil nomli kompyuter bo’lishi mimkin emas, ya’ni “Server” kompyuter IP adresi 192.168.0.1 bolsa, qolganlari unga mos holda 192.168.0.2; 192.168.0.3; 192.168.0.4; ….. 192.168.0.25 kabi qo’yiladi. Tarmoq osti maskasi esa hammasi uchun bir xil bo’lishi kerak (9-rasmga qarang).
Barcha sozlash ishlari bajarilgach ham tarmoq huddi ishlamayotgandek ko’rinadi, aslida esa tarmoqda ulanishlar mavjud bo’ladi. Tarmoqdagi murojaat qilgan kompyuteringizdan ma’lumot olish yoki unga ma’lumot uzatishingiz uchun, aynan o’sha kompyuterning qattiq diskiga yoki fayl va kataloglarigalariga o’qish yoki ko’chirib olish uchun “Доступ” (ruhsat berish) ochilgan bo’lishi kerak. Uni quyidagi rasmlarga qarab o’rnatib olishingiz mumkin.
18-rasm
19-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |