Nazorat uchun savollar
Elektron adresning har bir elementini tavsiflang.
Elektron adres qanday ochiladi?
Elektron adres ochishda qaysi ko’rsatkichlarga e’tibor berish kerak?
O’z parolingiz esingizdan chiqib qolsa, bu vaziyatdan qanday chiqasiz?
Elektron pochtangizda xat o’qish qanday bajariladi?
Elektron pochtangizda xat jo’natish qanday bajariladi?
Elektron pochtani oddiy pochta xizmatidan farqi?
Elektron pochta nima?
Elektron pochtaning afzallik tomonlari nimalardan iborat?
Elektron pochta tashkil qiladigan Web sahifalarni ayting.
Elektron pochta menyu buyruqlari vazifalarini tushuntiring.
Qanday elektron pochta dasturlari mavjud?
Xatga qo’shimcha ma’lumotlar (rasm, otkritka, tasvir va x.k.) qanday biriktiriladi?
Xatga biriktirilgan qo’shimcha ma’lumotlar qanday o’qiladi?
Bxodyashiye, Somnitelniye,Otpravlenniy, Chernoviki, Korzinaelementlarni vazifalarini ko’rsating.
9-AMALIY ISHI
Mavzu:Internetda on- line xizmatidan foydalanish. Chat, Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari. Masofayiy ta’lim.
Kerakli texnik vositalar:shaxsiy kompyuter, internet tarmog’i, mikrofon, ovoz kolonkalari, veb kamera
Kerakli dasturiy vositalar:Internet Web brauzer dasturi, Chat, Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va web sayti.
Ishning maqsadi:Тalabalarga internetda on- line xizmatidan foydalanish, jumladan, Chat, Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari bilan tanishtirish va ularda ishlash.
Internet tez muloqot uchun imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyat quyidagi muloqot dasturlari yordamida amalga oshiriladi:
Chat
Web blog
Web sahifa
Forumda muloqot qilish tartibi
Videokonferentsiya
Internet telefoniya
Quyida ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishamiz.
Chat yordamida muloqot
Chat bu maxsus dastur bo’lib, uning yordamida foydalanuvchilar bir paytning o’zida o’zaro muloqot qilishi mumkin. Chat so’zi ingliz tilida gaplashish (suhbatlashish) ma’nosini anglatadi. Ba’zan chat xonasi deb ham ataladi. “Chatlashaylik” degani keling chat xonasida suhbatlashaylik ma’nosini bildiradi. Odatda chatda bir necha kishi muloqot qiladi. Ikki kishi muloqot xam qilishi mumkin. Lekin buning uchun boshqa qulayroq imkoniyatlar mavjud. Chatda muloqot tezroq amalga oshiriladi. Chatda muloqot qisqa matnlar yordamida amalga oshiriladi.
1-rasm.chat.uz
Chat bilan ishlash tartibi quyidagicha:
Chat dasturini ishga tushiring. Masalan, Unda o’zingizni qayd qiling. Odatda xar bir foydalanuvchi o’z ismi (Nik)ga ega. Nik sifatida ismingizni yoki ixtiyoriy nomni kiritish mumkin. Masalan, “Ekspert” yoki “Alanga”.
Chat xonasiga kiring. Buning uchun Nik va parolingizni kiriting.
Chat xonasida qisqacha matn kiriting. Masalan, chatdagilar bilan salomlashing.
Xabar satrida xabaringizni yoki savolingizni kiriting. Masalan, rejalashtirilgan yigilish xaqidagi ma’lumotni kiriting.
Chat xonasida xabarlarni barchaga yoki aynan biror ishtirokchiga yozish mumkin.
Muloqot tugagandan so’ng chat xonasidan chiqing. Buning uchun Выход (Vыxod) tugmachasini bosish yetarli.
1-Topshiriq:
Internetda qidiruv tizimi yordamida chatlar ruyxatini toping. Ulardan birini tanlang va unda muloqot qilib ko’ring. Muloqotingiz qiziqarli bo’lishiga aminmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |