12- amaliy ish
Mavzu: Maxsus dasturlari yordamida Web-sahifa yaratish.
Namo Web Editor 5.5 muharriri
Ishning maqsadi: Talabalarda Namo Web Editor 5.5 muharririda web sahifalar tayyorlash bo’yicha ko’nikma hosil qilish
Masalaning qo’yilishi: Berilgan topshiriqni quyidagi algoritmlar asosida bajaring
Nazariy ma’lumot:
Ma’lumki hozirgi kunda Internet butun jahon axborot tarmog`i hisoblanadi. Bu tarmoqda ma’lumotlar HTML(Hyper Text Markup Language) formatidagi fayllarda saqlanadi. Bunday turdagi hujjatlar kam hajmli bo`ladi va bu ularni tarmoqda kam vaqt ichida yuklash imkoniyatini beradi. HTML hujjatlarni HTML tili yordamida oddiy Bloknotda yoki maxsus Veb muharrirlarda tayyorlash mumkin. Quyida shunday muharrirlardan biri Namo Web Editor 5.5 muharriri bilan tanishamiz.
Namo Web Editor 5.5 dasturi oynasining umumiy ko`rinishi.
Rasmdan ko`rinib turibdiki ilovaning oynasi barcha Windows oynalari kabi menyu qatori, uskunalar paneli va oynani boshqarish elementlariga ega. Oynaning quyi qismida esa Web muharrirlarga xos bo`lgan elementlar mavjud, ya’ni oyna hujjatni bir necha xolatda ko`rsatishi mumkin. Bular:
1. Edit xolati – Bu xolatda hujjatga bevosita matn kiritish, uni tahrirlash, shuningdek rasm, knopka va boshqa ob’yektlarni joylashtirish mumkin. Bu xolatda ishlaganda HTML tilini bilish shart emas.
2. HTML xolati – Bu xolatda hujjatning HTML tilidagi ko`rinishi aks etadi va bu yerda tahrirlashni amalga oshirish uchun HTML tilini bilish lozim.
Namo Web Editor 5.5 dasturi oynasining umumiy ko`rinishi

1 Ma’ruza matni HTML tili va Namo Web muxarriri
3. Hujjatni ko`rish xolati – Bu xolatda tayyorlangan hujjatni brauzer (Internet Explorer, Netscape kabi) oynalarida qanday akslanishini ko`rish mumkin.
Oynaning o`ng tomonidagi Inspector (menyu Window, Inspector) oynasi hujjatdagi tanlangan ob’yektga qarab o`zgarib turadi va u yordamida ob’yektning (hujjatning, jadvalning, rasmning va h.) asosiy parametrlarini o`rnatish mumkin.
?Hujjatning asosiy parametrlarini o`rnatish
Agar hujjatda hech qanday ob’yekt tanlanmagan bo`lsa Inspector oynasi hujjatgategishli xossalarni aks ettiradi. U yordamida hujjat fonining rangi yoki fon uchun rasmni Bg bo`limidan tanlash mumkin. Shuningdek, Text (matn) uchun, Hyperlink (giper murojaat qo`yilgan matn) uchun, Visited link (tashrif etilgan gipermurojaat) uchun, Active link (faol gipermurojaat) uchun ranglar tanlash mumkin.
Bu xossalarni shuningdek File, Document properties (Ctrl+F2) buyrug`i yoki kontekst menyudan ochiladigan Document properties oynasidan foydalanib ham o`rnatish mumkin.
Rasmlarni standart ClipArt rasmlar to`plamidan tanlash
Diskdan ixtiyoriy rasm tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |