Nazorat uchun savol va mashqlar:
Ma’lumot almashinish tezligi qanday kattalik bilan ulchanadi?
Kommunikatsiya programmalari Aloqa o’rnatishdan tashqari yana qanday vazifalarni bajaradi?
ADSL qanday texnologiya?
Uzatishning asosiy parametrlari nimalardan iborat?
Aloqa liniyalarining necha turini bilasiz?
Ma’lumotni paralel uzatish qanday kamchilik va afzalliklarga ega?
Simpleks uzatish usuliga misol keltiring.
Nima uchun to’liq dupleks uzatish eng yaxshi hisoblanadi?
Ma’lumot uzatilayotganda qaysi bayt aynan qaysi bitdan boshlanganini kompyuter qanday aniqlaydi?
Paketlar kommutatsiyasi nima va u qanday ro’y beradi?
Paketlar kommutatsiyasining asosiy kamchiligi nimadan iborat?
Multipleksirlash deganda nimani tushunasiz?
Multipleksor, kontsentrator va FEP qurilmalari haqida ma’lumot bering.
Protokollarni joriy etish zarurati tugilishiga nima sabab bo’lgan?
Prokotokollarning nechta darajasi bor? Ularni sanab bering.
4-Mavzu: Kompyuter tarmoqlariga doir tashkilotlar. Standartlar ( 2 soat)
Reja:
Kompyuter tarmoqlariga oid tashkilotlar
Tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish jarayoni
Tarmoq standartlari
Tayanch iboralar: ITO, CCITT, ISO, Bitnet, DIN, TELNET, USENET, IEEE.Novell,SNA, DECnet, TCP/ IP, Banyan, Apple
1. Kompyuter tarmoqlariga oid tashkilotlar.
Xozirda butun dunyoda ko’plab kompyuter tarmoqlariga ulanmoqda. Butun dunyo miqyosida kompyuterlar orqali muloqot bulishi uchun ular bir-birini tushunishi kerak (mutanosibli bo’lishi kerak). Kompyuterlar mutanosibligini ta’minlash maqsadida ITO–International Telecommunication Union (xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi) tashkil qilingan. U telefon va ma’lumotlarni uzatish tizimlari nazorat qiluvchi uchta organdan iborat. Bu organ CCITT frantsuz suzlarida Consultatif International de Teagraphique et Telefonique deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi telefon, telegraf, ma’lumotlarni uzatish xizmati sohasiga oid taxmin takliflarni ishlab chiqadi va takliflar ko’p xollarda xalqaro andozaga aylanadi.
Xalqaro andozalar ISO - (International Organization and Standardization – Xalqaro tashkilot va andozalash) tomonidan ishlab chiqiladi. U uziga dunyodagi 100 dan ortik mamlakatlarni birlashtirgan. Shu jumladan AQShning ANSI, Buyuk Britaniyaning BSI, Germaniyaning DIN tashkilotlarini birlashtiradi.
Yana bir xalqaro tashkilot IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers-elektr va elektromuxandislik intituti) turli jurnallar chiqarishdan tashqari elektron va hisoblash texnikasi bo’yicha ko’plab andozalarni ishlab chiqadi. Lokal tarmoqlar uchun uning IEEE 82 andozasi asosiy hisoblanadi.
Kompyuterli tarmoqlar sohasida standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Tashkilot statusi
|
qisqartrilgan nomi
|
To‘liq nomi
|
Inglizcha
|
Ruscha
|
Xalqaro
|
CCITT/MKKTT ITU (1993 yildan)
|
International Telegrap and Telephone. Consultative Commitell International Telecommunication Union-Telecom
|
Telefon va telegraf bo‘yicha Xalqaro maslaxatchi qo‘mitalar. Xalqaro Telekommunikatsiyalar birlashmasi – Telekom
|
Xalqaro
|
ISO MOS
|
International Organization for Standartization
|
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
|
Xalqaro
|
ESMA
|
European Computer Manufactures Association
|
Yevropa ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi
|
Xalqaro
|
ETSI
|
European Telecommunications Standard Institute
|
Telekommunikatsiyalar sohasidagi Yevropa standartlar instituti
|
Milliy (AQSH)
|
IEEE
|
Institute of Electronic and Electrical Engineers
|
Elektronika va radioelektronika muhandislar instituti
|
Milliy (AQSH)
|
EIA
AHSI
|
Electronic Industries Associatin
|
Elektron sanoati assotsiatsiyasi
|
Milliy (AQSH)
|
|
American National Standards Institute
|
Standartlar Amerika Milliy instituti
|
Milliy (AQSH)
|
TIA
|
Telecommunica-tion Industry of America
|
Amerikaning telekommunikat-sion industriyasi
|
Standartlarni belgilashga misollari 7-jadvalda keltirilgan.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |