Simsiz STA va kirish nuqtasi (AP) ning joriy holati Internet va ommaviy kirish uchun tarmoq boshqaruvining oddiy protokoli (SNMP) dan foydalanib, BUI da saqlanadi.
Intranet_va_uni_yaratish_texnologiyalari.'>III. Mahalliy tarmoq va intranet tushunchasi
9-Mavzu: Intranet va uni yaratish texnologiyalari. ( 2 soat)
Reja:
1. Intranet tushunchasi va uning afzalliklari.
2. Intranetni yaratish texnologiyalari
3. Mavjud kompyuter tarmogi asosida Intranet yaratish
4. Intranetni yangidan yaratish
Intranet - biror yuridik shaxs(vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta’lim muassasasi va sh.u.)ga tegishli kompyuter tarmogi bo’lib, u Internetda sinovlardan yaxshi utgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi. "Intranet" tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffakiyatli sinovlardan o’tib zur etibor qozongandan sung paydo bo’ldi. Zero Intranetni Web texnologiyasisiz tasavvur qilib bulmaydi. Intranet texnologiyasining asosida Web texnologiyasining asosiy tarkibiy qismlari- HTML, HTTP va brouzer xamda Internetning asosiy protokoli TCP/IP yotadi.
Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:
Boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo’nalishlarini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi uzida odatda bir-biriga zid bo’lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taksimlanganlik (Aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;
Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko’proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasidaamalgaoshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar tugdiradi.
Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan xolda, Web -serverlarda saklanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi, axborot himoyasi osonlashadi;
Intranetavvalgitarmoqturlariganisbataniktisodiysamarali, unimavjudturli-tumanvositalar, Aloqakanallariasosidaxamtezyo’lgaqo’yishmumkin. Bu investitsiyalarni iktisod qilishga imkon beradi. Intranetning xar bir ish urni taxminan 50 AQSh dollariga tushadi.
Intranetdan yuridik shaxslar quyidagi yo’nalishlarda foydalanadilar
Yuridik shaxs xujjatlarini elektron nashr qilib turish. Intranet serverlarida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar, aktsiyalar ruyxati, ichki ma’lumotnomalar, standartlar, koidalar va umuman yuridik shaxsning elon kilinadigan xar qanday xujjati Web - saxifalar tarzida chiqarib turiladi. Shunday qilib yuridik shaxsning barchaxodimlari va mexmonlar uchun zarur axborot Web -saxifalarda yuritilib boriladi.
Yuridik shaxsning ma’lumotlar bazasi(jamgarmasi)dan foydalanish. Intranetdan foydalanuvchi brauzer vositasida serverdagi ma’lumotlar bazasi bilan tula ishlay oladi: server bazasidagi ma’lumotlarni uzgartish, ulardan foydalanish uchun uning HTML shaklini olib ishlab, sungra serverga kaytarish kifoya. Server tegishli uzgarishlarni ma’lumotlar bazasiga uzi kiritib kuyadi.
Xat-xabar, xujjatlar bilan almashish. Buning uchun E-mail vaUseNetxizmatlarini ishga tushirib kuyish kifoya.
Interaktiv (uzaro faol) ishlash. Buning uchun interaktiv munosabatlarni amalgaoshiruvchi Web -saxifalarni tegishli dasturlar bilan taminlab kuyish kifoya.
Yuridik shaxsni avtomatlashtirish tizimi. Xozirgi kunda xujjatlar oqimini Intranet asosida yo‘lga ko‘yishda marketing, buxgalteriya, reja bo‘limi, moliya bo’limi omborxona ishlari va boshqa bo’limlar ishini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyalari keng kullanilmokda.
Ta’lim va malakaoshirish. Yuridik shaxsni ta’lim va ilmiy-texnik axborot bilan ta’minlashda Intranetga mukobil echim topish qiyin. Universitet, kollej, ilmiy muassasalarning student, professor - ukituvchi va boshqa xodimlari uchun Intranet muhitining qulayliklari haqida ortikcha suzgaxojat xam yuk.
Intranet texnologiyasi yuridik shaxsning mavjud maxalliy(lokal) yo mintakaviy(keng makonli - global) kompyuter tarmogi negizida tez va eng kam sarf-xarajatlar evaziga Intranet xosil qilish imkonini beradi.