1- laboratoriya mashg'uloti
Mavzu: Kompyuter tarmog'i qurilmalari va kommunikasiya vositalari.
Edraw Max dasturida ishlash
Ishdan maqsad:
1.Tashqi qurilmalarni båvosita mahalliy tarmoqqa ulash, nosozlarini almashtirish jarayoni haqida nazariy ma`lumotlarga ega bo’lish.
2. Edraw Max dasturi yordamida tarmoq qurilmalari va kommunikasiya vositalaridan oddiy tarmoq loyihasini tuzish
Informatsion texnologiyalarda port va uning vazifalari
Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan aõborotlar o’rtasidagi bog’lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik) odatda quyidagilar:
1-rasm.Qurilmali (apparatli) va kiritish-chiqarish portlar
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo’lib u asosan vilka yoki kabål yordamida kompyuterga bog’lanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Parallål port, Davomli port, USB, ATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2 (1-rasm.)
Kiritish-chiqarish porti – mikroprotsåssorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini båradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar bårish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol paramåtrlari bo’lib u IP formatidagi mahlumotlar pakåti qo’llanilishini aniqlaydi. (2-rasm.)
1 2
2- rasm. Tarmoqli port
Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan aõborot almashishi jarayonini, kompyuterning tashqi intårfåysi tashkil qiladi. Tashqi intårfåys tashqi portlar, shinalar, kompyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdir. Asosan kompyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi.
Kompyuterga printår, skanår, sichqoncha, klaviatura va shunga o’õshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi intårfåysga misol bo’ladi. Tashqi intårfåysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta`minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va kontrollårni boshqaruvchi maõsus dastur, drayvår (driver) kerak bo’ladi.
Har qanda kompyuterda tashqi intårfåys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, …kabilar orqali amalga oshiriladi. (3-rasmga qarang). Har bir portning o’ziga yarasha vazifasi bor.
IEEE 1284 (Printår port, parallål port, LPT) – shaõsiy kompyuterga ulashga mo’ljallangan õalqaro parallål intårfåys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LPT ” nomi MS DOS oilasidagi opåratsion tizimdagi “LPT 1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kålib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu intårfåys asosan USB intårfåysi bilan mos tushadi va u yig’ma apparatlarni (skanår – printår - ksårokopiya) ulash uchun ishlatiladi. Låkin asosan yuqori tåzlikda chop etish va printår uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi råjimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |