16-Mavzu IEEE 802.15.3, 802.15.4 va IEEE 802.15.4a tarmoqlarining jismoniy va kanal darajalari 1 Bluetooth texnologiyasi
2.NFC texnologiyasi
Bu to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida simsiz telefonlar, kompyuterlar va turli periferiyalarning aloqasini ta’minlashga imkon beradigan radio qisqa masofalarga ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi hisoblanadi. Kompyuterda yoki mobil telefonda mavjud bo‘lgan shtatdagi interfeysning ishlatilishi ko‘p hollarda juda qulay bo‘ladi.
Mavjud qurilmalar uchun standart Bluetooth-bog‘lanish profillarini ishlatadigan uncha qimmat bo‘lmagan o‘rnatiladigan radiomodullar taklif etilmoqda. Masalan, simsiz garnituralarda HeadSet profili ishlatiladi, qurilmalar orasida fayllarni almashlash uchun FTP profili ishlab chiqilgan mobil telefonlarda Dial-up Networking Profile profili qo‘llaniladi. Ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimlarida ko‘pincha SPP ketma-ket porti profili ishlatiladi.
Bluetooth protokoli nuqta-nuqta va nuqta-ko‘p nuqta topologiyalarini qo‘llaydi. Ikki yoki undan ortiq o‘sha bir kanalni ishlatadigan qurilmalar pikotarmoqni (piconet) tashkio etadi. Bunda qurilmalardan biri asosiy (Master) sifatda, qoganlari esa bo‘ysunuvchi (Slave) qurilmalar sifatida ishlaydi.
Bluetooth qabullagich-uzatkichlari 2.45 GGs chastotada ishlaydi va FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum – chastotani sakrashsimon qayta sozlanishi) spektrni kengaytirish usulini ishlatadi.
Uzatkichning quvvatiga bog‘liq ravishda Bluetooth® qurilmalar uchta sinflarga bo‘linadi:
● 1-sinf – 100 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 100 metrgacha);
● 2-sinf – 2,5 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 15 metrgacha);
● 3-sinf – 1 mVtgacha (ochiq fazoda masofa 5 metrgacha).
Uzatiladigan ma’lumotlar tezligi ishlatiladigan spetsifikatsiya versiyasi va Bluetooth profiliga bog‘liq bo‘ladi. Ketma-ket port profili ishlatilganida ma’lumotlarni uzatish tezligi 704 kbit/c nazariy chegaraga ega bo‘ladi.
SPP profili (Serial Port Profile) oldin simli ketma-ket interfeys bilan bog‘langan ikkita qurilmalar orasida “ochiq” simsiz kanalni juda oddiy tashkil etishga imkon beradi. O‘rnatiladigan Bluetooth-modul simli asinxron ketma-ket kanal bo‘yicha keladigan ma’lumotlar oqimini SPP (Serial Port Profile) profiliga muvofiq simsiz oqimga o‘zgartiradi. Olisdagi tomonda Bluetooth qabullagich-uzatkichi sifatida personal kompyuterning shtatdagi Bluetooth-adapterini yoki ikkinchi o‘rnatiladigan modulni ishlatish mumkin.
Bunday Bluetooth bog‘lanishda qurilmalardan biri etakchi (master). Boshqasi esa etaklanuvchi (slave) hisoblanadi. Kompyuter tomonida master joylashadi. SHuning uchun o‘rnatiladigan tizimlar uchun ko‘pincha etaklanadigan sifatda konfiguratsiyalangan Bluetooth-modullar ishlatiladi.
Ketma-ket port profili Bluetooth qurilmalari bilan quyidagi operatsiyalarning bajarilishini ko‘zda tutadi.
● Bluetooth-qurilmalarni topish;
● ikkita Bluetooth-qurilmalarning bog‘lanishini o‘rnatish;
● “ochiq” kanal rejimida ma’lumotlarni uzatish.
Etaklanadigan Bluetooth modul ta’minot yoqilganida topish uchun mumkin” holatda bo‘ladi. Etakchi Bluetooth modul ta’minot yoqilganida etaklanadigan qurilmalarni qidirishni boshlaydi va bo‘sh etaklanadigan qurilma topilganida unga ulanishga urinadi. Etaklanadigan qurilma PIN-kodni so‘raydi, etakchi qurilma javob beradi. Agar PIN-kodlar mos tushsa, u holda qurilmalar o‘z manzillari bilan almashadi, juftlikni tashkil etadi va ma’lumotlarni almashlashni bajarishi mumkin. SHunday qilib, bog‘lanishni o‘rnatilishi avtomatik bo‘lib o‘tadi.Etaklanadigan va etakchi qurilmalar olisdagi modulb so‘rovlarga javob bermaganida vaziyatni turlicha qayta ishlaydi. Etaklanadigan qurilma bu holda bog‘lanish yo‘qotilgan hisoblaydi va yana topish uchun mumkin bo‘ladi. Etakchi Bluetooth modul oldin o‘rnatilgan bog‘lanishga qoladigan bo‘lib qoladi. U oldingi hamkorini unutishi uchun unga tashqi chiqishga bekor qilishi impulsini berish kerak.
Bluetooth texnologiyasi Bluetooth Special Interest Group (SIG) tijorat uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlantiriladi. U Bluetooth spetsifikatsiyalarini e’lon qiladi, qurilmalarning sertifikatlashtirilishini tashkil etadi, Bluetooth savdo belgisini himoya qiladi va texnologiyani targ‘ib qiladi.