Tarmoq texnologiyalari



Download 29,11 Mb.
bet66/287
Sana06.07.2022
Hajmi29,11 Mb.
#743598
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

Ichki modem qurilma ichki platasining raz’yoniga quyiladigan plata ko`rinishga ega, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ—11 tipidagi yevrorazyomga ham ega.
Tashqi modem — bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`riiishdagi mustaqil konstruksya bo`lib, u manba — bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma—ket portiga — RS—232) va telefon kanaliga (RJ—11 raz’yoni) ulash uchun razgyomlar va indiketorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejnmlari to`g`risida ma’lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko`rsatadi:
— MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;
— ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko`tardi;
— AA (Auto Answer) — modem telefon ko`ng`irog`iga javob bermoqda;
— SD (Sarrier Detest) — modem liniyada boshqa modemni aniqladi;
— DS (Data Sompression) — ma’lumotlarni siqish jarayoni bajarilmoqda;
— YeS (Yerror Sontrol) — xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.
E:\RUSTAM\NAM_dastur\Namunaviy dastur\ofis texnika\mn\darslik\album\album\km\2254____.JPGE:\RUSTAM\NAM_dastur\Namunaviy dastur\ofis texnika\mn\darslik\album\album\km\2254____.JPGTashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo`lishi mumkin, masalan, HS (High Spyeyed) indikatori ishlash tezligi 1200 bit/s bo`lganda qizil rang, tezlik 2400 bit/s bo`lganda — yashil rang, tezlik 9600 bit/s bo`lganda to`q sariq rang bilan yoritiladi.
Ba’zi tashqi modemlar tovush balandligini rostlagichga ega bo`ladi, aslida bu ham ortiqcha emas. Shuning uchun tashqi modem ichki modemga qaraganda qimmatroq bo`lsada, u haqiqatan ham afzalroqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, V.34 (V.34 bis) standartidagi tashqi modemlar kompyuterda asinxronli qabul qiluvchi VART 16S550 mikrosxemasi bo`lishini talab yetadi, 1994 yil va undan oldin chiqqan kompyuterlarda VART 8250 yoki VART 16540 mikrosxemalari quyilgan, ular V.34 standarti ishlatilganda almashtirilishi kerak.
Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks—modemlar ikkita sinfga bo`linadi:
Klass 1. faksimil aloqani ta’minlash dasturi bilan faksi—nil xabarlarni kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo`yicha asosiy ishni bajarishni nazarda tutadi.
Klass 2. fakslarni uzatish va qabul qilishning hamma jarayonlarini modemning o`zning vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, Slass 2 modemlari bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko`p masalali operasiyey tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir.
Ixcham (portativ) kompyuterlar uchun Yeaslset, PSMSIA va RS—Sard klassidagi modemlarni aloxida eslatish kerak, ular bu kompyuterlarning telekommunikatsiya tizimlarida va kompyuter tarmog`larida ishlash imkonini beradi; xususan, MNP10 bayonnomasini ta’minlaydigan PSMSIA modemlarn ixcham ShK elektron pochta bilan ishlashmni va chaqqon radiotelefon orqali Internet tarmog`i bilan ishlashini ta’minlaydi.
Rossiya bozorida Zyxel, US Robotiss, Motorola, GVS, Multitech, IDS va b. firmalarning modemlari keng tarqalgan. Bulardan eng omaviylari birinchi ikkita firmanikidir. Tayvan Zyxel firmasining modemlarida o`zining xatoliklardan hamoya qiluvchi samarali ZySeli bayonnomasi ishlatishadi, u past chastotali Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon kanallarida ham yaxshi ishlashni ta’minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va jo`natadi, lekin ular, odatda, qimmatroqdir. Amerika US Robotiss firmasining modemlari ommaviyligi bo`yicha hali 1995 yilda ham Zyxel modemlaridan ancha orqada qolgan edi, lekin hozir amalda ulardan uzib ketdi. Bular ommaviyligining asosi shundaki, ular kompyuter tarmoqlarida yaxshi ishlaydi va narxi yuqori emas, hamda Robotiss V.34 bayonnomasining yuqori tezlikli modemlarini ishlab chiqarish bilan Zyxel modemlaridan yanada o`zib ketdi.
Hozir Robotiss uch turdagi modemlarni ishlab chiqarmoqda:
— Sportster — minimum vazifalar bilan ta’minlangan, uncha qimmat bo`lmagan modemlar;
— Sourier — professional yuqori tezlikli modemlar;
— Woridport — uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo`ljallanganmodemlar.
Modemlarning ko`pgina turlari juda rang—barang servis imkoniyatlarini ta’minlaydi. Masalan, firmali dasturli ta’minot Zvoise bilan jixozlangan Zyxel V seriyadagi modemlar faks, avtojavob beruvchi va NAA vazifalarini avtomatik rejimda juda samarali bajarishi mumkin. Masalan, telefonda kulayroq bo`lganda faks—modem «trubkani ko`taradi», abonent nomerini aniqlaydi, uni ekranda yoritadi; keyin, avtojavob beruvchi kabi, salomlashishini amalga oshiradi va u bilan kim ulangamini taxlil qiladi. Agar u faks salomlashishini eshitsa, u holda faksni qabul qiladi va agar printer ulangan bo`lsa, uni chop yetadi. Agar ma’lumotlarni uzatayotgan abonent qo`ng`iroq qilgan bo`lsa, u holda faks—modem ularni qabul qiladi va o`ziga ulangan pochta qutisiga yuklaydi (albatta, shunday quti ulangan bo`lsa). Agar telefonda odam qo`ng`iroq qilayotgan bo`lsa, u holda nutqli axborot magnit diskiga yozilishi va keyinroq telefon orqali eshitib qurilishi mumkin. Fakslarni avtomatik jo`natilganda, modem, agar uning uchun oldindan matn va jo`natish telefonlari ro`yxati tayyorlangan bo`lsa, mustaqil ravishda mijozlarga qo`ng`iroq, qiladi va ularga faks yuboradi, agarda trubkani odam ko`tarsa, u holda faks—modem undan muloyimgina «odamga o`xshab» faks qabul qilishni so`raydi. 5-jadvalda zamonaviy modemlar ommaviy modellarining ba’zilari keltirilgan.
Zyxel Omni 288 va Zyxel yelite 2864 faks—modemlarida ISDN interfeysi borligini alohida ta’kidlash kerak, bu ularga istiqbolli raqamli tarmoqlarda ishlash imkonini beradi, kompyuterga esa bu modemlar parallel port orqali ulanishi mumkin. ISDN tarmoqlarida ishlashni Zoom Telephonies firmasining modeni — ISDN Duo ham imkon beradi, uning tarkibiga, xususan, 128 Kbit/s almashish tezlikli terminalli adapter va 33,6 Kbit/s almashish tezlikli integrallashgan analogli modem kiradi.
Modemlarda ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari

Modemlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o`zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.



Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish