Bir-biridan ma’lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki butun lokal tarmoqlarni ulash uchun modemlar, hamda, ajratilgan yoki sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanallari qo‘llaniladi. Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo’natish tezligi, lokalga qaraganda sezilarli darajada pastroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter tarmoqlari va ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ, Internet va b.
1-rasm. Tarmoq tuzulishiga misol.
2. Birrangli va ko‘prangli tarmoqlar. Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalar bo‘linishiga qarab, lokal tarmoq ikki sinfga bo‘linadi: birrangli va ko‘prangli. Oxirgisi ko‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb nomlanadi. Agar kompyuter o‘z resurslarini tarmoqning boshqa foydalanuv-chilariga taqdim etsa, u server hisoblanadi. Boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter esa, mijoz hisoblanadi. Ilgari aytilgandek, tarmoqda ishlovchi kompyuter, mijoz, server vazifasini bajarishi yoki ikkala vazifalarni birlashtirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |